22.04.2019 yildagi 343-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 22-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda maktablar deb ataladi) oʻquvchilar uchun ixtiyoriylik asosida tashkil etiladigan pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pullik taʼlim xizmatlari zarur moddiy-texnika bazasi hamda tegishli pedagog xodimlarga ega boʻlgan yoki tegishli mutaxassis jalb qilingan holda maktablarda tashkil qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish oʻquvchining maktablarda oʻquv dasturi boʻyicha olib boriladigan taʼlim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktablarida oʻquvchilar uchun tashkil etiladigan pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktablarda tashkil etiladigan qoʻshimcha taʼlim berishga qaratilgan pullik taʼlim xizmatlari maktablarning oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat taʼlim standartlaridan tashqari) mashgʻulotlar boʻyicha maktab direktori va oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb ataladi) oʻrtasida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tuziladigan shartnoma asosida koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maktabning oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat taʼlim standartlaridan tashqari) mashgʻulotlar boʻyicha pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatishga qaratilgan yoʻnalishlar (aniq, ijtimoiy-gumanitar, tabiiy fanlar, toʻgaraklar va sport seksiyalari) qonun hujjatlariga muvofiq holda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktablarda tashkil etiladigan pullik taʼlim xizmatlariga direktor va pedagoglar tomonidan oʻquvchilarni majburiy tartibda jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maktablarda pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish maktablarning pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha yillik rejasi (keyingi oʻrinlarda yillik reja deb ataladi) asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yillik reja maktablar tomonidan har kalendar yili boshlangunga qadar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ishlab chiqiladi va kelishish uchun maktabning Kuzatuv kengashiga (keyingi oʻrinda Kuzatuv kengashi deb ataladi) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachilarning talablariga koʻra, oʻquvchilarga individual tarzda mashgʻulotlar oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kuzatuv kengashi har kalendar yilning boshida oʻtkaziladigan birinchi yigʻilishda maktab tomonidan taqdim etilgan kelgusi yil uchun yillik rejani koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yillik reja Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti yoki maktablarning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maktabda pullik taʼlim xizmat koʻrsatishga, birinchi navbatda, shu maktabda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar shartnoma asosida jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachilar tomonidan kelib tushadigan mablagʻlar (lekin 50 foizidan kam boʻlmagan miqdori) oʻqituvchilarga haq toʻlashga yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda qonunchilikda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar mazkur summadan chegirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Taʼlim xizmatlari narxlari Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha toʻlovlar belgilangan tartibda banklar orqali maktabning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli gʻaznachilik boʻlimlarida ochilgan shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi tomonidan pul mablagʻlarini naqd pul yoki pul oʻtkazish yoʻli orqali toʻlanishidan qatʼiy nazar, maktabda amalga oshirilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar xarajatlar turi boʻyicha shartnoma asosida pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish maqsadida jalb etilgan oʻqituvchilarga toʻlanadigan toʻlovlar, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar, mashgʻulotlarni tashkil etish uchun moddiy-texnik taʼminot xarajatlari qoplangandan soʻng maktabning rahbar va pedagog xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga va boshqa xarajatlarga Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatishda tomonlarning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi maktab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish doirasida oʻquv rejasi va dasturlari, maktab ichki qoidalari, tartib va talablari, mashgʻulot jarayonida oʻquv intizomiga rioya etishini, oʻqituvchilarga hurmatda boʻlish hamda maktab mulkini himoya qilishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachidan shartnomada belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashni talab qilish va ushbu talab bajarilmasa, oʻquvchini pullik taʼlim xizmatlari boʻyicha mashgʻulotlardan chetlashtirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi maktab qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi maktab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashgʻulotlarni maktabdan tashqari davlat taʼlim standarti, pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish doirasida oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashgʻulotlar jarayonlariga malakali oʻqituvchilarni jalb etish, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini, zamonaviy kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarini joriy etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchida bilim olish salohiyatini shakllantirish maqsadida oʻquv rejasiga qoʻshimcha ravishda turli interaktiv darslar tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashgʻulotlarda oʻquvchiga maktabning mavjud oʻquv-uslubiy, axborot-resurs va moddiy-texnika bazasiga muvofiq oʻqish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashgʻulotlar uchun belgilangan toʻlov miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz vaqtida (oʻquv jarayoni boshlanishidan 10 kun oldin) buyurtmachilarga yetkazish va ularni belgilangan tartibda koʻrsatiladigan pullik taʼlim xizmatlari shartlari bilan tanishtirishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi maktab qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Buyurtmachi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatiladigan pullik taʼlim xizmatlari, shu jumladan oʻquv rejalari va dasturlari, oʻquvchilarni baholash tartibi va mezonlari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomaga muvofiq maktabdan oʻquvchining tanlagan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatishni talab qilish, tegishli oʻqituvchilardan maslahatlar soʻrash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Buyurtmachi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan pullik taʼlim xizmatlarining bir kalendar oyi uchun belgilangan toʻlov miqdorini shartnoma talablariga muvofiq toʻliq hajmda va oʻz vaqtida toʻlash, toʻlov hujjati nusxasini esa mashgʻulotlar boshlanishidan oldin maktab maʼmuriyatiga taqdim etishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma talablariga soʻzsiz amal qilish maqsadida va shartnomada koʻrsatilgan qoʻshimcha taʼlim va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun oʻquvchining darslarga muntazam ravishda qatnashishini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi tomonidan maktabining mulkiga yetkazilgan moddiy zararni qoplashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kuzatuv kengashi muntazam (bir yilda kamida 2-marta) oʻquvchilar va buyurtmachilar oʻrtasida maktab tomonidan koʻrsatilayotgan pullik taʼlim xizmatlari sifatini aniqlash maqsadida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq soʻrovnoma oʻtkazib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlari maktablarda pullik taʼlim xizmatlarining tashkil etilishi va tushgan mablagʻlar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


‎‎‎Pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha
‎___________-son

‎NAMUNAVIY ShARTNOMA

‎‎_______________________

‎‎‎‎20____ y. “____”____________

‎‎(shartnoma tuzilgan joy)

‎‎Ustav asosida ish koʻruvchi maktab direktori _____________ �umani/shahri (nomi) ______________

‎‎‎‎(nomi)

(maktab raqami/nomi)
‎‎-son _______________________ keyinchalik “Maktab” deb yuritiluvchi, bir tomonidan __________

‎‎(direktorning F.I.O.)

_______________________________ nomidan oʻquvchining manfaatlarini ifoda etuvchi‎‎

‎‎(ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxsning F.I.O.)

‎‎_______________________________ keyinchalik “Buyurtmachi” deb yuritiluvchi, ikkinchi

(oʻquvchi F.I.O., sinf)

‎‎tomonidan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:


‎‎‎1. ShARTNOMA PREDMETI

‎‎1.1. Ushbu shartnoma oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan mashgʻulotlar boʻyicha qoʻshimcha pullik xizmatlar (aniq, ijtimoiy-gumanitar, tabiiy fanlar), jumladan, toʻgarak hamda sport seksiyalarini tashkil etish munosabatlarni tartibga soladi.


‎‎‎2. MAKTABNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

‎‎2.1. Maktabning huquqlari:
‎Oʻquvchidan oʻquv rejasi va dasturlari, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etishini talab qilish;
‎Dars jarayoni vaqtida oʻquvchidan oʻquv va ijro intizomiga qatʼiyan rioya etishini talab qilish;
‎Oʻquvchidan ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ustoz va murabbiylarni hurmat qilishni, maktab mulki, nufuzini himoya qilishni talab qilish;
‎Buyurtmachidan mazkur shartnomada belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashni talab qilish, aks holda oʻquvchini qoʻshimcha mashgʻulotlardan (darslardan) chetlashtirish.
‎2.2. Maktab majburiyatlari:
‎Davlat taʼlim standarti, oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq maktabda oʻquvchini oʻqitishni tashkil etish;
‎Maktabda qoʻshimcha mashgʻulotlar jarayonlariga malakali oʻqituvchilarni jalb etish, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarini joriy etish;
‎Oʻquvchida bilim olish salohiyatini shakllant�rish maqsadida oʻquv rejasiga qoʻshimcha ravishda turli interaktiv darslarni tashkil etish;
‎Qoʻshimcha mashgʻulotlarda oʻquvchiga maktabning mavjud oʻquv-uslubiy, axborot-resurs va moddiy-texnika bazasiga muvofiq oʻqish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
‎Qoʻshimcha mashgʻulotlar uchun belgilangan toʻlov miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz vaqtida (oʻquv jarayoni boshlanishidan 10 kun oldin) buyurtmachilarga yetkazish va ularni belgilangan tartibda koʻrsatiladigan pullik xizmatlari shartlari bilan tanishtirish;
‎Ushbu shartnomaga asosan oʻquvchi pullik xizmatlar asosida quyidagilar bilan taʼminlanadi:
‎a) _____________________________________________________________________

(soatlar miqdori koʻrsatiladi)

‎‎xajmda___________________________________________________________________.

‎‎(koʻrsatiladigan xizmatlardan kelib chiqib toʻldiriladi)


‎‎‎3. BUYuRTMAChINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

‎‎3.1. Buyurtmachining huquqlari:
‎Maktabdan oʻquvchiga tanlagan zamonaviy taraqqiyot darajasiga mos keluvchi bilim va koʻnikmalarni berishni talab qilish, tegishli oʻqituvchilardan maslahatlar soʻrash;
‎3.2. Buyurtmachining majburiyatlari:
‎Koʻrsatilayotgan jami qoʻshimcha pullik xizmatlar bir kalendar oyi uchun belgilangan toʻlov miqdorini mazkur shartnoma talablariga muvofiq maktabga toʻliq hajmda va oʻz vaqtida toʻlash;
‎Mazkur shartnoma talablariga soʻzsiz amal qilish maqsadida va shartnomada koʻrsatilgan qoʻshimcha taʼlim va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun oʻquvchining darslarga muntazam ravishda qatnashishi nazoratini taʼminlash;
‎Oʻquvchi tomonidan maktab mulkiga yetkazilgan moddiy zararni qoplash. ‎


‎4. MOLIYAVIY ShARTLAR

‎‎4.1. Koʻrsatilayotgan jami qoʻshimcha pullik xizmatlar bir kalendar oyi uchun ___________________
‎‎_____________________________________________________________________ soʻm
‎‎________________________________________________________________________

‎‎(summa raqam va soʻz bilan)

‎‎mablagʻ miqdorini tashkil etadi.
‎4.1.1. Shu jumladan, ushbu shartnomada koʻrsatilgan qoʻshimcha mashgʻulotlar uchun toʻlanadigan mablagʻ quyidagi miqdorda belgilanadi (xizmatlar turlari boʻyicha):
‎‎a) _______________________________ — ______________________ soʻm;

‎‎(xizmat nomi)

‎‎(xizmat narxi)

‎‎b) _______________________________ — ______________________ soʻm;

‎‎(xizmat nomi)

‎‎(xizmat narxi)

‎‎v) _______________________________ — ______________________ soʻm.

‎‎(xizmat nomi)

‎‎(xizmat narxi)

‎‎4.2. Toʻlov har oyning 5 (beshinchi) sanasidan kechikmagan holda, buyurtmachi tomonidan 100 (yuz) foiz oldindan amalga oshiriladi. Toʻlov banklar orqali maktabning tegishli gʻaznachilik boʻlimlarida ochilgan shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
‎4.3. Ushbu shartnoma boʻyicha toʻlov turi buyurtmachi tomonidan tanlanadi.
‎4.4. Koʻrsatilayotgan qoʻshimcha pullik xizmatlarning toʻlov miqdori eng kam ish haqi oʻzgarishiga mos ravishda oʻzgaradi.
‎4.5. Ushbu shartnomaning 4.1 va 4.2-bandlariga muvofiq qoʻshimcha pullik xizmatlar uchun toʻlov buyurtmachi tomonidan oʻz vaqtida amalga oshirilmasa, ushbu shartnoma bekor qilinib, oʻquvchi qoʻshimcha mashgʻulotlardan (darslardan) chetlashtiriladi.
‎4.6. Oʻquvchining kasalligi yoki boshqa asosli sabab va holatlarda, buyurtmachining yozma arizasiga binoan ushbu shartnoma bekor qilinadi va xizmatlarni koʻrsatilmagan qismi uchun oldindan toʻlangan toʻlov qaytariladi.
‎4.7. Oʻquvchi mashgʻulotlarni sababsiz qoldirgan holatlarda buyurtmachiga xizmatlar uchun oldindan oʻtkazilgan toʻlovlar qaytarilmaydi.


‎5. ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATI

‎‎5.1. Shartnoma tomonlar uni imzolab, maktab hisobraqamiga buyurtmachi tomonidan qoʻshimcha taʼlim va boshqa pullik xizmatlar uchun toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng kuchga kiradi va taraflar majburiyatlarni toʻliq bajargunga qadar amal qiladi.


‎‎‎6. ShARTNOMANI BEKOR QILISh HOLATLARI

‎‎6.1. Quyidagi hollarda shartnoma bekor qilinadi:
‎taraflarning kelishuviga muvofiq;
‎oʻquvchi maktabda oʻrnatilgan tartibga muvofiq maktab direktorining buyrugʻiga asosan qoʻshimcha mashgʻulotlardan (darslardan) chetlashtirilganda;
‎tomonlardan biri shartnoma shartlarini bajarmaganda;
‎uzrli sabablar bilan buyurtmachining yozma arizasiga koʻra;
‎qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa hollarda.


‎‎‎7. BOShQA ShARTLAR

‎‎7.1. Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Agar nizolarni tinch yoʻl bilan hal etishning iloji boʻlmasa, nizo qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudda koʻrib chiqiladi.
‎7.2. Ushbu Shartnomada yozma ravishda bajarilgan va ikki tomonlama imzolangan barcha ilovalar, qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar shartnomaning ajralmas qismi boʻladi va yuridik kuchga ega deb hisoblanadi.
‎7.3. Shartnoma teng yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuziladi. Shartnomaning bir nusxasi maktabda, ikkinchi nusxasi buyurtmachida saqlanadi.


‎‎‎8. Tomonlarning manzili, bank rekvizitlari va boshqa maʼlumotlari:

“MAKTAB”‎‎

“BUYuRTMAChI”*

___________________________________‎___________________________________ ‎___________________________________ ‎___________________________________ ‎___________________________________ ‎___________________________________ ‎___________________________________ ‎___________________________________ ‎___________________________________ ‎___________________________________

____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________

‎‎‎‎Maktab direktori: ___________________

‎‎‎‎Ota-ona (yoki tashkilot rahbari):
‎____________________

‎‎‎(F.I.O.)

(‎‎F.I.O.)

‎‎______________ ‎‎______________

‎‎(imzo)

‎‎(imzo)

‎‎Yuristkonsult:______________________

(F.I.O)

____________

‎‎(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY YILLIK REJA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari turi (qoʻshimcha taʼlim berish yoʻnalishlari)

Haftalik soatlar fondi (dars soatlari miqdori)

Har bir soat uchun toʻlanadigan narx miqdori

Shundan, kam taʼminlangan oilalarning farzandlari uchun toʻlanadigan narx

Bitta guruhda mashgʻulotlarda qatnashuvchilarning soni

Yoʻnalishlar boʻyicha oʻqituvchi mutaxassislar

Sinf xonalari









Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlarni sifati boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻquvchilar uchun savollar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qoʻshimcha taʼlim mashgʻulotlari qiziqarli oʻtiladimi? (ha/yoʻq)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mashgʻulot olib borayotgan oʻqituvchi Sizni qanoatlantiradimi? (ha/yoʻq)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qoʻshimcha taʼlim olishingiz asosiy fanlarni oʻzlashtirishingizga qanday taʼsir koʻrsatmoqda? (qoniqarsiz, yaxshi, aʼlo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qoʻshimcha taʼlim berayotgan oʻqituvchining dars oʻtishini qanday baholaysiz? (qoniqarsiz, yaxshi, aʼlo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ota-onalar uchun savollar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) farzandingizni qoʻshimcha mashgʻulotlarga boʻlgan qiziqishini qanday baholaysiz? (qoniqarsiz/yaxshi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) farzandingizni qoʻshimcha mashgʻulotlardan olayotgan bilimlari asosiy fanlarni oʻzlashtirishda qanday taʼsir koʻrsatmoqda? (qoniqarsiz, yaxshi, aʼlo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qoʻshimcha taʼlim berayotgan oʻqituvchining faoliyatini qanday baholaysiz? (qoniqarsiz, yaxshi, aʼlo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qoʻshimcha pullik taʼlim xizmatlari uchun belgilangan narx Sizni qanoatlantiradimi? (ha/yoʻq).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/343/3004-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)