Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-may,
416-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 416-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 28-iyundagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning 34 bandi;
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “2018 — 2020-yillarda Toshkent viloyatida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturini amalga oshirish, shuningdek, Bekobod shahridagi madaniyat va istirohat bogʻini rekonstruksiya qilish toʻgʻrisida” 2017-yil 19-oktabrdagi 850-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzqurilishmateriallari” AJ” soʻzlari “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8, 9 va 11-bandlardagi “Oʻzqurilishmateriallari” AJ” soʻzlari “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) ilovaning 2, 9, 11, 18 va 20-pozitsiyalaridagi “Oʻzqurilishmateriallari” AJ” soʻzlari “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrda 1013-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari” 8-boʻlimi 13-bandidagi “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 7-son, 197-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi “d” kichik bandining oʻn birinchi xatboshidagi va 28-bandining yigirma sakkizinchi xatboshidagi “Oʻzqurilishmateriallari” AJ” soʻzlari “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 8-ilovaning “Biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” boʻlimi 13-bandidagi “Oʻzqurilishmateriallari” AJ” soʻzlari “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 28-fevraldagi 180-son qarorida:
a) 1-ilovaning 8-bandi “l” kichik bandining beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-son qaroriga” soʻzlari “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-son qaroriga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) 2-ilovaning 7-bandi “m” kichik bandining beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-son qaroriga” soʻzlari “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-son qaroriga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2019-y., 09/19/416/3146-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)