OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
buyrugʻi
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalarining 18-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3039-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1064-son “Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2018-yil 7-iyundagi 342-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3039, 2018-yil 16-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 10/18/3039/1523-son) bilan tasdiqlangan Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalarining 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Avariyalarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan materiallar, uskunalar, instrumentlar, inventar, avtomatlashtirish, aloqa, energiya taʼminoti va yongin xavfsizligi vositalari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1064-son qarori bilan tasdiqlangan Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida joylashtiriladi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XAMRAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-aprel,
78-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 10/19/3039-1/3000-son)