Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XOLDINGLAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Bozor qayta oʻzgartirish jarayonlarini yanada rivojlantirish hamda korxonalar va tashkilotlarni shunga monand boshqarishni va ularning faoliyat koʻrsatishini, respublika iqtisodiyotining turli sektorlarida iqtisodiy integratsiyani, shuningdek investitsiya faoliyatini rivojlantirishni taʼminlovchi zamonaviy tuzilmalarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xoldinglar toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Xoldinglarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 12-oktabr,
398-son
Xoldinglar toʻgʻrisida
nizom
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”, “Raqobat va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va xoldinglar tuzish va ularning faoliyat koʻrsatishi tartibini belgilab beradi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 135-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari nazorat paketlari kiradigan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati xolding hisoblanadi.
Aksiyalar (paylar, ulushlar)ning nazorat paketi oʻzida korxona sarmoyasida qatnashishning istalgan shaklini ifodalaydi. Ushbu shakl xolding qatnashchilari umumiy yigʻilishida va uning boshqaruv organlari tomonidan muayyan qarorlar qabul qilinishi yoki rad etilishining soʻzsiz huquqini taʼminlaydi. Aksiyalarning nazorat paketi mavjudligi toʻgʻrisidagi qaror taʼsis hujjatlarining xususiyatlari va korxona sarmoyasi tuzilmasi hisobga olingan holda monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilinadi.
Aksiyalarining nazorat paketlari xolding aktivlariga kiruvchi korxona shuʼba korxona hisoblanadi. Shuʼba korxonalar mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
Xolding Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan istalgan faoliyat bilan shugʻullanishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xolding boshqa xoldingning shuʼba korxonasi boʻlishi mumkin.
3. Xolding aktivlari:
a) qimmatli qogʻozlar;
b) muassislar tomonidan shartnoma asosida berilgan, shuningdek xolding mablagʻlari hisobiga sotib olingan yoki hosil qilingan mulklar;
v) pul mablagʻlari va boshqalar hisobidan tashkil topadi.
Xolding xorijiy sarmoya ishtirokida yoki toʻliq uning asosida, shu jumladan xorijiy korxonalar aksiyalari nazorat paketlarini sotib olish yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin.
Xolding aktivlari tarkibiga, shuʼba korxonalar aksiyalari nazorat paketlari bilan bir qatorda, aksiyalarning paritet paketlari (qatnashchi ikkita boʻlgan taqdirda 50 foiz) va boshqa xoʻjalik jamiyatlari sarmoyasida qatnashish paketlari (aksiyalarning nazorat paketlari emas) kirishi mumkin.
Xolding amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya faoliyatini amalga oshirishga, shu jumladan istalgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga haqli boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shuʼba korxona oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi, bosh xoldingga tegishli boʻlgan aksiyalarning nazorat paketi qiymati ham shu jumlaga kiradi. Bosh xolding taʼsis shartnomasida qayd etilgan shartlarda shuʼba korxonaning qarzlari boʻyicha javob berishi mumkin.
4. Shuʼba korxona oʻzining xoldingga tegishli boʻlgan aksiyalari paketi miqdoridan qatʼi nazar, biror-bir shaklda xolding aksiyalariga egalik qilishi mumkin emas, garov va trast (ishonilgan mulk) ham shu jumlaga kiradi.
Shuʼba korxonalar aksiyadorlarining umumiy yigʻilishlarida xoldingning vakillari mazkur shuʼba korxona aksiyalarining nazorat paketiga muvofiq ovozga ega boʻladilar. Roʻyxati ustavda koʻrsatilishi kerak boʻlgan shuʼba korxonalarni rivojlantirishning strategik muhim masalalarini hal etish uchun ustavda darajali koʻpchilik haqidagi norma belgilab qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xoldinglar yuridik shaxs hisoblanadi hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlarva fond birjasi toʻgʻrisida”, “Raqobat va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari asosida faoliyat koʻrsatadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 135-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar xolding muassislari va qatnashchilari boʻlishlari mumkin.
7. Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning qatnashish xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining chet el investitsiyalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Xoldingning nomiga “xolding” soʻzi qoʻshilgan boʻlishi hamda uning turi (“AJ” aksiyadorlik jamiyati) koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
II. Xolding tashkil etishdagi cheklashlar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Xolding tashkil etish va uni roʻyxatdan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun belgilangan tartibda mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Xoldinglar turdosh korxonalarni kooperatsiyalashga koʻmaklashish hamda ular tomonidan kelishilgan investitsiya siyosati amalga oshirilishi uchun tashkil etiladi. Xoldingga yoki uning shuʼba korxonalaridan biriga xolding kompaniyaning shuʼba korxonalari mahsulotlari (ishlari, xizmatlari) uchinchi shaxslar tomonidan sotilishi huquqi berilishiga, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar xolding tomonidan biror-bir shaklda belgilab qoʻyilishi huquqi berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Xoldinglar, shu jumladan davlat tasarrufidan chiqarish jarayonida tashkil etiladigan xoldinglar, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) ruxsati bilan tashkil etiladi. Xoldinglar tashkil etilishi (qayta tashkil etilishi) yuqorida aytib oʻtilgan ruxsatnomasiz davlat roʻyxatidan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(2-bandining birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan ruxsatnoma olinmagan taqdirda xoldingni davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) haqidagi qarorning amal qilishi monopoliyaga qarshi organ tomonidan uni haqiqiy deb hisoblash toʻgʻrisidagi masala qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatiladi.
Monopoliyaga qarshi organning ruxsatnomasini olmasdan xolding tashkil etish (qayta tashkil etish)ning davlat roʻyxatiga olinishiga (qayta roʻyxatga olinishiga) yoʻl qoʻygan organlar va ularning mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Xolding tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun monopoliyaga qarshi organga quyidagi hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etiladi:
xoldingni roʻyxatga olishga ruxsat berish toʻgʻrisida iltimosnoma;
xolding ustavi loyihasi;
xolding tashkil etish toʻgʻrisidagi niyat bayoni yoki muassislar shartnomasi;
tashkil etilayotgan xoldingga kiritish uchun taklif etilayotgan korxonalar roʻyxati;
xolding tarkibiga kiritish uchun taklif etilayotgan korxonalar har biri xoʻjalik faoliyatining asosiy turlari va hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Xolding tashkil etish basharti mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning u yoki bu turlarini ishlab chiqarishni monopoliya qilishga olib kelsa, xolding tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar xolding bir xildagi yoki oʻzaro bir-birining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar)ning muayyan guruhi boʻyicha monopoliya deb tan olinsa, ushbu guruh boʻyicha monopolist korxonalar reyestriga kiritilgan boʻlsa, va oʻzining bozordagi ustunlik mavqeyini narxlarni zoʻrlab belgilash orqali amalga oshirsa, unga va koʻrsatib oʻtilgan guruhdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi uning shuʼba korxonasiga nisbatan monopoliyaga qarshi kurash olib borish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jazolarning amal qilishi joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Korxonalarning aksiyalari nazorat paketlariga egalik qiluvchi xolding tashkil etishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar:
ular Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, monopolistlar sirasiga kiritilgan boʻlsa;
bir xildagi yoki bir-birining oʻrnini bosuvchi mahsulotlarning muayyan guruhi boʻyicha bozorda ularning jami ulushi monopoliyaga qarshi organ tomonidan belgilanadigan cheklangan miqdordan ortiq boʻlsa, chunki bunday sharoitlarda u mustaqil ravishda yoki shuʼba korxonalar bilan birgalikda harakat qilib tovarlar aylanishi shartlariga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatishi, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishlarini qiyinlashtirishi va bu bilan isteʼmolchilar va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagi tarmoqlarda xoldinglar tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
savdo, moddiy-texnika taʼminoti, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat, kommunal xoʻjalik, transport (temir yoʻl, aviatsiya, truboprovod transporti va mutlaq ravishda xalqaro tashishlarni amalga oshiruvchi korxonalardan tashqari), xalq badiiy hunarmandchiligi.
Monopolistik faoliyatni cheklash va raqobatni rivojlantirish maqsadida monopoliyaga qarshi organ xoldinglar tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan iqtisodiyot sektorlarini belgilashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan yoki davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishda, sotib olish va ijaraga berishda cheklashlarga ega boʻlgan davlat korxonalari va mol-mulki asosida xoldinglar tashkil etishga ushbu cheklashlar bekor qilingunga qadar yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tashkil etilayotgan xoldinglar barcha turdagi xoʻjalik uyushmalari (ittifoqlar, konsernlar, konsorsiumlar, korporatsiyalar va boshqalar)ning yoki korxonalarning boshqa birlashmalari, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining huquqiy vorislari boʻlishi mumkin emas.
7. Xoldinglarning muassislari ularning ustavlarida tadbirkorlik faoliyati xususiyatiga va shuʼba korxonalar faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi qarorlar qabul qilinishi boʻyicha qonuniy huquqqa cheklashlarni monopoliyaga qarshi organning tavsiyalari asosida belgilashga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonaning (korxona boʻlinmasining) shuʼba korxonaga aylantirilishiga ana shu korxona mehnat jamoasining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunday rozilik umumiy yigʻilishda barcha xodimlarning yarmidan koʻpining ovozi bilan qabul qilinadi.
III. Moliyaviy xoldinglar
1. Sarmoyasining 50 foizdan ortigʻini boshqa emitentlarning qimmatli qogʻozlari va oʻzga moliyaviy aktivlari tashkil etgan xolding moliyaviy xolding hisoblanadi.
Moliyaviy xolding aktivlari tarkibiga faqat qimmatli qogʻozlar va oʻzga moliyaviy aktivlar, shuningdek xolding boshqaruvi apparati faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun bevosita zarur boʻlgan mol-mulk kirishi mumkin.
Aktivlari tarkibi taʼsis etish paytida koʻrsatib oʻtilgan talabga muvofiq kelmaydigan moliyaviy xolding davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida uni bajarish uchun zarur boʻlgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi kerak.
Koʻrsatib oʻtilgan talabning bajarilmasligi ushbu xoldingning aksiyalari emissiyasi prospektini roʻyxatdan oʻtkazgan organning taqdimnomasi asosida xoʻjalik sudi tomonidan moliyaviy xoldingni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Moliyaviy xoldinglar mutlaq darajada investitsiya faoliyati yuritishga haqlidirlar, ular uchun faoliyatning boshqa turlari taqiqlanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda davlat mulkini boshqarish vakolati berilgan organlar) moliyaviy xoldinglar ustav fondiga korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish tartibida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav sarmoyasining 20 foizidan ortigʻini tashkil etuvchi aksiyalar paketini qoʻshishga haqli emaslar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Moliyaviy xolding shuʼba korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatiga aralashishga haqli emas. Moliyaviy xolding vakillari faqat shuʼba korxonalar aksiyadorlari yigʻilishlarida qatnashishlari mumkin. Moliyaviy xolding vakillarining kuzatuv kengashi, boshqaruv va shuʼba korxonalari boshqaruvining boshqa organlari tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Moliyaviy xolding oʻziga tegishli aksiyalar bilan qimmatli qogʻozlarning tashkil etilgan bozoridan (fond birjasidan) boshqa joyda bitishuvlar sodir etishga haqli emas. Fond birjasida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan aksiyalar bilan amalga oshirilgan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
IV. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishda xoldinglar taʼsis etish
1. Davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan xoldinglar tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishda xoldinglar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Taklifda:
xolding tashkil etish zarurligi asoslanishi, uning faoliyati maqsadi va vazifalari koʻrsatilgan boʻlishi;
tashkil etilayotgan xoldingga kiritilishi taklif etilayotgan korxonalar (boʻlinmalar) roʻyxati berilgan boʻlishi;
ishlab chiqarishning umumiy hajmida koʻrsatib oʻtilgan korxonalar (boʻlinmalar) tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar ulushi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berilgan boʻlishi;
xolding boshqaruv organlarining vakolatlarini, xoldingning shuʼba korxonalar bilan oʻzaro munosabatlari tartibini belgilovchi xoldingning taʼsis hujjatlari loyihalari mavjud boʻlishi kerak.
Arizaga ilovada shuʼba korxonalar sifatida xolding tarkibiga kiritish taklif etilayotgan korxonalar (boʻlinmalar) mehnat jamoalarining qarori boʻlishi lozim. Ushbu qaror mazkur Nizomning II boʻlimi 8-bandiga muvofiq rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
3. Qayta oʻzgartirilayotgan va davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalar asosida tashkil etilayotgan xoldingning muassislari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar, shuningdek paylar, ulushlar, aksiyalar koʻrinishidagi oʻz mablagʻlarini qoʻyish xohishini bildirgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar boʻlishlari mumkin.
Xolding qatnashchilari soni cheklanmagan.
4. Yirik korxonani qayta tuzish va davlat tasarrufidan chiqarish tartibida uning tarkibidan yuridik mustaqil (shuʼba) korxonalarni ajratgan holda xolding tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar:
monopoliyaga qarshi organning roziligini oladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
butun korxonaning yoki ajratib chiqarilayotgan boʻlinmalarning ustav sarmoyasini koʻpaytirish maqsadga muvofiqligini baholaydilar, zarurat boʻlganda ehtimol tutilgan oʻzga investorlarni xolding qatnashchilari safiga kiritish uchun ular oʻrtasida tanlov oʻtkazadilar.
5. Yuridik mustaqil korxonalarning aksiyalari paketlarini birlashtirish tartibida xolding kompaniya tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar:
monopoliyaga qarshi organ ishtirokida tashkil etilayotgan xolding kompaniyaga kiritilayotgan, yoxud xoʻjalik mustaqilligiga ega boʻlayotgan va umumiy asoslarda davlat tasarrufidan chiqarilishi kerak boʻlgan korxonalar roʻyxatini aniqlaydilar;
Keyingi tahrirga qarang.
korxonalar mehnat jamoalarining qarorlarini va (yoki) ularning korxonalarni xoldingning shuʼba korxonalariga aylantirishga roziligini hisobga oladilar;
qoʻshimcha investitsiyalarni jalb etishning ehtimol tutilgan usullarini koʻrib chiqadilar, zarurat boʻlganda ehtimol tutilgan oʻzga investorlarni xolding qatnashchilari safiga kiritish uchun ular oʻrtasida tanlov oʻtkazadilar.
6. Korxona (ajralib chiqadigan boʻlinma) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzga investorlarning ishtirokisiz tashkil etilayotgan xoldingning ustav fondiga qoʻshiladigan mulk qiymati qonun hujjatlariga muvofiq baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzga investorlar ishtirokida xolding tashkil etishda kompaniya qatnashchilari tomonidan qoʻshiladigan ulushlar miqdori mol-mulkning bozor bahosidan kelib chiqib, tomonlarning roziligiga koʻra baholanadi.
8. Shuʼba korxonalarga (boʻlinmalarga) aylantiriladigan korxonalar xodimlari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organning roziligi bilan tasdiqlangan roʻyxatlarga va yopiq obuna natijalariga muvofiq ular tomonidan berishga va sotishga moʻljallangan aksiyalarni xoldingning ustav fondiga qoʻshishlari mumkin. Eslatib oʻtilgan aksiyalarning oʻrniga shuʼba korxonalarning xodimlariga xolding aksiyalari beriladi (nominal qiymati boʻyicha sotiladi).
9. Xolding tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan qabul qilingan taqdirda:
shuʼba korxonalarning aksiyalari paketlari va mazkur Nizomning 1 boʻlimi 3-bandida nazarda tutilgan boshqa aktivlar davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan xolding ustav sarmoyasini toʻlash tartibida qoʻshiladi. Bunda xolding ustav sarmoyasi aksiyalarning ushbu paketlari va unga muassislar tomonidan beriladigan boshqa aktivlarning jami nominal qiymatiga teng boʻladi;
shuʼba korxonalarning qolgan aksiyalari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarga taqsimlash (sotish) uchun beriladi;
xolding aksiyalari uning qatnashchilari oʻrtasida ularning ulushlariga muvofiq taqsimlanadi.
10. Davlat mulkida boʻlgan xolding aksiyalari sotilishi kerak.
Xolding kompaniyaning u yoki bu aksiyalari paketini biror-bir muddatga davlat mulkiga biriktirib qoʻyishga, agar bunga aksiyalari xolding kompaniya aktivlari tarkibiga kiruvchi barcha korxonalar uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan yoʻl qoʻyilgan holdagina yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Sarmoyasida davlat ulushi boʻlmagan xoldinglar tuzish tartibi
Nodavlat yuridik shaxslar tomonidan xoldinglar:
nodavlat yuridik shaxslar aksiyalarining nazorat paketlarini ixtiyoriy birlashtirish;
nodavlat xoʻjalik jamiyati tomonidan boshqa xoʻjalik jamiyatlari aksiyalarining nazorat paketlarini sotib olish yoʻli bilan tuziladi.
VI. Korxonalarni qoʻshib olish, ularning qoʻshilib ketishi va qoʻshilishi
1. Bir korxona aksiyalari nazorat paketining ikkinchi korxona tomonidan sotib olinishi bir korxonani ikkinchi korxona tomonidan qoʻshib olish hisoblanadi. Bunda oʻziga qoʻshib oluvchi korxona xolding (basharti ilgari shunday boʻlmagan boʻlsa), qoʻshilib ketadigan korxona-shuʼba korxona hisoblanadi.
Bir korxonaning ikkinchi korxona tomonidan qoʻshib olinishidagi cheklashlar va cheklash shartlari, shuningdek boshqa korxonalarning birlashishi (qoʻshilib ketishi, qoʻshilishi) monopoliyaga qarshi organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqariladi.
2. Quyidagi hollarda korxonalarning qoʻshib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
agar qoʻshib olinadigan korxona va xolding yoki uning boshqa shuʼba korxonalari oʻxshash yoki oʻzaro bir-birining oʻrnini bosuvchi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni uchinchi shaxslarga sotsa;
agar xolding yoki uning shuʼba korxonalaridan birortasi qoʻshib olinadigan korxona tomonidan ishlab chiqariladigan tovar (ishlar, xizmatlar)ning isteʼmolchisi hisoblansa va qoʻshib olinadigan korxonaning tegishli bozordagi ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etsa yoxud qoʻshilish paytida tegishli tovar (ishlar, xizmatlar)ning birinchi korxona tomonidan isteʼmol qilinadigan mavjud darajasidan ortiq boʻlsa;
agar qoʻshib olinadigan korxona xolding yoki uning shuʼba korxonalaridan birortasi tomonidan ishlab chiqariladigan tovar (ishlar, xizmatlar)ni sotishni amalga oshirsa, va qoʻshilish paytida birinchi korxonaning tegishli bozordagi ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etsa yoxud xolding yoki uning shuʼba korxonalaridan birortasi ulushidan ortiq boʻlsa.
3. Quyidagi hollarda korxonalarning qoʻshilib ketishiga (ustav sarmoya miqdoridan qatʼi nazar) yoʻl qoʻyilmaydi:
agar qoʻshilayotgan korxonalar oʻxshash yoki oʻzaro bir-birining oʻrnini bosuvchi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotsa va tegishli bozorda ularning jami ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etsa, yoxud agar ularning qoʻshilishi ulardan birortasi harakat qiladigan bozorning kengayishiga olib kelsa;
agar qoʻshilayotgan korxonalardan biri ikkinchi korxona tomonidan ishlab chiqariladigan tovar (ishlar, xizmatlar)ning isteʼmolchisi hisoblansa, va ikkinchi korxonaning tegishli bozordagi ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etsa yoxud qoʻshilish paytida birinchi korxona tomonidan tegishli tovar (ishlar, xizmatlar) isteʼmol qilinishining mavjud darajasidan ortiq boʻlsa;
agar qoʻshilayotgan korxonalardan biri ikkinchi korxona tomonidan ishlab chiqariladigan tovar (ishlar, xizmatlar)ni sotishni amalga oshirsa, va tegishli bozorda birinchi korxonaning ulushi qoʻshilish paytida 35 foizdan ortiq boʻlsa yoxud ikkinchi korxonaning ulushidan ortiq boʻlsa.
4. Moliyaviy xolding va uning shuʼba korxonasining (korxonalarining) qoʻshilishiga, agar qoʻshilish natijasida xolding sarmoyasidagi qimmatli qogʻozlar va boshqa moliyaviy aktivlar ulushi 50 foizdan ortiq boʻlmagan darajaga yetsa, mazkur Nizomning VI boʻlimi 3-bandi talablari bajarilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
5. Ushbu Nizom bilan korxonalarning qoʻshilib ketishi uchun belgilanadigan qoidalar shuningdek ularning qoʻshilishi hollariga ham tatbiq etiladi.
6. Oʻxshash yoki oʻzaro bir-birining oʻrnini bosuvchi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotuvchi korxonalarning qoʻshilib ketishi haqidagi taklif mazkur Nizomning VI boʻlimi 3-bandida nazarda tutilgan hollarda qonun hujjatlariga muvofiq monopoliyaga qarshi organlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
7. Korxonalarning qoʻshib olinishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan bitishuvlar sodir etilishi ustidan nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq monopoliyaga qarshi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Hisobot va xoldinglarni tugatish tartibi
1. Xoldinglar yilning har choragida oʻz balanslarini, foyda va zararlar schyotlarini, shuningdek boshqa korxonalarning oʻzlariga tegishli aksiyalari haqidagi toʻliq maʼlumotlarni hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotni eʼlon qilishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xolding tomonidan istalgan korxonaning (shu jumladan oʻzining shuʼba korxonasining) aksiyalarining 5 foizidan ortigʻining oldi-sotdisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bitishuv sodir etilgan paytdan boshlab bir hafta muddatda albatta eʼlon qilinishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar bitishuv qatnashchilarining tijorat siriga tegishli deb topilishi mumkin emas.
Koʻrsatib oʻtilgan talab buzilgan holda sodir etilgan bitishuvlar, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
3. Xoldinglar tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyatini toʻxtatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.