Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 19-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3154]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2025-yil 29-dekabrdagi 1-sonli ““Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3154-3, 09.01.2026-y.) asosan 2026-yil 8-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-fevral,
01-02/12-7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 20-fevraldagi 01-02/12-7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan tovarlarni koʻzdan kechiruvi, bojxona koʻrigini amalga oshirish hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yoʻriqnoma jismoniy shaxslarning qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bojxona koʻzdan kechiruvi — bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositalarining boʻlimlarini, tovarlarning oʻrov-idishini ochmagan, koʻzdan kechirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratmagan va boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzmagan holda tovarlarning va (yoki) transport vositalarining, xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining hamda jismoniy shaxslar bagajining, shuningdek yuk ortilgan idishlarni, konteynerlarni, bojxona identifikatsiyalash vositalarining tashqi koʻrinishini koʻzdan kechirish orqali amalga oshiriladigan bojxona nazoratining turi;
bojxona koʻrigi — qoʻyilgan plombalarni, muhrlarni yoki bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalarini buzgan xolda, tekshirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzib, tovarlarning oʻramini yoki transport vositasining yuk joylanadigan boʻlimini yoxud idishlarini, konteynerlarni va tovarlar boʻlgan yoki boʻlishi ehtimoli boʻlgan boshqa joylarni ochish orqali amalga oshiriladigan bojxona nazoratining shakli;
vakolatli shaxs — tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq vakolatlarga ega boʻlgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs;
tovarlar — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qogʻozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari, transport vositasi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 13-moddasi toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan transport vositasi mustasno;
tovarni chiqarib yuborish — bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini yakunlovchi va maʼlum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini ifodalovchi harakati;
xavf — bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilmasligi ehtimolining darajasi;
Keyingi tahrirga qarang.
xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi (bundan buyon matnda XBAT deb yuritiladi) — xavfni oldini olish yoki uni imkon qadar kamaytirish maqsadida tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qiluvchi, ularning aniqliligiga baho beruvchi hamda ushbu maʼlumotlarni qayta ishlovchi elektron axborot tizimi.
xavf profili — xavf sohasi, xavf indikatorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻindisi, shuningdek xavfning oldini olish yoki uni imkon qadar kamaytirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar;
3. Bojxona koʻzdan kechiruvi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, tovarlarda, yuk ortilgan idishlarda, transport vositalarida va transport vositalarining boʻlimlarida plombalar, muhrlar va boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari mavjudligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 195-moddasiga muvofiq bojxona koʻrigi, qoida tariqasida, tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganidan keyin deklarant hozirligida oʻtkaziladi. Bunda tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar bojxona koʻrigi:
bojxona maqsadlarida tovarni identifikatsiyalash;
bayon etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini aniqlash;
bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi mavjud axborotni tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
tanlab tekshirish prinsipiga rioya etgan holda xavfni boshqarish tizimi asosida bojxona nazoratini oʻtkazish;
ushbu Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 275-moddasiga muvofiq deklarantning huquqlarini amalga oshirish zarur boʻlgan taqdirda oʻtkazilishi mumkin.
Tovarlarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishida bojxona koʻrigi bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilinganidan soʻng amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tovar va transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish XBAT tomonidan belgilangan quyidagi yoʻlaklarni qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi:
“sariq yoʻlak” — bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish boʻyicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
“qizil yoʻlak” — bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
“yashil yoʻlak” — xavf darajasi past boʻlgan tovar va transport vositalariga nisbatan qoʻllaniladi.
“koʻk yoʻlak” — xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi. Bunda, bojxona nazorati shakllari tovar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Bojxona koʻrigidan faqat “qizil yoʻlak” boʻyicha rasmiylashtirilgan tovar va transport vositalari oʻtkaziladi.
Xavf darajasi XBAT tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini toifalarga ajratish, xavf profillari yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlanadi.
6. Bojxona koʻrigi bojxona organi mansabdor shaxsining bildirgisi asosida bojxona posti boshligʻining yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi, bundan mazkur Yoʻriqnomaning 7-bandi ikkinchi va beshinchi xatboshisi mustasno.
7. Bojxona koʻrigi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
bojxona koʻrigini oʻtkazish XBAT tomonidan buyurilganda;
bojxona organlariga boshqa huquqni muhofaza qilish organlari yoki davlat boshqaruvi organlaridan tushgan materiallar, shuningdek xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa davlat organlari va xalqaro tashkilotlardan olingan maʼlumotlar mavjud boʻlganida;
bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 188-moddasida koʻrsatilgan bojxona nazoratining boshqa shakllarini qoʻllash natijasida bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzilganlik alomatlari mavjudligi maʼlum boʻlganida;
Keyingi tahrirga qarang.
bojxona nazorati ostidagi tovarlarni bitta transport vositasidan boshqa transport vositasiga yoki ushbu transport vositasiga qayta yuklanayotganda.
8. XBATda bojxona koʻrigini amalga oshirish nazarda tutilmagan hollarda bojxona koʻrigi oʻtkazilsa, ushbu koʻrikni oʻtkazish uchun bojxona posti boshligʻining yozma ruxsati (asosini koʻrsatgan holda) XBATga kiritilishi hamda belgilangan yoʻlak oʻzgartirilishi lozim.
9. Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigini oʻtkazishda ishtirok etuvchi shaxslarning tovar va transport vositalariga nisbatan vakolatliligini tekshiradi.
2-bob. Bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkazish
10. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan barcha tovar va transport vositalari bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkaziladi.
Bojxona koʻzdan kechiruvi vakolatli shaxslar ishtirokisiz oʻtkazilishi mumkin, bundan mazkur shaxslar bojxona koʻzdan kechiruvida hozir boʻlish istagini bildirgan hollar mustasno.
11. Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkazishda zarur hollarda koʻzdan kechirilayotgan tovar va (yoki) transport vositasining ichki tarkibiy tuzilishi, oʻziga xos fizik va tarkibiy xususiyatlari haqida aniq maʼlumotga ega boʻlish maqsadida bojxona nazorati texnik vositalaridan (bundan buyon matnda texnik vositalar deb yuritiladi) foydalanilishi mumkin.
3-bob. Bojxona koʻrigidan oʻtkazish hamda tovarlardan namuna va sinamalar olish
12. Bojxona koʻrigi boshlanishidan oldin bojxona organining mansabdor shaxsi elektron yoki yozma ravishda bojxona koʻrigi oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisida deklarantga xabar beradi.
Agar bojxona koʻrigi uchun taqdim qilinayotgan tovarlar maxsus jihozlangan joylarda, bojxona omborlari yoki bojxona nazorati ostida boʻlsa, bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻrigini oʻtkazish vaqtini belgilaydi.
13. Bojxona organi mansabdor shaxslarining talabiga koʻra vakolatli shaxslar tovarlarning va transport vositalarining bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda hozir boʻlishi va ularga zarur koʻmak koʻrsatishi shart.
Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻrigini Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 195-moddasi toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan hollarda deklarant yoki vakolatli shaxslar ishtirokisiz, ikki nafar xolis hozirligida oʻtkazishga haqli.
14. Olib kiriladigan tovarlarning bojxona koʻrigi uch oy davomida bojxona koʻrigi tartib-taomili videoyozuvi saqlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparatining ulanishini taʼminlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylardagina amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlarni bojxona koʻrigidan konteyner yoki transport vositasining maxsus yuk boʻlinmasida oʻtkazishi mumkin, agar:
XBAT tomonidan tovarlarni konteyner yoki transport vositasining maxsus yuk boʻlinmasidan toʻliq tushirish orqali bojxona koʻrigidan oʻtkazish belgilangan boʻlmasa;
bunday bojxona koʻrigi tovarlarni yoʻqolishi yoki ularning holatini oʻzgarishiga olib kelmasa.
Oʻyiluvchan, toʻkiluvchan yoki quyiluvchan holda ortiladigan va tushiriladigan tovarlar maxsus jihozlangan joylarda bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi.
16. Bojxona koʻrigi boshlanish vaqti, bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlar oʻramini, transport vositalari yoki konteynerlarni, yuk joylari va yuk sigʻimlarini, tovarlar joylashtirilgan yoki joylashtiriladigan boshqa joylarini koʻzdan kechirish xatti-harakatlarini boshlagan vaqtidan hisoblanadi.
17. Bojxona koʻrigi oʻtkazayotganida bojxona organining mansabdor shaxsi quyidagilarni amalga oshiradi:
a) bojxona koʻrigidan oʻtkazilayotgan barcha nomdagi tovarlar partiyasi transport vositasidan toʻliq tushirish nazarda tutilgan boʻlsa:
tovarlarni oʻlchash;
barcha yuk oʻrinlarini ochib koʻrish va sanab chiqish;
barcha yuk oʻrinlaridagi tovarlar sonini sanab chiqish;
b) yangi xavf yoki shubha va gumon paydo boʻlgan hollarda bojxona koʻrigining hajmi oshiriladi;
v) tijorat hujjatlarida tovarlar yagona oʻlchovda (dona, juft va boshqa oʻlchovda) koʻrsatilgan va ularning umumiy ogʻirligi bojxona toʻlovi summasiga taʼsir etmagan hollarda hamda XBATda boshqa holatlar koʻrsatilmagan boʻlsa, bojxona koʻrigi davomida tovarlar oʻlchanmaydi;
g) tovarlarning sonini yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan taqqoslaydi.
18. Bojxona koʻrigi jarayoni asosli sabablarga koʻra toʻxtatilganda (tanaffus, ish vaqtini tugashi va boshqa holatlarda), bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlarni oʻzgartirilmagan holda saqlanishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shu jumladan yuk joylariga, transport vositalariga yoki tovarlar turgan binoga identifikatsiyalash vositalarini qoʻyadi.
19. Bojxona koʻrigi natijalari boʻyicha bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Bojxona koʻrigi davomida tovarlarning amaldagi soni, xususiyati va (yoki) tovarlar haqidagi maʼlumotlar, bojxona yuk deklaratsiyasi hamda yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelmasa, ushbu maʼlumotlar bojxona koʻrigi dalolatnomasida aks ettiriladi.
20. Bojxona koʻrigi natijalariga koʻra tafovut aniqlangan taqdirda, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 189-moddasiga muvofiq bojxona koʻrigidan oʻtkazilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi sobiq Prezidentining shaxsiy bagaji;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining va Qonunchilik palatasi deputatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik pasportlari egalarining shaxsiy bagaji, agar mazkur shaxslar xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda bojxona chegarasini kesib oʻtsalar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy bagaji;
Keyingi tahrirga qarang.
chet el harbiy kemalari, jangovar va harbiy-transport havo kemalari, shuningdek oʻzi yurib kelayotgan harbiy texnikasi.
22. Tovarni xususiyatlari haqidagi maʼlumotlar yetarli boʻlmagan va tovarni identifikatsiyalash imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona ekspertizasini tayinlab, tovarlardan namuna va (yoki) sinamalar oladi.
Tovarlardan namuna va (yoki) sinamalar olish Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazilayotgan tovarlarning namunalarini va nusxalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1269, 2003-yil 29-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Tovarlarni qayta, qoʻshimcha hamda tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona koʻrigidan oʻtkazish
23. Qayta bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun quyidagilardan biri asos boʻladi:
tovarlar bojxona nazorati ostida boʻlganda deklarantning asoslantirilgan yozma talabiga asosan bojxona posti boshligʻining ruxsati;
bojxona organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlardan olingan tezkor-qidiruv natijalari va maʼlumotlari. Bunda bojxona organi boshqarma boshligʻining ruxsati talab qilinadi.
Qayta bojxona koʻrigi mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda qisman yoki toʻliq oʻtkaziladi.
24. Qoʻshimcha bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun quyidagilardan biri asos boʻladi:
vakolatli shaxs koʻrikdan oʻtkazish natijalari tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin emas deb hisoblasa, tovar turkumining qolgan qismi uchun uning yozma talabiga asosan bojxona posti boshligʻining ruxsati;
bojxona koʻrigini amalga oshirish jarayonida bojxona organining mansabdor shaxsida bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi mumkinligi haqidagi asosli shubha va gumon paydo boʻlganda bojxona organi mansabdor shaxsining bildirgisiga asosan bojxona posti boshligʻining ruxsati.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Bojxona organlari tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin, basharti bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan deb taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud boʻlsa, bojxona koʻrigini amalga oshirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday maʼlumotlar bojxona organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv faoliyati natijasida bojxona maqsadlari uchun statistik maʼlumotlar, bojxona yuk deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar tahlili, shaxslarning xabarnoma va arizalari, chet el davlatlari, xalqaro tashkilotlarning tegishli organlari hamda ommaviy axborot vositalaridan olinishi mumkin.
5-bob. Bojxona koʻrigi jarayonida texnik xodimlar, xizmat itlari va texnik vositalardan foydalanish
26. Bojxona koʻrigi samaradorligini oshirish hamda tovarlar haqidagi maʼlumotlarni (ularning soni, tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari, aslliligi, maxfiy joylarning borligi) aniqlash maqsadida texnik vositalaridan foydalaniladi.
27. Bojxona organining mansabdor shaxsi texnik vositalarni qoʻllash jarayonida shaxsiy xavfsizlikka, insonlar hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhit hamda tovar va transport vositalariga zarar yetkazmaslik choralarini koʻrishi lozim.
28. Bojxona koʻrigi amalga oshirilishida yukni tushirish va ortish hamda bojxona koʻrigini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa vazifalarni amalga oshiruvchi texnik xodimlar ishtirok etishi mumkin.
29. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi taqiqlangan tovarlarni aniqlash maqsadida bojxona koʻrigi zarur hollarda xizmat itlaridan foydalangan holda oʻtkazilishi mumkin.
6-bob. Deklarant tomonidan tovarlarni koʻzdan kechiruvi
30. Deklarant bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilgunga qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida koʻzdan kechirish hamda oʻlchash, ularning namunalari va nusxalarini olish huquqiga ega.
31. Tovarlarning deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvi, deklarantning bojxona organiga yozma murojaatnomasiga asosan faqat bojxona ombori hududida amalga oshiriladi. Deklarantning yozma murojaatnomasi, bojxona organining elektron maʼlumotlar tizimida roʻyxatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Deklarant tomonidan tovarlarni koʻzdan kechiruvi bojxona yuk deklaratsiyasi berilgunga qadar oʻtkazilishi mumkin. Bunda bojxona organining mansabdor shaxsi quyidagilarni aniqlashi lozim:
koʻzdan kechirishni amalga oshirayotgan shaxsning tovarlarga nisbatan vakolatliligini;
transport vositalarini tashqi tarafdan koʻzdan kechirish orqali ziyon yetkazilmaganligini hamda bojxona identifikatsiyalash vositalarini buzilishi orqali tovarlarni yoʻqolish ehtimollari mavjudligini;
bojxona identifikatsiyalash vositalari mavjudligi hamda ularga shikast yetkazilmaganligini.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Deklarant tovarlarni oʻlchash, ulardan namuna va (yoki) sinamalar olish huquqiga ega.
34. Deklarant tomonidan tovarlardan namuna va (yoki) sinamalar olinganligi toʻgʻrisida maʼlumot bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatiladi, shuningdek olinayotgan namuna va (yoki) sinamalar uchun alohida bojxona deklaratsiyasi berilmaydi.
35. Deklarant bojxona yuk deklaratsiyasi berilgunga qadar amalga oshirgan koʻzdan kechiruvi toʻgʻrisida tovarlarga ilova qilinadigan hujjatlarga belgi qoʻyadi (deklarantning F.I.O., koʻzdan kechirgan sanasi va vaqti, aniqlangan tafovut (mavjud boʻlsa)) va imzosi bilan tasdiqlaydi.
7-bob. Bojxona koʻrigi dalolatnomasini rasmiylashtirish
36. Bojxona koʻrigi dalolatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining axborot tizimida mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq shaklda elektron tarzda rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bojxona koʻrigini oʻtkazish jarayonida bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari boʻzilganlik holatlari aniqlanganda bojxona koʻrigi dalolatnomasi A4 formatli oq qogʻozga chop etiladi hamda koʻrikda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Bojxona koʻrigi dalolatnomasining nusxasi deklarantning talabiga asosan A4 formatli oq qogʻozga chop etilib, bojxona koʻrigini amalga oshirgan bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi hamda shaxsiy muhri bilan tasdiqlangan holda beriladi.
Bojxona koʻrigi dalolatnomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
tovarlar oʻramida mavjud boʻlgan belgi namunalari, tamgʻalar, yorliqlar va boshqa tovarlarni identifikatsiyalash vositalari (mavjud boʻlsa);
bojxona koʻrigida qatnashgan yoki ishtirok etgan mutaxassislarni vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi (ular koʻrikda ishtirok etishga jalb qilinsa);
bojxona organining mansabdor shaxsidan tashqari bojxona koʻrigida qatnashgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari nusxalari.
Bojxona koʻrigi dalolatnomasiga ilova qilingan maʼlumotlar bojxona koʻrigi dalolatnomasining ajralmas qismi hisoblanadi.
38. Bojxona koʻrigi dalolatnomasi uch yil mobaynida saqlanadi. Bojxona koʻrigi dalolatnomasini saqlash muddati rasmiylashtirilgan yildan keyingi yildan hisoblanadi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
39. Tovarlarni koʻrikdan oʻtkazayotgan shaxslar uchun maʼlum boʻlgan maʼlumotlar tijorat siri hisoblanib, ushbu maʼlumotlar faqatgina belgilangan (aloqador) shaxslargagina oshkor etilishi lozim.
40. Ushbu Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 20-fevral
Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
ILOVA
ILOVA
| Bojxona koʻrigi dalolatnomasi _______________/ _________________ / ___________________-son | |||||||||
| Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi ____________________________________________ | |||||||||
| Bojxona koʻrigi oʻtkazilishiga asoslar: ______________________________________________________ | |||||||||
| | | | |
(xavf profili, boshqalar (koʻrsatilsin) | |||||
| Koʻrik boshlangan vaqt: ___________soat, ___________daqiqa, “_______”_________________20____ yil | |||||||||
| Mazkur dalolatnoma____________________________________________________ ishtirokida tuzildi. | |||||||||
| | |
(bojxona xodimi) |
| | |||||
| | |||||||||
| Bojxona koʻrigi oʻtkazildi: | |||||||||
| [ ] bojxona koʻrigi | |||||||||
| [ ] tovarlar chiqarilgandan soʻng bojxona koʻrigi | |||||||||
| [ ] qayta bojxona koʻrigi | |||||||||
| [ ] qoʻshimcha bojxona koʻrigi | |||||||||
| Yuk va (yoki) transport vositasiga ilova qilingan hujjat:________________________________________ | |||||||||
| Koʻrik oʻtkazilgan joy: ___________________________________________________________________ | |||||||||
| Bojxona identifikatsiyalash vositalari olib tashlandi:_________________________________________ | |||||||||
| Bojxona identifikatsiyalash vositalari: [ ] buzilgan [ ] buzilmagan. | |||||||||
| Tovar taqdim etildi:________________________________________________ bir yoki bir necha turdagi | |||||||||
| | |
(sonini koʻrsating) |
| | |||||
| Tovar koʻrildi __________________________________________________________________________ | |||||||||
| |
(nomini koʻrsating) | ||||||||
| Tovar toʻgʻrisidagi maʼlumot: ___________________________________________, __________________ | |||||||||
| | | |
(nomi) |
(soni) | |||||
| Taqdim qilingan hujjatlarga koʻra, brutto-vazni:_________kg. | |||||||||
| | | |
netto-vazni:_________kg. |
| | | | ||
| Koʻrik natijalariga koʻra quyidagilar aniqlandi: | |||||||||
| Tovarning umumiy brutto-vazni:_________kg., netto-vazni:_________kg. | |||||||||
| Tovarning vazni quyidagi yoʻllar bilan aniqlandi: | |||||||||
| [ ] aslida oʻlchash | |||||||||
| [ ] oʻramning (quti, qop va boshqalar) umumiy ogʻirligini aniqlash: | |||||||||
| [ ] hisob-kitob | |||||||||
| [ ] turli xilda | |||||||||
| transport vositasining davlat raqami _______________________________________________________ | |||||||||
| | | | |
(avtotransport, vagon, konteyner, aviareys) | |||||
| Koʻrikdan oʻtkazilgan tovar deklaratsiyalangan tovarga mos keladi___________________________________ | |||||||||
| | | | | | |
(ha yoki yoʻq) | |||
| Koʻrikdan oʻtkazilgan tovar deklaratsiya qilingan tovarning taʼrifiga mos kelmaydi: | |||||||||
| ______________________________________________________________________ | |||||||||
| Koʻrikda foydalanilgan bojxona nazoratining texnik vositalari | |||||||||
| [ ] rentgen qurilmasi; | |||||||||
| [ ] metall detektor (stansion, portativ) | |||||||||
| [ ] hujjatlar, valyuta va qimmatli qogʻozlarni identifikatsiyalash vositasi | |||||||||
| [ ] qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni identifikatsiyalash vositasi | |||||||||
| [ ] narkotik vositalarni masofadan aniqlash va identifikatsiyalash vositasi | |||||||||
| [ ] dozimetrik nazorat vositasi | |||||||||
| [ ] foto-_____, audio-______ videotexnika-______ va boshqa apparatlar | |||||||||
| [ ] turli asboblar yigʻimi | |||||||||
| [ ] koʻrik bojxona nazoratining texnik vositalaridan foydalanilmasdan oʻtkazildi. | |||||||||
| Namuna va (yoki) sinamalar olish amalga oshirildi:_____________________________________________ | |||||||||
| ______________________________________________________________________ | |||||||||
| ______________________________________________________________________ | |||||||||
|
(bojxona indentifikatsiyalash uchun qoʻyilgan vositalardan olingan namunalar va ularning soni) | |||||||||
| ______________________________________________________________________ | |||||||||
| Quyidagi qonunbuzarliklar aniqlandi:_______________________________________________________ | |||||||||
| Koʻrikdan soʻng quyidagi bojxona identifikatsiyalash vositalari qoʻyildi:____________________________ | |||||||||
| Koʻrik tugatilgan vaqt: ____________soat, ____________daqiqa, “_______” _______________ 20___ yil | |||||||||
| Bojxona organi xodimi___________________________________________________________________ | |||||||||
| | |
(familiyasi, ismi, sharifi va shaxsiy muhri) | |||||||
| qoʻshimcha varaqlar soni ______ | |||||||||
| Koʻrikda ishtirok etgan shaxslar: | |||||||||
| | |||||||||
| | ___________________________ | | ___________________________ | ||||||
| |
ismi, familiyasi |
|
imzo | ||||||
| | ___________________________ | | ___________________________ | ||||||
| |
ismi, familiyasi |
|
imzo | ||||||
| | ___________________________ | | ___________________________ | ||||||
| |
ismi, familiyasi |
|
imzo | ||||||
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 10/19/3154/2972-son; 13.10.2020-y., 10/20/3154-1/1380-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 25.03.2022-y., 10/22/3154-2/0239-son; 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)