O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
“O‘zbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha tabiiy gazni pirovard iste’molchiga sotishdan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lash tartibi haqida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2088-2]
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 19-fevraldagi 14, 2010-5-son “O‘zbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha tabiiy gazni pirovard iste’molchiga sotishdan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lash tartibi haqida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2088, 2010-yil 19-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 12-son, 86-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 29-maydagi 54, 2017-23-son “O‘zbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha tabiiy gazni pirovard iste’molchiga sotishdan Respublika yo‘l jamg‘armasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lash tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2088-1, 2017-yil 19-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 555-modda).
2. Mazkur qaror “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-aprel,
51-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-aprel,
2019-28-son
Kelishilgan:
“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi B. SIDIKOV
2019-yil 10-aprel
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/2088-2/2987-son)