Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 13-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3096-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligining 2020-yil 23-yanvardagi 3 va 4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3223, 28.02.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligining 2018-yil 30-oktabrdagi 16/30-son qarori (roʻyxat raqami 3096, 2018-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 49-son, 944-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandidagi “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrik oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga” soʻzlariga almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Milliy gvardiya qoʻmondoni B. TASHMATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-aprel,
14-son
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-aprel,
16-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/3096-1/3118-son)