Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3016-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 8-iyuldagi 33-sonli ““Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3016-5, 25.07.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 15-maydagi 185-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3016, 2018-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 22-son, 458-modda) bilan tasdiqlangan Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-mart,
36-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning yigirmanchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;”.
2. 7-banddagi “Buyurtmachi” degan soʻz “Korporativ buyurtmachi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 10-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. 20-band “holda” degan soʻzdan keyin “ofertani taklif etgan ishtirokchiga hamda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 24-banddagi “Buyurtmachi” degan soʻz “Korporativ buyurtmachilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 34-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Buyurtmachilar” degan soʻz “Korporativ buyurtmachilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 35-banddagi “oʻn” degan soʻz “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin.
8. 40-band “vazirligining” degan soʻzdan keyin “davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
9. 47-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 53 va 132-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 65-banddagi “oʻttiz” degan soʻz “oʻn” degan soʻz bilan almashtirilsin.
12. 221-bandning ikkinchi xatboshisi “Markazga” degan soʻzdan keyin “va vakolatli davlat organlariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
13. 6-bob quyidagi mazmundagi 2351-band bilan toʻldirilsin:
“2351. Maxsus axborot portali va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi oʻrtasidagi maʼlumotlar bazasi elektron hamkorligi orqali davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestri boʻyicha kunlik maʼlumot almashinuvi amalga oshiriladi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son)