Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2021 13.05.2019 yildagi 392-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2021
Hujjat 29.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 25-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev, maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin, xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 13-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini (keyingi oʻrinlarda pedagog kadrlar deb ataladi) attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pedagog kadrlarning malaka tavsiflariga muvofiqligi tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Maktabgacha taʼlim vazirligi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda Xalq taʼlimi vazirligi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi oʻrinlarda Madaniyat vazirligi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda Kasb-hunar taʼlimi markazi deb ataladi) hamda tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan xodimlarning asosiy lavozimlari malaka tavsiflaridagi (keyingi oʻrinlarda malaka tavsiflari deb ataladi) talablar asosida oʻrganiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv fani boʻyicha malakasi, dars oʻtish mahorati, mehnati samaradorligi va ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirgan pedagog kadrlarni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi miqdorini oshirish imkoniyatlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillarni oʻrganishni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishning majburiyligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Attestatsiyaning asosiy prinsiplari majburiylik, davriylik, oshkoralik, kengashib ish koʻrish hamda xolislik hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Attestatsiya pedagog kadrlar uchun har besh yilda bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlar ularning yozma arizasiga binoan navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlarning attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Attestatsiyadan belgilangan muddatda malaka oshirish kursini tugatganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining oliy maʼlumotli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli pedagog kadrlari (ishlab chiqarish taʼlimi ustalari) oʻtkazilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy darajaga (fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga ega boʻlgan pedagog kadrlari attestatsiyaga jalb etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya yoshida boʻlgan pedagog kadrlar attestatsiyaga oʻz xohishiga koʻra jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyaga jalb etilmagan pedagog kadrlarning mavjud malaka toifalari va lavozimlari taʼlim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar bir yildan soʻng, oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga uch yil toʻlgandan soʻng attestatsiyaga jalb etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuzilmasida umumtaʼlim boʻgʻinlari mavjud boʻlgan oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarining umumiy oʻrta taʼlim bosqichida umumtaʼlim, chuqurlashtirilgan va kasbiy taʼlim fanlaridan dars berayotgan pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda uzoq muddat (uch oydan ortiq) davolanayotgan, homiladorlik, tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtilidagi pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil toʻlgandan soʻng attestatsiyaga jalb etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi hamda tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 20-yanvarga qadar attestatsiyadan oʻtish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb ataladi) rahbarlari attestatsiya muddatini bir oy oldin eʼlon qiladi va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan tanishtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Attestatsiyaga doir tashkiliy masalalar taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari va taʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi attestatsiyaning mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, pedagog kadrlarning huquqlari taʼminlangan holda oʻtishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Attestatsiya oʻtkazishda taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va attestatsiyani nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish ishlari attestatsiya jadvallarini ishlab chiqish, tasdiqlash, shuningdek, attestatsiyaga oid faoliyatni tashkil etish boʻyicha qoʻshma qarorlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishdan, birinchi, oliy malaka toifali va yetakchi, bosh oʻqituvchi lavozimidagi hamda ushbu malaka toifalari va lavozimlariga talabgor pedagog kadrlar uchun test (yozma, ijodiy ish) sinovlarini oʻtkazishdan hamda ularning natijalarini eʼlon qilishdan, pedagog kadrlarning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikatlar topshirilishini taʼminlashdan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyani nazorat qilish uning natijalarini tahlil qilish, baholash hamda ushbu Nizom talablari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarga oid maʼlumotnomalarni Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatiga, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga yuborish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Pedagog kadrlar asosiy ish joyi boʻyicha attestatsiyaga jalb etiladi. Taʼlim muassasalarida oʻrindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi boʻyicha pedagogik faoliyat bilan shugʻullanmaydigan pedagog kadrlar oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan taʼlim muassasasida attestatsiyadan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining malaka toifalari yoki lavozimlari ushbu taʼlim muassasalarining bir turidan boshqasiga ishga oʻtganda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tizimlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimlarining katta oʻqituvchi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi oʻqituvchi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh oʻqituvchi lavozimiga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Pedagog kadrlar oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy maʼlumotli, ilmiy daraja olganligi yoki qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplomda (keyingi oʻrinlarda diplom deb ataladi) koʻrsatilgan tayyorlov, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassislik yoki ixtisosliklariga mos keladigan fanlar boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik koʻrsatilgan boʻlsa, ular dars berayotgan har bir oʻquv fani boʻyicha alohida attestatsiyadan oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Taʼlim muassasalari rahbarlari attestatsiyadan oʻtuvchilarning har biri uchun alohida hujjatlar yigʻmajildi tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar yigʻmajildida attestatsiyadan oʻtuvchining pasporti, diplomi, attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida olgan va amalda foydalanayotgan sertifikati (agar mavjud boʻlsa), malaka oshirganligi haqidagi sertifikati nusxalari, maʼlumotnoma-tarjimai hol, soʻnggi bir yil davomida oʻtgan darslarining tahlillari, ochiq darslar oʻtganligi haqidagi maʼlumotlar, taʼlim oluvchilari reytingi va erishgan yutuqlari (agar mavjud boʻlsa) toʻplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning malaka tavsiflarida belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyat koʻrsatishini tasdiqlovchi maktabgacha taʼlim boshqarmalari, xalq taʼlimi boshqarmalari, madaniyat boshqarmalari, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari hamda oliy taʼlim muassasalari attestatsiya komissiyalari, tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalari, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar attestatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinlarda attestatsiya komissiyalari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Maktabgacha davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalarida, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasida (keyingi oʻrinlarda maktabgacha taʼlim boshqarmalari deb ataladi) maktabgacha taʼlim muassasalaridagi oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshligʻi (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda kasaba uyushmasi deb ataladi) vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quyidagilar maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun maktabgacha taʼlim boshqarmalari komissiyalariga buyurtmanoma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Taʼlim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi taʼlim muassasalari rahbari (komissiya raisi), tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi xodimi (komissiya raisining oʻrinbosari), kasaba uyushmasi va Kuzatuv kengashi vakillari, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarida, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasida (keyingi oʻrinlarda xalq taʼlimi boshqarmalari deb ataladi) umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi (barcha tip va nomdagi maktablar va maktab-internatlardagi) umumtaʼlim fanlari boʻyicha oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun xalq taʼlimi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Xalq taʼlimi vazirligi, tizimida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq taʼlimi boshqarmalari boshligʻi (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi xodimi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Quyidagilar xalq taʼlimi boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq taʼlimi boʻlimi mudiri (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi xodimi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun xalq taʼlimi boshqarmalari komissiyalariga buyurtmanoma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Taʼlim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi taʼlim muassasalari rahbari (komissiya raisi), tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi xodimi (komissiya raisining oʻrinbosari), kasaba uyushmasi va Kuzatuv kengashi vakillari, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar pedagog kadrlari uchun attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligida, viloyatlar madaniyat boshqarmalarida, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasida (keyingi oʻrinlarda madaniyat boshqarmalari deb ataladi) bolalar musiqa va sanʼat maktablarining, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning chuqurlashtirilgan va kasbiy taʼlim fanlari boʻyicha oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun madaniyat boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Madaniyat vazirligi va Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi madaniyat boshqarmasi boshligʻi (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Quyidagilar madaniyat boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tegishli madaniyat boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) madaniyat boʻlimi mudiri (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun madaniyat boshqarmalari attestatsiya komissiyalariga buyurtmanoma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Taʼlim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi tegishli tuman (shahar) madaniyat boʻlimi mudirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi taʼlim muassasasi rahbari (komissiya raisi), tuman (shahar) madaniyat boʻlimi xodimi (komissiya raisining oʻrinbosari), kasaba uyushmasi va taʼlim muassasasi Kuzatuv kengashi vakillari, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39 Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining pedagog kadrlari uchun attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida, viloyatlar hamda Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarida (keyingi oʻrinlarda jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari deb ataladi) sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining chuqurlashtirilgan va kasbiy taʼlim fanlari boʻyicha oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshligʻi (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Quyidagilar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tegishli jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimi mudiri (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari attestatsiya komissiyalariga buyurtmanoma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Taʼlim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi tegishli tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimi mudirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi taʼlim muassasasi rahbari (komissiya raisi), tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimi xodimi (komissiya raisining oʻrinbosari), kasaba uyushmasi va taʼlim muassasasi Kuzatuv kengashi vakillari, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Kasb-hunar taʼlimi hamda oʻrta maxsus taʼlim pedagog kadrlari uchun attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarida kasb-hunar taʼlimi pedagog kadrlarini (ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini) attestatsiyadan oʻtkazish uchun kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Kasb-hunar taʼlimi markazi, tizimida kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi hududiy kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi rahbar xodimlari (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining masʼul xodimi yoki oliy taʼlim muassasalarining sohaga masʼul prorektorlari, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog yoki bosh oʻqituvchidan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Quyidagilar kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari, katta, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimlariga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari, katta, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Oliy taʼlim muassasalarida ular tarkibidagi oʻrta maxsus taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun oliy taʼlim muassasalarining oʻrta maxsus taʼlim attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining oʻrta maxsus taʼlim attestatsiya komissiyalari tarkibi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida oʻrta maxsus taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining oʻrta maxsus taʼlim attestatsiya komissiyalari tarkibi oliy taʼlim muassasasining sohaga masʼul prorektori (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy vakili (komissiya raisining oʻrinbosari), oliy taʼlim muassasasining taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog yoki bosh oʻqituvchidan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Quyidagilar oliy taʼlim muassasalarining oʻrta maxsus taʼlim attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari, katta, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimlariga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari, katta, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Vazirlik va idoralarning toʻgʻridan toʻgʻri tizimidagi taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Vazirlik va idoralarning toʻgʻridan toʻgʻri tizimidagi taʼlim muassasalari ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun vazirlik yoki idora attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik yoki idora attestatsiya komissiyalari tarkibi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari boʻysunadigan vazirlik yoki idora va Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik yoki idora attestatsiya komissiyalari tarkibi tegishli vazirlik yoki idoraning sohaga masʼul tarkibiy boʻlinmasi rahbari (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasining vakili (komissiya raisining oʻrinbosari), ushbu taʼlim muassasasi rahbari, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog yoki bosh oʻqituvchidan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Quyidagilar vazirlik yoki idora attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalariga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalaridagi pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Vazirlik va idoralarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boʻlinmalar deb ataladi) hamda tuman (shahar) hududiy boʻlinmalari tizimidagi taʼlim muassasalari ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun hududiy boʻlinmalar attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boʻlinmalar attestatsiya komissiyalari tarkibi taʼlim muassasalari boʻysunadigan vazirlik yoki idora va Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boʻlinmalar attestatsiya komissiyalari tarkibi hududiy boʻlinma rahbari (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududida joylashgan vazirliklar va idoralarning toʻgʻridan toʻgʻri tizimidagi taʼlim muassasalari ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish hududiy boʻlinmalar attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Quyidagilar hududiy boʻlinmalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalariga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalaridagi pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Attestatsiyadan oʻtuvchi pedagog kadrlar attestatsiya komissiyalari tarkibiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Attestatsiya komissiyalari raislari va aʼzolari attestatsiya ushbu Nizom talablariga hamda attestatsiya jadvaliga muvofiq oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Attestatsiyadan oʻtuvchi pedagog kadrlarning malaka tavsiflarida va baholash mezonlarida belgilangan talablarni bajarganliklari haqidagi tavsiyalarni tayyorlash uchun taʼlim muassasalari rahbarlari buyrugʻi bilan ekspert guruhi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ekspert guruhi tarkibi besh nafar aʼzodan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhi aʼzolari tarkibiga taʼlim muassasalari rahbarining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari (maktabgacha taʼlim muassasasi metodistlari) va tajribali pedagog kadrlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Taʼlim muassasalari rahbarlari ekspert guruhi tomonidan tayyorlangan tavsiya va hujjatlar yigʻmajildlarini tegishli attestatsiya komissiyalariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Attestatsiyadan oʻtkazish, sertifikatlar berish hamda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga qoʻyilgan talablarni belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Attestatsiya ikki bosqichda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda — attestatsiyadan oʻtuvchilarning oʻquv fani boʻyicha malaka sinovi natijalari, dars oʻtish mahorati va mehnati samaradorligi ekspert guruhi tomonidan oʻrganiladi hamda tegishli tavsiyalar tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda — attestatsiya komissiyalari ekspert guruhi tomonidan oʻrganilgan birinchi bosqich natijalarini tahlil qiladi, attestatsiya jarayonida toʻplangan hujjatlar jamlanmasini (portfoliosini) oʻrganadi va pedagog kadrni malaka toifasida (lavozimida) qoldirish yoki boshqa toifa (lavozim) berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Attestatsiya quyidagi baholash mezonlari boʻyicha oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) dars oʻtish mahorati — dars tahlillari, ochiq darslar oʻtganligi, taʼlim oluvchilarining reyting koʻrsatkichlari, taʼlim berish vositalari hamda shakllarini maqbul ravishda tanlashi, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga hamda xorijiy tillar va ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega ekanligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mehnati samaradorligi — taʼlim oluvchilarning tayyorlaganligi, taʼlim oluvchilar va attestatsiyadan oʻtuvchilarning tuman, shahar, viloyat, respublika, xalqaro koʻrik-tanlovlar, fan olimpiadalari va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlari — diplomida koʻrsatilgan tayyorlov, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisligi yoki ixtisosliklari boʻyicha davlat taʼlim standartlari yoki davlat talablari mazmuni asosida oʻtkaziladigan test (qogʻozda, onlayn, oflayn) yozma yoki ijodiy ish natijalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Pedagog kadrlarning attestatsiya natijalarini baholash mezonlari Davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimidagi hamda ushbu malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
(62-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun yigʻimning 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi, qolgan 50 foizi Davlat inspeksiyasining budjetdan tashqari Rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi berilgan arizadan voz kechgan taqdirda hamda pedagog kadrga nisbatan “Attestatsiyadan oʻtmadi, tegishli malaka toifasi yoki lavozimi tushirilsin” qarori qabul qilinganda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organi yoki taʼlim muassasalari rahbarlari maʼlumotnomasi) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda yigʻim summasi takroran undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimidagi hamda ushbu malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlar uchun nazorat materiallari mazmunini shakllantirish, koʻpaytirish va ushbu jarayonni oʻtkazish Davlat inspeksiyasi tomonidan Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi hamda tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Oʻquv fani boʻyicha malaka sinoviga oid yozma va ijodiy ish hamda ikkinchi malaka toifasiga va katta oʻqituvchi lavozimiga talabgor pedagog kadrlarning test sinovlarini oʻtkazish tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda taʼlim turlari boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Attestatsiya komissiyalari pedagog kadrlarning dars oʻtish mahorati va mehnati samaradorligi hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovi natijalarini tahlil qiladi va tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Attestatsiya komissiyasi aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan yigʻilish vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Attestatsiya komissiyalari quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oliy malaka toifali yoki bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) saqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75 foizdan past koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) birinchi malaka toifali yoki yetakchi oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) berilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74 foizdan 65 foizgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) saqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65 foizdan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi)ga tushirilsin” (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ikkinchi malaka toifali yoki katta oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) berilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64 foizdan 60 foizgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) saqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 foizdan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga tushirilsin” (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mutaxassis, oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59 foizdan 55 foizgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlansin”;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55 foizdan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Attestatsiya komissiyalari mutaxassis, oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadrlar boʻyicha “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarorini qabul qilsa, ular navbatdan tashqari malaka oshirish kurslariga yuboriladi hamda keyingi yilda qayta attestatsiyaga jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyalari qayta attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar boʻyicha “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarorini qabul qilsa, ish beruvchi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat haqidagi qonunlarda belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Baholash mezonlari boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich chiqarilmaydi hamda baholash mezonlarining birortasi boʻyicha belgilangan koʻrsatkichdan past baholansa “attestatsiyadan oʻtmadi” degan qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organi yoki taʼlim muassasalari rahbarlari maʼlumotnomasi) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Pedagog kadr uzrsiz sababga koʻra attestatsiyaning biror bosqichida ishtirok etmagan boʻlsa, attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda unga nisbatan “Attestatsiyadan oʻtmadi, tegishli malaka toifasi yoki lavozimi tushirilsin”, mutaxassis, oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi lavozimi boʻyicha “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarori qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Attestatsiya komissiyalari qarori ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi hamda komissiya raisi, rais oʻrinbosari va kotib tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Attestatsiya komissiyalari qarori asosida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi attestatsiya varaqasi rasmiylashtiriladi hamda attestatsiya komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari, yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolar va kotib tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya varaqasi ikki nusxada toʻldiriladi va bir nusxasi pedagog kadrlarning ish joyidagi shaxsiy hujjatlari yigʻmajildida, ikkinchi nusxasi attestatsiya komissiyasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Pedagog kadrlarning attestatsiyasiga oid hujjatlarining toʻplangan yigʻmajildi navbatdagi attestatsiyagacha taʼlim muassasasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Attestatsiya komissiyalarining qaroriga koʻra oliy, birinchi, ikkinchi malaka toifasiga yoki bosh, yetakchi, katta oʻqituvchi lavozimiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikat (keyingi oʻrinlarda sertifikat deb ataladi) attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddat ichida topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlarning xatosiz toʻldirilishi uchun attestatsiya komissiyasi raislari masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Sertifikat qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, unda hisob seriyasi, raqami va himoya darajasi boʻladi. Sertifikat blankalari Davlat inspeksiyasi buyurtmasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi bosmaxonasida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Davlat inspeksiyasi boshligʻi, maktabgacha taʼlim boshqarmalari, xalq taʼlimi boshqarmalari, madaniyat boshqarmalari, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari boshliqlari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari va taʼlim muassasalari rahbarlari, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning rahbarlari sertifikatlarning hisobi, saqlanishi hamda maqsadli ishlatilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Attestatsiya komissiyalari sertifikatlarning pedagog kadrlarga tarqatilishini roʻyxatga olish uchun maxsus daftar (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) yuritadi va unda quyidagilarni qayd etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog kadrlarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatning tartib raqami, seriyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat berilishiga asos boʻlgan komissiya qarorining sanasi va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatni bergan komissiyaning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat nusxasi (dublikati)ning berilishi asosi va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Sertifikatning amal qilish muddati tugagan pedagog kadrlarga mutaxassis, oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi lavozimi boʻyicha haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Sertifikatning amal qilish muddati tugab, mutaxassis, oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi lavozimi boʻyicha haq toʻlanayotgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga oxirgi sertifikatda koʻrsatilgan malaka toifasi yoki lavozimi boʻyicha jalb qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Davlat inspeksiyasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishgan holda sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoxud oliy yoki kasb-hunar taʼlimi muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda malaka toifasi (lavozimi) beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli pedagog kadrlarga — oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi lavozimi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis yoki oliy maʼlumotli oʻqituvchi lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi yoki katta oʻqituvchi lavozimi (ushbu malaka toifasi yoki lavozimiga ega boʻlgan pedagog kadrlar besh yildan keyin belgilangan tartibda navbatdagi attestatsiyaga jalb qilinadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy darajaga (fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi yoki bosh oʻqituvchi lavozimi (ushbu malaka toifasi yoki lavozimiga ega boʻlgan pedagog kadrlar keyingi attestatsiyalarga jalb qilinmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Attestatsiya natijalari yuzasidan murojaat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Attestatsiya komissiyalari qaroridan norozi boʻlgan pedagog kadrlar attestatsiya natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Apellatsiya komissiyasi besh kishidan iborat tarkibda attestatsiya boshlangandan keyin uch kun ichida tegishliligiga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim vaziri, xalq taʼlimi vaziri, madaniyat vaziri, jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyruqlari bilan ushbu vazirliklarda — oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarning arizalarini koʻrib chiqish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim vaziri, xalq taʼlimi vaziri, madaniyat vaziri, jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyruqlari bilan maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarida — birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarning arizalarini koʻrib chiqish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlarining tegishli buyruqlari bilan maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarida — ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarning arizalarini koʻrib chiqish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi hamda tizimida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar rahbarlarining tegishli buyruqlari bilan oliy taʼlim muassasalarida, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalarida hamda hududiy boʻlinmalarda ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari, katta, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimlariga talabgor pedagog kadrlarning arizalarini koʻrib chiqish uchun tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Apellatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi apellatsiya komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga attestatsiya komissiyalari tarkibidan aʼzo kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Apellatsiya komissiyasi muammoli holatlarga aniqlik kiritish maqsadida jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Apellatsiya komissiyasi yigʻilishida komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Ariza (shikoyat) roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Murojaat etuvchi pedagog kadrlar apellatsiya komissiyasi tomonidan arizasi (shikoyati) koʻrib chiqilishi jarayonida ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi qarorini oʻzgartirishsiz qoldirish yoki uni bekor qilib, qayta attestatsiya tashkil etish haqida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Apellatsiya komissiyasi qarori nusxasi murojaat etuvchi pedagog kadrga va tegishli attestatsiya komissiyasiga apellatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan eʼtiboran besh kun muddatda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Attestatsiya komissiyasi yoki apellatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlarning attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi hamda tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar
va idoralar.

Attestatsiyadan oʻtish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish
va tasdiqlash.

Har yili

20-yanvarga qadar


2-bosqich

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Davlat inspeksiyasi.


Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari.


Tuman (shahar) maktabgacha, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari.


Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda Davlat inspeksiyasi.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash.


2. Tuman (shahar) maktabgacha, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarida tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash.


3. Taʼlim muassasalarida muassasa attestatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash.


4. Kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, oliy taʼlim muassasalari, tizimida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari attestatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash.

Har yili mart oyida


3-bosqich

Taʼlim muassasalari rahbarlari.






Taʼlim muassasalarida tuzilgan ekspert guruhlari.

1. Attestatsiya muddatini eʼlon qilish va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan tanishtirish.

2. Attestatsiyadan oʻtuvchi pedagog kadrlarning malaka tavsiflarida va baholash mezonlarida belgilangan talablarni bajarganliklari haqidagi tavsiyalarni tayyorlash uchun taʼlim muassasalarida ekspert guruhlari tuzish.

3. Attestatsiyadan oʻtuvchilarning oʻquv fani boʻyicha malaka sinovi natijalarini, dars oʻtish mahorati va mehnati samaradorligini ekspertlar tomonidan oʻrganish hamda tegishli tavsiyalar tayyorlash

Har yili fevral — aprel oyida


4-bosqich

Maktabgacha, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, oliy taʼlim muassasalari, tizimida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalari.

Ekspert guruhi tomonidan oʻrganilgan birinchi bosqich natijalarini tahlil qilish, attestatsiya jarayonida toʻplangan hujjatlar jamlanmasini (portfolioni) oʻrganish va pedagog kadrni malaka toifasida (lavozimida) qoldirish yoki boshqa toifa (lavozim) berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

Har yili may-iyun oylarida


5-bosqich

Davlat inspeksiyasi, maktabgacha, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, oliy taʼlim muassasalari, tizimida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalari.

Attestatsiya komissiyalarining qaroriga koʻra ikkinchi, birinchi, oliy malaka toifasi yoki katta, yetakchi, bosh oʻqituvchi lavozimiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga sertifikat topshirish.

Har yili iyun-iyul oylarida

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

___________________________
(komissiya nomi yoziladi)

komissiyasi yigʻilishining _____ yil “___” _____________ dagi ______-son

Q A R O R I

Raislik qiluvchi:
Ishtirok etganlar:

_________________________________
_________________________________
_________________________________
_________________________________
_________________________________
_________________________________
_________________________________

— komissiya raisi
— komissiya raisining oʻrinbosari
— komissiya aʼzosi
— komissiya aʼzosi
— komissiya aʼzosi
— komissiya aʼzosi
— komissiya kotibi


T/r

Taʼlim muassasasining nomi yoki raqami

Pedagog kadrning

Dars berayotgan oʻquv fani

Amaldagi malaka toifasi yoki lavozimi

Oʻquv fani boʻyicha malaka sinovi balli

Dars oʻtish mahorati balli

Mehnati samaradorligi balli

Attestatsiya natijalariga koʻra komissiya qarori

Attestatsiya natijalariga koʻra berilgan malaka toifasi yoki lavozimi

familiyasi

ismi

otasining ismi




Komissiya raisi:
Komissiya raisining oʻrinbosari
Komissiya kotibi:


_______________________
_______________________
_______________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

__________________________________________________________
‎(Respublika, viloyat, shahar, tuman nomi)
‎__________________________________________________________
‎(taʼlim muassasasining nomi yoki raqami)

ATTESTATSIYA VARAQASI

___________________________________________________________
‎(pedagog kadrning familiyasi, ismi, otasining ismi)

Tugʻilgan yili, kuni va oyi ________________________________________________________________________________

‎‎Maʼlumoti __________

‎‎________________________________________________________

‎‎_________________________

‎‎(taʼlim olgan muassasasining nomi)

‎‎(tamomlagan yili)

‎‎Tasniflash boʻyicha ________________________________________________________________________

(tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi, mutaxassisligi yoki ixtisosi nomi)

‎‎Ilmiy darajasi yoki ilmiy unvoni __________________________________________________________________________

Pedagogik staji _________________________________________________________________________________________

‎‎Amaldagi malaka toifasi yoki lavozimi boʻyicha ish staji ____________ yil; shu jumladan mazkur taʼlim muassasasida ________________ yil

Malakasini oshirgan taʼlim muassasasi nomi, vaqti ___________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________

‎‎(malaka oshirgan sohasi: kasbiy, axborot yoki pedagogik texnologiyalar va boshqa mavzularda)

‎‎Mukofotlari ___________________________________________________________________________________________

‎‎Komissiya qarori ________________________________________________________________________________________

‎‎(toʻliq yoziladi)

Komissiya raisi

_____________________________________________‎‎

___________________‎‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

‎‎Komissiya raisining oʻrinbosari

_____________________________________________‎‎

___________________‎‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

‎‎Komissiya kotibi

_____________________________________________‎‎

___________________‎‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎‎

‎‎Komissiya aʼzolari

_____________________________________________‎‎

___________________

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

_____________________________________________‎‎

___________________

(F.I.O.)

(imzo)‎‎

_____________________________________________‎‎

___________________‎‎

(F.I.O.)

(imzo)‎‎

_____________________________________________‎‎

___________________

‎‎(F.I.O.)

(imzo)‎‎

‎‎________ yil “___” __________________
‎(yil, kun va oy koʻrsatiladi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida
‎SERTIFIKAT
‎Seriyasi ________ № _______________

Ushbu sertifikat______________________________________________________________________________________ ga

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎______________ yil “____” ________________ da oʻtkazilgan __________________________________________________ __________________________________________________________________________________________ yigʻilishining

‎‎(komissiya nomi yoziladi)

________________-son qarori asosida ______________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________ boʻyicha

‎‎(tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi, mutaxassisligi yoki ixtisosligi soʻz bilan yoziladi)

_______________________________________________________________________________________________ berildi.

‎‎(malaka toifasi yoki lavozimi soʻz bilan yoziladi)

‎‎Komissiya raisi

‎‎_____________________________________________

______________‎‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎M.Oʻ.

‎‎Qayd raqami _____________________________________________

‎‎(tarqatish daftariga qayd etilgan raqam yoziladi)

‎‎_____________ yil “____” _______________________

‎‎(yil, kun va oy koʻrsatiladi)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/392/3121-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 21.02.2020-y., 09/20/106/199-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)