Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XUSUSIY TADBIRKORLIK VA KIChIK BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASh FONDI (BIZNES-FONDI)NI TAShKIL ETISh HAMDA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-dekabrdagi 563-sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash Fondi (Biznes-fondi)ni tashkil etish haqida”gi Farmoniga muvofiq hamda iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarishni jadal kuchaytirish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarga:
Biznes-fondning hududiy-tashkiliy tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq;
Biznes-fond markaziy apparatining xodimlarning chegaralangan soni 46 nafar boʻlgan tashkiliy tuzilmasiga 2-ilovaga muvofiq;
Biznes-fond hududiy boʻlimining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Biznes-fond tomonidan xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga kreditlar berilishining asosiy shartlariga 4-ilovaga muvofiq;
2. Belgilab qoʻyilsinki, Biznes-fond tomonidan jalb etiladigan mablagʻlardan qaytarib berish asosida quyidagi asosiy vazifalarni hal etish uchun jamlanadi va “Oʻztadbirkorbank” orqali kreditlar tariqasida ajratiladi;
loyihani imtiyozli kredit bilan taʼminlash orqali xususiy tadbirkorlikka va kichik biznesga moliyaviy koʻmak berish;
respublika mintaqalarida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning keng infrastrukturasini rivojlantirishga koʻmaklashish;
xususiy tadbirkorlar va kichik biznesning turli kredit muassasalaridan qarzga mablagʻ jalb etishni taqozo etadigan investitsiya loyihalariga kafolatlar berish, majburiyatlar olish va kafil boʻlish;
loyihalarning xalqaro andozalarga mos texnikaviy-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bilan bogʻliq sugʻurta polisini qoplash uchun grantlar (davlatning moliyaviy yordamini) taʼsis etish va berish;
xorijiy uskunalar lizingini tashkil etish asosida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni texnologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy korxonalar va kichik biznesning ustav sarmoyasida qatnashish.
(2-band yettinchi xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-apreldagi 151-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank ikki hafta muddatda Biznes-fondning ustav faoliyatini amalga oshirish uchun unga ajratiladigan davlat mablagʻlarini “Oʻztadbirkorbank” orqali oʻtkazish va qaytarish tartibini tasdiqlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Biznes-fondni qayta tashkil etilayotgan Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi jamgʻarmaning huquqiy vorisi sifatida belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Biznes-fondni Toshkent shahar, Xalqlar Doʻstligi koʻchasi, 8-uydagi binoga joylashtirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi jamgʻarma faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 30-iyuldagi 380-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin. Ularga 10 kun muddatda Biznes-fondning taʼsis yigʻilishini oʻtkazish va uni tashkil etishga oid aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 26-iyul,
291-son
Biznes-fondning hududiy-tashkiliy
tuzilmasi
Biznes-fond markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi
Biznes-fond hududiy boʻlimining namunaviy tuzilmasi
| T/r |
Lavozimi |
Vazifalari |
| 1. | Boʻlim boshligʻi | Umumiy rahbarlik Markaziy apparat bilan aloqa qilish |
| 2. | Bosh mutaxassis | Buyurtmanomalar qabul qilish Loyiha hujjatlarining umumiy tahlili |
| 3. | Etakchi mutaxassis | TIA va boshqa hujjatlar toʻgʻriligini tekshirish Obyektlarni nazorat qilish, texnik ekspertiza va monitoring |
| 4. | 1-toifali mutaxassis | Shartnomalarni va ularga ilova qilingan hujjatlarni rasmiylashtirish |
| 5. | Buxgalter | Hisob-kitobni yuritish Banklar bilan munosabatlar |
| 6. | Kassir | Kassa hujjatlari bilan ishlash Toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirish |
Izoh: Biznes-fondning Bosh tashkiloti viloyat boʻlimlariga asosiy va oborot fondlari ajratib beradi.
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga Biznes-fond tomonidan kredit berishning
asosiy shartlari
I. Investitsiya resurslarini jalb etish
1. Biznes-fond tomonidan davlat manbalaridan mablagʻ jalb etish qaytarib berish asosida Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va boshqa idoralar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha muddati belgilangan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar Biznes-fondning “Oʻztadbirkorbank”dagi hisob-kitob schyotida jamlanadi. Shu hisob-kitob schyotiga ustav fondining mablagʻlari ham oʻtkaziladi.
3. Biznes-fond jalb etilgan davlat mablagʻlaridan foydalanish va ajratilgan qarz mablagʻlari qaytarilishining ahvoli toʻgʻrisidagi moliyaviy hisobotni har chorakda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Davlat mulki qoʻmitasi va Mehnat vazirligiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat mablagʻlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining, xorijiy yuridik shaxslar va xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlari ham Biznes-fond resurslarining manbalari hisoblanadi.
II. Kredit berishning asosiy shartlari
1. Biznes-fond tomonidan kreditlar ajratish qarz oluvchida qoidaga koʻra “Madad” sugʻurta agentligi tomonidan berilgan sugʻurta polisi mavjud boʻlganda kredit shartnomasi asosida Fond boshqaruvining qaroriga koʻra “Oʻztadbirkorbank” orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Imtiyozli kredit berish Biznes-fond tomonidan davlat mablagʻlaridan jalb etilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiradi va iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlaridagi xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalarining investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash;
fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish;
turizm;
qurilish, binokorlik materiallari sanoati;
mahalliy sanoat;
xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish.
3. Imtiyozli kreditlarni toʻlash muddati loyihaning oʻzini oʻzi qoplash muddatiga qarab, imtiyozli davri 2 yildan 5 yilgacha, 10 yilgacha belgilanadi. Imtiyozli kreditlar boʻyicha foiz stavkasi qatʼiy ravishda belgilab qoʻyilmaydi va Biznes-fond tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
4. Mablagʻ bilan taʼminlanadigan investitsiya loyihalarini tanlab olishda qarz oluvchining moliyaviy ishtirok etish ulushi yuqori boʻlgan loyihalarga afzallik beriladi.
III. Olingan kreditlarning qarzdorlar tomonidan oʻz vaqtida qaytarilishini nazorat qilish
1. Ajratilgan kreditlar Biznes-fond topshiriqnomasiga binoan “Oʻztadbirkorbank” tomonidan qarz oluvchining unga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankdagi hisob-kitob schyotiga tuzilgan kredit shartnomasi talablariga qatʼiy muvofiq ravishda foydalanish uchun oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Biznes-fond bergan kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishini nazorat qilish uchun:
Biznes-fond va “Oʻztadbirkorbank” kredit shartnomasi hamda qarzni uzish jadvali asosida kreditdan maqsadga muvofiq, foydalanish hamda kreditlar va ular yuzasidan foizlarning oʻz vaqtida qaytarilishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradilar.
Biznes-fond “Madad” sugʻurta agentligi va “Oʻztadbirkorbank” bilan birgalikda har chorakda qarzdorlar tomonidan kreditlar va ular yuzasidan foizlarning qaytarilishi boʻyicha hisob-kitoblarning ahvolini oʻzaro tekshirishdan oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qarzdorning hisob-kitob schyotida mablagʻ mavjud boʻlgan hamda kreditni va u boʻyicha foizlarni toʻlash muddati kelganda “Oʻztadbirkorbank” qarzdorning topshiriqnomasi asosida ushbu mablagʻlarni Biznes-fondning hisob-kitob schyotiga oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tijorat banklari aybi bilan mablagʻlar qarzdorning schyotidan Biznes-fond hisob-kitob schyotiga oʻz vaqtida oʻtkazilmagan taqdirda Biznes-fond va “Oʻztadbirkorbank” taqdimnomasiga koʻra Markaziy bank tijorat banklariga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari koʻllaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qarzdor kreditni toʻlamagan taqdirda Biznes-fondning “Madad” sugʻurta agentligi bilan oʻzaro munosabati sxemasi ilova qilinmoqda.
IV. Tavakkalchiliklarni boshqarish
1. Biznes-fond tomonidan berilgan kafolat va toʻlov majburiyatlari, shuningdek, toʻlov kafilliklarining eng koʻp jami hajmi Biznes-fondning oʻz mablagʻlari miqdoridan sakkiz baravaridan oshib ketmasligi kerak.
2. Oʻz mablagʻlari va jalb etilgan nodavlat mablagʻlari hajmida kredit berilgan hollarda Biznes-fond tavakkalchiliklarini qoplash boʻyicha talablar Fond tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
3. Biznes fondning oʻz operatsiyalari boʻyicha ehtimol tutilgan ziyonni qoplashga moʻljallangan oʻz mablagʻlari eng oz tavakkalchilik qilinadigan aktivlar shaklida joylashtiriladi.
ILOVA
Qarzdor kreditni toʻlamagan taqdirda Biznes-fondning “Madad” sugʻurta agentligi bilan oʻzaro munosabati sxemasi
1. Qarz oluvchining kredit xizmati koʻrsatish va kreditni qaytarish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi.
2. Sugʻurta agentligining bankka topshiriqnomasi.
3. Shartnoma boʻyicha tovon toʻlash.
4. Qarzdorga nisbatan regressiv daʼvo qoʻzgʻash.
5. Kompensatsiya toʻlovlari.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 7-son, 24-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda; 2003-y., 24-son, 240-modda)