ILOVA
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Subyektlar |
|
Chora-tadbirlar |
|
Bajarish muddati |
|
1-bosqich |
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati |
1. Kafolat olish uchun buyurtmanoma va zarur tegishli hujjatlarni tayyorlaydi. 2. Tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanomani bevosita yoki pochta aloqasi xizmati orqali tuman (shahar) hokimligiga taqdim etadi. |
Zaruratga koʻra | |||
|
2-bosqich |
Tuman (shahar) hokimligi |
1. Kafolat olish uchun taqdim etilgan buyurtmanoma va hujjatlarni qabul qilib oladi. |
Hujjatlar qabul qilingan kunda. | |||
|
2. Hujjatlarni uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimiga va moliya boʻlimiga yuboradi. |
Bir ish kuni mobaynida | |||||
|
3-bosqich |
Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi, moliya boʻlimi |
Olingan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tuman (shahar) hokimligiga loyihalarni (tadbirlarni) amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijobiy xulosa beradi yoki ular boʻyicha tanqidiy mulohazalar va takliflarni ilova qiladi. |
Besh ish kuni mobaynida | |||
|
4-bosqich |
Tuman (shahar) hokimligi |
1. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi va moliya boʻlimining ijobiy xulosalari asosida shirkatga kafolat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida shirkatni xabardor qiladi. |
Uch ish kuni mobaynida | |||
|
2. Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi va moliya boʻlimining tanqidiy mulohazalarini bartaraf etish va takliflarni hisobga olish hamda takroran kiritish uchun shirkatga yuboradi. |
Besh ish kuni mobaynida | |||||
|
5-bosqich |
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati |
1. Kafolat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda tuman (shahar) hokimligi bilan shartnoma tuzadi. |
Ikki ish kuni mobaynida | |||
|
2. Tanqidiy mulohazalar bildirilgan boʻlsa, ularni bartaraf etish va takliflarni hisobga olgan holda hujjatlarni qayta taqdim etadi. |
Tanqidiy mulohazalarda koʻrsatilgan muddat mobaynida (zaruratga koʻra) | |||||
|
6-bosqich |
Tuman (shahar) hokimligi |
Kafolatni tijorat bankining tegishli filialiga yuboradi. |
Bir ish kuni mobaynida | |||
2-ILOVA
|
___________________ | |||||||||
|
Tuman (shahar) hokimligi | |||||||||
| | |||||||||
|
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash uchun tumanlar (shaharlar) hokimliklarining kafolatini olish uchun | |||||||||
|
ARIZA | |||||||||
| 1. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining nomi _____________________________________________ | |||||||||
| 2. Joylashgan joyi (pochta manzili) _________________________________________________________ | |||||||||
| Telefon raqami (kod bilan) ____________________ | |||||||||
| STIR__________________ | |||||||||
| bank rekvizitlari ___________________ | |||||||||
| Elektron manzil ____________________ | |||||||||
| 3. Kafolat olishdan maqsad _____________________ | |||||||||
| 4. Kafolat ostida jalb etilgan bank krediti summasi: _____________ ming soʻm | |||||||||
| 5. Kafolat olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar turkumi ushbu Buyurtmanomaga ilova qilinadi, ___ varaqda. | |||||||||
|
Sizdan ushbu Buyurtmanomani unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqishingizni va ________________ xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan jalb qilinadigan bank krediti boʻyicha tuman (shahar) hokimligining kafolati berilishini iltimos qilamiz. | |||||||||
| | | | | | |
Rahbarning F.I.O. | |||
| | | | | | |
imzo __________ | |||
| | | | | | |
sana ___________ | |||