Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.03.2019 19.10.1995 yildagi 408-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.03.2019
Hujjat 29.04.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi hamda xorijiy fuqarolarning respublikadagi mehnat faoliyati toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-sonli “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarorining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi va xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatini tartibga solish hamda muvofiqlashtirish qismiga muvofiq va ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-dekabrdagi 560-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2003-y., 24-son, 239-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (2-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan tarifga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatiga ruxsatnomalar rasmiylashtirilganligi, yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchlarini jalb etish uchun ruxsatnomalar berilganligi (amal qilish muddati uzaytirilganligi), shuningdek xorijiy fuqarolarning Oʻzbekistonda ishga joylashish uchun mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilganligi (amal qilish muddati uzaytirilganligi) uchun toʻlov undiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hamda Tashqi mehnat migratsiya masalalari agentligi mehnat faoliyati koʻrsatish uchun ruxsatnomalar olingandan soʻng chet elga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish va mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan xorijiy davlatlar fuqarolariga kirish vizalarini berish hamda muddatini uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishchi kuchlarini chetdan keltirish va chetga chiqarish masalalarini boshqarish toʻgʻrisida” 1993-yil 14-iyuldagi 353-son qarori 2-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshlari va 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 19-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
408-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-dekabrdagi 560-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 24-son, 239-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilishga ruxsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) shartlari va tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish ruxsatnomasi respublika hududida ishlash uchun yollanadigan xorijiy xodimlarning umumiy va kasblar guruhi boʻyicha yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng koʻp sonini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga keluvchi xorijiy fuqaro 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha va ish beruvchi tomonidan olingan ruxsatnoma asosida uning nomiga berilgan mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasi boʻlgandagina Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlashi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ruxsatnomalar oʻzbekistonlik yuridik shaxslarga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarga, shuningdek oʻz shaxsiy xoʻjaligida yollangan xodimlar mehnatidan foydalanuvchi (bundan buyon “ish beruvchi” deyiladi) ayrim oʻzbekistonlik va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi xorijiy jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Bunda xorijiy xodimlar mehnat faoliyatlarining davom etish muddati ruxsatnomaning amalda boʻlish vaqtidan oshib ketmasligi kerak.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ruxsatnoma berish Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ruxsatnoma (tasdiqnoma) berganlik va uning muddatini uzaytirganlik uchun belgilangan tartibda toʻlov undiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ruxsatnoma olish uchun ish beruvchi Agentlikka quyidagi hujjatlarni topshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt loyihasi yoki xorijiy fuqarolar yoxud chet el firmalari bilan tuzilgan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish maqsadi va shartlari toʻgʻrisidagi oldidan ahdlashilganlikni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mutaxassisga berilgan fotosuratli anketa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish uchun toʻlov toʻlanganligi haqidagi bank (kassa) hujjati va Agentlik talabiga koʻra boshqa zarur hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VICh-infeksiya” yoʻqligi toʻgʻrisida sertifikat.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma berishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining boʻsh ish joylarini egallash boʻyicha ustunlik huquqlari prinsipidan, soʻralayotgan joyda qadri bir xil ishchi kuchlari borligidan kelib chiqishi kerak.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni bergan kundan boshlab 30 kun mobaynida Agentlik tomonidan qabul qilinadi.
(9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi asoslangan qaror arizachiga ushbu qaror qabul qilingandan soʻng bir hafta muddatda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi, mehnat kontrakti muddatini uzaytirish tomonlarning roziligiga koʻra va ish beruvchining mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni berishi asosida, mehnat shartnomasining amalda boʻlish muddati tugagunga qadar, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ish beruvchidagi ruxsatnoma boshqa ish beruvchilarga berilmasligi kerak. Ruxsatnoma asosida jalb qilinadigan xorijiy xodimlar boshqa ish beruvchiga ishlash uchun oʻtkazilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ruxsatnoma blankida: ruxsatnoma bergan organning nomi, ruxsatnoma berilgan ish beruvchining nomi va manzili, uning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ushbu shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligi, faoliyatining turi, ruxsatnoma amalda boʻladigan hudud, amalda boʻlish muddati, 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha uzaytirish vaqti koʻrsatiladi. Ruxsatnoma Agentlik rahbari tomonidan vakil qilingan masʼul mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ish beruvchi ruxsatnomada koʻrsatilgan mazkur Nizom shartlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini buzganda, buning oqibatida xorijiy mutaxassislarning huquqlari jiddiy kamsitilgan hollarda Agentlik yoʻl qoʻyilgan buzilishlar bartaraf etilgunga qadar ruxsatnomani toʻxtatib qoʻyishi yoki ularni muayyan muddatda bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma berishi mumkin. Buzilishlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda ruxsatnoma Agentlik qaroriga koʻra bekor qilinishi mumkin.
(13-14-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va mazkur Nizomni buzgan holda ishga qabul qilingan xorijiy mutaxassislar ish beruvchi mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuboriladilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik xorijiy mutaxassislarni hisobga olishni amalga oshiradi, xorijiy mutaxassislarni ishga joylashtirishning va mehnat shartlarining qonuniyligini tekshiruvdan oʻtkazadi. Yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini va ichki ishlar hududiy organlarini xorijiy mutaxassislarning soni, kasb-malaka tarkibi, boʻlish muddatlari haqida xabardor qilib turadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ruxsatnomalar berishning mazkur Nizom bilan belgilangan majburiy tartibi, shuningdek, mehnat faoliyati huquqiga egalik tasdiqnomalari quyidagi xorijiy fuqarolarga nisbatan qoʻllanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) diplomatik va konsullik muassasalarining, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik maqomdan foydalanuvchi tashkilotlarning xodimlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning xalqaro hukumatlararo tashkilotlari va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari xodimlariga;
(17-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3 oygacha muddatga keladigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlayotgan yoki tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalar yoki firmalarning taʼsischilari yoki paychilari hisoblanadiganlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan tartib quyidagi xorijiy fuqarolarga nisbatan ham qoʻllanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo bitimlarga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston hududidagi muassasalarda ishlovchi fan va madaniyat arboblariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼtil vaqtida Oʻzbekiston oliy kasb taʼlimi taʼlim muassasalari dasturlari doirasida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan talabalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan muxbirlar va jurnalistlarga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiya qilingan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlariga.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilingan xorijiy tijorat tashkilotlari xodimlariga;
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2000-y., 8-son, 127-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston akademiyalari va oliy kasb taʼlimi taʼlim muassasalarida maʼruzalar kursini oʻqish va boshqa ishlar uchun jalb qilingan maʼruzachilar va yoʻriqchilarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan davlatlararo bitimlarga koʻra ishga joylashtirishning boshqa xil tartibi belgilangan shaxslarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi
kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi
toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎________________________________________________

(mehnat boʻyicha hududiy organ nomi)‎‎‎

‎‎________________________________________________‎

‎‎(name of the regional labour organization)‎

MEHNAT FAOLIYATI HUQUQI TASDIQNOMA‎‎‎SI

‎‎CONFIRMATION FOR THE EMPLOYMENT

Surat
‎‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizomga muvofiq‎ fuqarosi _____________________________________

(fuqaro mamlakati‎)

‎‎________________________________________________________________ga
‎‎___________________________________________________________________________‎

(pasporti toʻgʻrisida maʼlumot�ar)

____________________________________dan________________________________gacha
‎‎‎‎‎___________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning nomi, yuridik manzili yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti maʼlumotlari)

‎‎_________________________da ishlash (ishlash muddatini uzaytirish) huquqi beriladi.
‎‎Tasdiqnoma amalda boʻladigan hudud______________________________________________‎

Tasdiqnoma koʻrsatib oʻtilgan ish beruvchida‎‎________________________________________

(kasbi, lavozimi)‎

sifatida‎ kasb faoliyatini amalga oshirish uchun haqiqiydir.
_____________________________________tomonidan berildi.‎

(mehnat boʻyicha hududiy organ nomi)

Imzo‎

Muhr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

______________________‎

______________________‎

(mehnat boʻyicha hududiy organ nomi va manzili)‎

(name of the regional labour organization and its address)‎

Xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga‎‎

RUXSATNOMA

LICENSE‎‎ No.

№___‎

199_y. “___”_________‎

Ish beruvchi___________________________________________________________
Employer ‎‎(yuridik shaxs uchun: nomi va manzili, jismoniy shaxs
‎‎_______________________________________________________
uchun: familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport maʼlumotlari, uy manzili)‎‎‎
Ish beruchi tomonidan jalb etilayotgan shaxs______________________________
Employer

‎‎(ish joyi, lavozimi)

Fuqaroligi‎ pasport №____________‎
Citisenship‎ Passport No.
‎Ruxsatnoma berilishi uchun asos______________________________________
‎‎(tuman mehnat birjasining taklifi)
‎‎Berilgan muddat___________________dan _________________gacha
Date of issue

(yil, oy, kun)

(yil, oy, kun)

Muddati uzaytirilgan‎‎___________________________________gacha
Extended‎
Alohida shartlar‎‎__________________________________________
Specifications‎
Imzo Muhr
Signature Seal
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 10-son, 41-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 8-son, 127-modda; 2001-y., 7-son, 36-modda; 2003-y., 21-son, 216-modda; 24-son, 239-modda; 2004-y., 17-son, 199-modda; 2012-y., 31-son, 357-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 11-son, 126-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 15-son, 257-modda, 29-son, 693-modda, 37-son, 990-modda)