03.05.2019 yildagi 370-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi “Turon” teatr studiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-dekabrdagi 5413-F-son farmoyishiga muvofiq hamda teatr sanʼati yordamida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlari shaxsiy tarkibida fuqarolik va harbiy burchga sadoqat, Vatanga muhabbat tuygʻularini shakllantirish, harbiy jamoalarda sogʻlom axloqiy-ruhiy muhitni va harbiy intizomni yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Madaniyat vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi “Turon” teatr studiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi “Turon” harbiy teatri” davlat muassasasiga (keyingi oʻrinlarda Teatr deb ataladi) aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Teatrning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi asarlarini, shuningdek, oʻzbek xalqining boy madaniyatini, buyuk ajdodlarimizning merosini, urf-odatlarimizni, ota-bobolarimiz hamda zamondoshlarimizning yurt tinchligi va osoyishtaligi yoʻlidagi jasoratini madh etuvchi, xalq va armiya birligini, Vatanga muhabbat va harbiy qasamyodga sodiqlikni tarannum etuvchi badiiy asarlarni targʻib qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsib kelayotgan yosh avlodning maʼnaviyatini va ularning sanʼatga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirish, yoshlarga oʻzbek milliy teatr sanʼati tarixi asoslarini, teatr sanʼati yordamida madaniy-maʼrifiy va ijodiy-badiiy sohalarda erishilgan yutuqlarni tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning ijodiy faolligini rivojlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, teatr sanʼatiga yangi usullarni milliy ruhga moslashtirgan holda joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzida vatanparvarlik, insoniylik, milliylik, buyuk ajdodlarimizning tarixini aks ettirgan spektakllarni namoyish etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, gastrollar, tanlovlar, taniqli sanʼat arboblari bilan uchrashuvlar va forumlar, rejissyor va aktyorlar uchun mahorat darslari va oʻquv treninglarini tashkil etish, yoshlarga jahon madaniyati va sanʼatining yorqin namunalarini tanishtirish orqali ularning maʼnaviy oʻsishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamiyatda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari obroʻsini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida harbiy xizmatning jozibadorligini oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlari shaxsiy tarkibini Vatanga muhabbat, konstitutsion va harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalashga koʻmaklashish, harbiy xizmatchilarda yuksak maʼnaviy-axloqiy xususiyatlarni shakllantirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish, ularni badiiy ijodga faol jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teatrning badiiy-rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Konsert tashkilotlari va saroylari (teatr-konsert saroylari)ning maʼmuriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarining uchinchi guruhi, ijodiy (artist) xodimlari mehnatiga haq toʻlash esa — ushbu qaror bilan tasdiqlangan Teatrlar artist xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarining drama teatri xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teatr faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, chipta sotish va pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Teatrning tuzilmasi, shtatlar jadvali hamda ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teatrni Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Aviasozlar koʻchasi, 1/1-uy manzilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi muntazam ravishda tajribali teatr ijodkorlari va mutaxassislarini jalb etgan holda Teatr ijodiy jamoasiga muassasa faoliyatini yoʻlga qoʻyish, moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, shu jumladan repertuarlarning gʻoyaviy-badiiy saviyasini oshirish, spektakllarning taʼsirchanligini kuchaytirish yuzasidan uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 1-ilovaning “Toshkent shahri” kichik boʻlimiga “Turon” harbiy teatri davlat muassasasi” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 09/19/370/3063-son; 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)