1-ILOVA
ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkich |
Axborot manbalari |
Kesimi |
|
Maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan 3 — 7 yoshdagi bolalar | |||
|
1. |
Maktabgacha taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — MTM) soni |
MTV va Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
2. |
Ularning umumiy sonida nodavlat MTM ulushi |
MTV va Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
3. |
Amaldagi oilaviy MTMlar soni |
MTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
4. |
MTMga qatnaydigan bolalar soni |
MTV va Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
5. |
Tarbiyalanuvchilar umumiy sonida nodavlat MTMga qatnaydigan bolalar ulushi |
MTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
6. |
Oilaviy nodavlat MTMga qatnaydigan bolalar soni |
MTV maʼlumotlari |
Viloyatlar va tumanlar boʻyicha |
|
7. |
Tarbiyalanuvchilar umumiy sonida oilaviy nodavlat MTMga qatnaydigan bolalar ulushi |
MTV maʼlumotlari |
Viloyatlar va tumanlar boʻyicha |
|
8. |
MTMdagi joylar soni |
3-4 yosh va 5-6 yoshli bolalar uchun joylar boʻyicha alohida hisobga olinadigan MTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
9. |
Ularning umumiy sonida nodavlat MTMdagi joylarning ulushi |
3-4 yosh va 5-6 yoshli bolalar uchun joylarni alohida hisobga olgan holda MTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
10. |
3-4 yosh va 5-6 yoshdagi bolalarning maktabgacha taʼlim xizmatlari bilan qamrab olinishi (MTMga qatnovchi bolalar sonining shu yoshdagi bolalarning doimiy aholi tarkibidagi umumiy soniga foizli nisbati) |
MTV va Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
Kadrlar salohiyati koʻrsatkichlari | |||
|
11. |
MTM pedagog xodimlari soni |
MTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
12. |
Oliy maʼlumotli pedagog xodimlar ulushi |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va MTV maʼlumotlari |
MTM, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
13. |
Soʻnggi 5 yil ichida malakasini oshirgan MTM pedagog xodimlari ulushi |
MTV maʼlumotlari |
MTM, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
14. |
Davlat MTM pedagog xodimlari oʻrtacha ish haqining mamlakat boʻyicha oʻrtacha ish haqiga nisbati |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va MTV maʼlumotlari |
Viloyatlar boʻyicha |
|
15. |
5-6 yoshdagi tarbiyalanuvchilar guruhlari bilan ishlaydigan bitta pedagogga toʻgʻri keladigan 5-6 yoshdagi tarbiyalanuvchilar soni |
MTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
16. |
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hududiy boʻlinmalari xodimlarining soni |
MTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
17. |
MTMdagi boʻsh ish oʻrinlari soni |
MTM maʼlumotlari |
Tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
Bolalarning rivojlanishi va ularning umumiy boshlangʻich taʼlimga tayyorligi darajasi koʻrsatkichlari | |||
|
18. |
MTMni bitirgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga Davlat talablarida hamda “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturida nazarda tutilgan maktabga tayyorlikning eng past darajasidan ham past rivojlanish koʻrsatkichlariga ega 6-7 yoshdagi bolalarning ulushi |
Har bir oʻquv yili yakunlari boʻyicha MTM tarbiyalanuvchilari haqida maʼlumotlar natijalarini toʻplash |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
19. |
Birinchi yillik attestatsiya yakunlariga koʻra qoniqarsiz baho olgan umumiy boshlangʻich taʼlim muassasalari oʻquvchilarining ulushi |
XTV va MTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
Bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish koʻrsatkichlari | |||
|
20. |
Maktabga chiqqanda rivojlanishidagi oqsoqliklar yoki surunkali kasalliklar birinchi marta aniqlangan bolalar soni |
SSV va XTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
21. |
Tibbiy koʻrsatmalarga koʻra tibbiy xizmat koʻrsatilayotgan va parvarishlanayotgan maxsus ehtiyojli MTM tarbiyalanuvchilari ulushi |
MTV va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
22. |
Oʻquv yili davomida kamida bir marta pediatrning profilaktik koʻrigidan oʻtgan MTM tarbiyalanuvchilari soni |
MTV va SSV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
23. |
MTMda boʻlgan paytda bolalarning yuqumli kasalliklarni yuqtirishi hollari soni |
SSV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
24. |
MTMda boʻlgan paytda bolalarning ovqatdan zaharlanishi va jarohat olishi hollari soni |
SSV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirning nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Maktabgacha taʼlim muassasalari holatini va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash. |
1. 2019-yilda maktabgacha taʼlim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli dasturni amalga oshirish choralarini koʻrish. 2. Amaldagi maktabgacha taʼlim muassasalari obyektlari holatini oʻrganish va ularni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yilga moʻljallagan Investitsiya dasturiga kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2019-yil davomida
|
MTV (A. Shin), Investitsiyalar Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. |
Boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sobiq maktabgacha taʼlim muassasalarining ishlamayotgan binolarini, ular negizida maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil qilish maqsadida xatlovdan oʻtkazish. |
1. Boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sobiq maktabgacha taʼlim muassasalarining ishlamayotgan binolarini xatlovdan oʻtkazish uchun ishchi guruhlarini tashkil qilish, ularning holatini va ularni rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun zarur mablagʻlar hajmini aniqlash. 2. Boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sobiq maktabgacha taʼlim muassasalarining ishlamayotgan binolarining maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish. |
2019-yil 1-iyungacha
|
MTV (A. Shin), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Haydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3. |
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. |
1. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini ochishdan manfaatdor shaxslarga huquqiy va uslubiy yordam koʻrsatish. 2. Xususiy tadbirkorlik subyektlarini ularga zarur ruxsat beruvchi hujjatlarni olishga koʻmaklashish hamda uslubiy va amaliy yordam berish yoʻli bilan maktabgacha taʼlim tizimiga keng jalb qilish. 3. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. |
2019-yil davomida |
MTV (A. Shin), DXSH ni rivojlantirish agentligi (Gʻ. Xoljigitov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. |
Avval faoliyat yuritgan maktabgacha taʼlim muassasalari binolarini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi yurituviga berish choralarini koʻrish. |
1. Davlat organlari va idoralari tomonidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan, avval faoliyat yuritgan maktabgacha taʼlim muassasalari binolarini, shuningdek, ilgari davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish uchun ajratilgan boʻsh yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazish. 2. Avval faoliyat yuritgan maktabgacha taʼlim muassasalari binolarini, shuningdek, boʻsh yer uchastkalarini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi yurituviga berish boʻyicha takliflar tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil 2019-yil |
MTV (A. Shin), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Haydarov), manfaatdor vazirliklar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. |
Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligi monitoringini oʻtkazish. 2. Monitoring natijalarini umumlashtirish hamda ular asosida davlat-xususiy sheriklik doirasidagi loyihalarni yanada samarali amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 3. Maktabgacha taʼlim sohasiga davlat-xususiy sheriklikning yangi modellarini amaliyotda joriy etish. |
2019-yil 2019-yil 2019-yil davomida |
MTV (A. Shin), DXSH ni rivojlantirish agentligi (Gʻ. Xoljigitov), SSP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
6. |
Jamoatchilikni maktabgacha taʼlim muassasalarini boshqarish faoliyatiga yanada keng jalb qilish. |
1. Jamoatchilikning maktabgacha taʼlim muassasalarining taʼlim va boshqa faoliyatida ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratish. 2. Pedagoglar, ota-onalar va bolalar oʻrtasida oʻzaro ishonch munosabatlarini shakllantirish choralarini koʻrish. 3. Maktabgacha taʼlim muassasalarining kuzatuv kengashlari toʻgʻrisidagi axborotni maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga kiritish. 4. Ota-onalar, kuzatuv kengashlari va maktabgacha taʼlim muassasalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun mobil ilovalar (chat botlar)ni tashkil etish. |
2019-yil davomida
|
MTV Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) |
|
7. |
“Ilk qadam” Davlat taʼlim dasturini keng joriy etish. |
1. Maktabgacha taʼlim muassasalarining taʼlim-tarbiya jarayoniga xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda “Ilk qadam” Davlat taʼlim dasturini joriy etish boʻyicha treninglar oʻtkazish yoʻli bilan milliy mutaxassis-murabbiylarni tayyorlash. 2. Respublikaning barcha viloyatlarida milliy mutaxassis-murabbiylar tomonidan “Ilk qadam” Davlat taʼlim dasturini joriy etish boʻyicha kaskad treninglarni oʻtkazish. |
2019-yil |
MTV Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
8. |
Bolalarni badiiy-estetik va musiqiy tarbiya asoslariga oʻrgatish. |
1. Maktabgacha taʼlim muassasalarining musiqa xodimlari malakasini oshirish. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni davlat talablariga muvofiq musiqiy tarbiyalash va taʼlim berish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2019-yil davomida |
MTV Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev) |
|
9. |
Maktabgacha taʼlim muassasalarini zamonaviy oʻquv-metodik va didaktik materiallar hamda koʻrgazmali qurollar bilan taʼminlash. |
1. Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni ishlab chiqish uchun mualliflar, rassomlar va nashriyotlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va tanlab olish. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻquv-metodik, didaktik materiallar va koʻrgazmali qurollar maketlarini ishlab chiqish. 3. Oʻquv-metodik, didaktik materiallar va koʻrgazmali qurollarni koʻpaytirish va respublikaning maktabgacha taʼlim muassasalariga yetkazib berish. |
2019-yil 2019-yil 2019-yil |
MTV Moliya vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov) |
|
10. |
Qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatish hisobiga maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni yaxshilash. |
1. Maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻlamini kengaytirish. 2. Qoʻshimcha pullik xizmatlarni koʻrsatish sifati ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish. 3. Qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlardan, jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni yaxshilash uchun samarali foydalanilishini taʼminlash. |
2019-yil davomida |
MTV |
|
11. |
Maktabgacha taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. |
1. Maktabgacha taʼlim tizimiga oliy maʼlumotli pedagog kadrlarni jalb qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrish. 2. Pedagog boʻlmagan oliy maʼlumotli kadrlarni olti oylik qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslarida qayta tayyorlash. 3. Oliy taʼlim muassasalariga “Maktabgacha taʼlim” bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha maxsus sirtqi va kechki taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilish kvotalarini oshirish. |
2019-yil davomida |
MTV Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev) |
|
12. |
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining toʻlaqonli, oqilona, balanslashtirilgan va sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash. |
1. Tadbirkorlik subyektlarini sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda tayyor taomlarni tayyorlash va maktabgacha taʼlim muassasalariga yetkazib berish tizimiga yanada keng jalb qilish imkoniyatlarini oʻrganish. 2. Sogʻlom ovqatlanishni tashkil qilishga oid sanitariya qoidalari va meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish. 3. Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun taomnomalarning yangi taxminiy namunalarini ishlab chiqish. 4. Maktabgacha taʼlim muassasalari oziq-ovqat bloklari moddiy-texnika bazasini yangilash. 5. Maktabgacha taʼlim muassasalariga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilishni kuchaytirish. |
2019-yil 2019-yil 2019-yil 2019-yil davomida
|
MTV SSV Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov) |
|
13. |
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish. |
1. Maktabgacha taʼlim muassasalari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish. 2. Maktabgacha taʼlim muassasalari tibbiyot xodimlarining standartlari va kompetensiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Maktabgacha taʼlim muassasalarining tibbiy xizmatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish. 4. Maktabgacha taʼlim muassasalarini sifatli dori vositalari va tibbiy maqsaddagi buyumlar bilan taʼminlash. |
2019-yil davomida
1-sentabrgacha 2019-yil davomida |
SSV MTV |