18.04.2019 yildagi 328-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq hamda shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda mahallalar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartiblari borasidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan oʻquv seminarlarini oʻtkazish rejasini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 328-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) (keyingi oʻrinlarda fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) deb ataladi) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa toʻlovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga toʻlanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek, banklardan summalarni olishga ishonchnomalarni (keyingi oʻrinlarda ishonchnomalar deb ataladi) tasdiqlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) ishonchnomalarni tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanayotgan ishonchnomalarga fuqarolar yigʻinlarining nomlari qayd etilgan muhr bosiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) ishonchnomalarni tasdiqlashda quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnomaning loyihalarini tuzish va ishonchnomaga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan ishonchnomalarni tasdiqlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) ishonchnomalarni tasdiqlashda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashish, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlar taqdim etgan ishonchnoma loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib berish, ularning mazmuni tomonlarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga mos kelmaydigan ishonchnomalarni amalga oshirishni rad etishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnomalarni tasdiqlash vaqtida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur choralar koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi tegishli organlarga bu haqda xabar qilishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishonchnomalar davlat tilida rasmiylashtiriladi. Rasmiylashtirilgan ishonchnoma matni fuqarolarning talabiga binoan fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan rus tilida yoki imkoni boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, ishonchnoma murojaat qilgan shaxs tushunmaydigan yoki yaxshi bilmaydigan tilda rasmiylashtirilsa, unda ishonchnoma matni fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) yoki murojaat qilgan shaxs tanigan tarjimon tomonidan ogʻzaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga kim tomonidan tarjima qilinganligi va matn mazmuni tushuntirilganligi haqida fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan yozib qoʻyilishi, imzolanishi va muhr qoʻyilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs oʻzi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan tasdiqlanadigan ishonchnomalar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq ishonchnomalarni roʻyxatga olish kitobida (keyingi oʻrinlarda Roʻyxatga olish kitobi deb ataladi) roʻyxatga olinadi. Roʻyxatga olish kitobidagi yozuvlar qalam bilan yozilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ochiq qolgan joylarga chiziq tortib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishonchnoma alohida tartib raqam bilan roʻyxatga olinadi. Roʻyxatga olish kitobida qayd etilgan ishonchnoma raqami fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan ishonchnomaning tasdiqlovchi yozuvida koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olish kitobidagi tartib raqamlarining raqamlanishida xatolikka yoʻl qoʻyilsa, alohida maʼlumotnoma tuziladi va fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) imzosi va muhri bilan roʻyxatga olish kitobiga yelimlanib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishonchnomalarni tasdiqlash fuqarolar yigʻini joylashgan binoda amalga oshiriladi. Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra fuqarolar yigʻiniga bora olmaydigan ayrim hollarda ishonchnomalar fuqarolar yigʻini binosidan tashqarida, yaʼni mazkur jismoniy shaxs yoxud uning vakili joylashgan joyda toʻldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnomalar fuqarolar yigʻini joylashgan binodan tashqarida toʻldirilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida va ishonchnomalarni roʻyxatga olish kitobida ishonchnoma rasmiylashtirilgan joyning manzili koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) ishonchnomani rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek, vasiy va homiylarining) shaxsini aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnomani rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qiluvchi fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarning shaxsi — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishonchnoma tasdiqlab berilayotganda ishonchnoma beruvchining muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi. Ishonchnoma vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati ham tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan fuqarolarning muomala layoqati ular bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fuqarolar yigʻinining raisida (oqsoqoli) ishonchnomani tasdiqlashni soʻrab murojaat qiluvchilar ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki oʻz harakatlarini boshqara olmaydi yoxud spirtli ichimliklar yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asos boʻlsa-da (shubha toʻgʻrisida), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, ular ishonchnomani tasdiqlashni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori bor-yoʻqligini aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) ishonchnomani tasdiqlashni rad etish haqida qaror chiqaradi. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) ishonchnomani tasdiqlashda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining roziligini talab etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) ishonchnomani haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ajrimini olgan taqdirda, bu haqda ishonchnomalarni roʻyxatga olish kitobiga va ishonchnomaning fuqarolar yigʻinida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, oʻz imzosi va muhrini qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jismoniy shaxslar tomonidan taqdim qilingan yoki fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan tuziladigan ishonchnoma loyihalari qonun hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishonchnomalar fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) ishtirokida imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra ishonchnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, ishonchnomani uning topshirigʻiga koʻra oʻzi va fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda ishonchnoma tasdiqlashni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, ishonchnomani tasdiqlashni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻrmasa, shuningdek, kasalligi tufayli ishonchnomani oʻqiy olmasa, fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma tasdiqlashni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan shaxs murojaat qilsa hamda savodsiz boʻlsa, ishonchnomani tasdiqlash paytida u bilan muomala qila oladigan va ishonchnomaning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlovchi surdo tarjimon hozir boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega boʻlgan savodli fuqaro ishonchnoma tasdiqlashni soʻrab murojaat qilsa, ishonchnoma uning oʻzi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro oʻz imzosi bilan ishonchnomaning mazmunini oʻzining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) bilan yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, ishonchnomani tasdiqlashda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar ishonchnoma bilan birga tikib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon yoki surdo tarjimon ishonchnoma tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi haqida fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda ishonchnoma matnida koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishonchnomaning matni aniq va ravshan, mazmuniga taalluqli sana va muddatlar koʻrsatilgan boʻlishi shart. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili koʻrsatilgan ishonchnomalarni tasdiqlashda chet el fuqarolari qatnashayotgan boʻlsa, ularning fuqaroligi ham koʻrsatib oʻtilishi kerak.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishonchnomadagi oxirigacha toʻldirilmagan satrlar va boshqa boʻsh joylarga chiziq tortib qoʻyiladi, chet elda amal qiladigan ishonchnomalar bundan mustasno. Qoʻshimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (ishonchnomani imzolagan boshqa shaxslarning) imzosi oldidan izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) imzosidan oldin takroran izohlanishi, fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) oʻz tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga koʻra, ishonchnomaga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritishi yoki undagi aniq arifmetik xatolarnigina tuzatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra, ishonchnoma loyihasi fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishonchnomalarni tasdiqlashda mazkur Nizomga 2 yoki 3-ilovalarda keltirilgan namunalarga muvofiq tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan imzolanib, muhr bosiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tasdiqlovchi yozuvning matni kompyuter vositasida oʻchirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qoʻyilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Nizomning 16-bandi asosida izohlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi yozuvlarni amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni boʻlgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash uchun hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan, shuningdek, qalamda yozilgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip oʻtkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri boʻlmagan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faksimile imzo muhri qoʻyilgan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) quyidagi hollarda ishonchnomani tasdiqlashni rad etadi, agar:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday ishonchnomani tasdiqlash qonunga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu harakat notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil ishonchnomani tasdiqlashni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnomani tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakilashtirilganligi yaqqol koʻrinib turgan boʻlsa yoki bunga shubha tugʻdiruvchi yetarli asoslar mavjud boʻlsa, ishonchnoma tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq emas deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnomani tasdiqlash rad etilgan taqdirda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq qaror chiqaradi hamda murojaat qilgan shaxsga beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) familiyasi, ismi va otasining ismi, fuqarolar yigʻinining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnomani tasdiqlashni soʻrab murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, turar joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnomani tasdiqlashni rad etishga sabab boʻlgan holatlar (qonun hujjatlariga asoslangan holda);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) ishonchnoma tasdiqlash uchun oʻz ish joyidan tashqariga chiqqanida, manfaatdor jismoniy shaxslar uning amaldagi transport xarajatlarini qoplaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek, ishonchnoma obyekti haqidagi maʼlumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning soʻzlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek, ishonchnoma obyekti haqidagi maʼlumotlar ishonchnoma beruvchining soʻzlariga asosan yozilgan holda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun ishonchnoma beruvchi masʼuldir. Bu haqda ishonchnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishonchnoma matnida uning tuzilgan (imzolangan) joyi va sanasi, ishonch bildiruvchi va ishonchli vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi koʻrsatilib oʻtilishi kerak.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) oʻz nomiga va oʻz nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining qarindosh-urugʻlari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tugʻishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bogʻlangan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan ishonchnomalarni tasdiqlashga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda ishonchnomalar istalgan boshqa fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshidagi qoidalar buzilgan holda tasdiqlangan ishonchnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Fuqarolar yigʻinlarining raislari jismoniy shaxslarga ularning yozma arizasiga muvofiq hamda sud, prokuratura, tergov organlarining qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan talabnomalariga asosan roʻyxatga olish kitobidan koʻchirmalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari fuqarolar yigʻinining yigʻmajildlarida saqlanayotgan ishonchnomalar yoʻqolgan taqdirda, jismoniy shaxslarning yoki ularning qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra, yoʻqolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalardagi imzolar fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillariga berilgan ishonchnomalar matnida hujjatning dublikatini olish vakolati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma dublikatida tasdiqlangan va berilgan asl ishonchnomaning toʻliq matni boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ishonchnoma koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar, ishonchnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz kuchini saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Berilgan kuni koʻrsatilmagan ishonchnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanib, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga moʻljallangan, amal qilish muddati koʻrsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha oʻz kuchini saqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ishonchnoma beruvchi tomonidan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda, roʻyxatga olish kitobiga hamda fuqarolar yigʻinining raisida (oqsoqolida) saqlanayotgan ishonchnoma nusxasiga belgi qoʻyiladi. Ushbu ariza ishonchnoma nusxasiga yoki alohida yigʻmajildga tikib qoʻyiladi. Arizaning ikkinchi nusxasi ishonchli vakilni xabardor qilish uchun ishonch bildiruvchiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan ishonchnomalar tasdiqlanganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Namuna

Ishonchnomalarni roʻyxatga olish

KITOBI

Tartib raqami

Tasdiqlash sanasi

Ishonch bildiruvchining F.I.O. va yashash joyi

Ishonchnomaning qisqacha mazmuni

Hujjat olinganligi haqida imzo

1

2

3

4

5






Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Namuna

Ishonchnoma beruvchi tomonidan shaxsan imzolangan ishonchnomaning tasdiqlovchi yozuvi ‎‎

20___ yilning “____” ____________ kuni.

Ushbu ishonchnomani men, ___________________________________________________________________________

_______________________(fuqarolar yigʻinining nomi, ishonchnomani tasdiqlovchi

‎‎_____________________________________________________________________________________ tasdiqladim.

shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

Ishonchnoma fuqaro ________________________________________________________________________________‎‎

(ishonch bildiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

tomonidan mening huzurimda imzolandi.‎‎

Ishonch bildiruvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi.
‎Roʻyxatga olish kitobiga ____________ raqami bilan qayd etildi. ‎‎

‎‎______________________________________
‎(tasdiqlovchi shaxs lavozimi)

__________________
‎(imzo va muhr)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Namuna

Ishonch bildiruvchining iltimosiga koʻra boshqa shaxslar tomonidan imzolangan ishonchnomaning tasdiqlovchi yozuvi

‎‎20____ yilning “_____” _____________ kuni.

‎‎Ushbu ishonchnomani men, ___________________________________________________________________________

‎‎________________________(fuqarolar yigʻinining nomi, ishonchnomani tasdiqlovchi

‎‎_____________________________________________________________________________________ tasdiqladim.

‎‎shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎Fuqaro ______________________________________________________________________________________ning

(ishonch bildiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎________________________________________________________________________________________________(kasalligi, koʻzi ojizligi va hokazo)

‎‎tufayli uning iltimosiga koʻra va mening huzurimda ishonchnomani fuqaro __________________________________
‎________________________________________________________________________________________________

‎‎(ishonchnomani ishonch bildiruvchining iltimosiga koʻra imzolovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎imzoladi.
‎Ishonch bildiruvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi.
‎ Ishonchnomani imzolovchining shaxsi aniqlandi va muomalaga layoqatliligi tekshirildi.

‎‎Roʻyxatga olish kitobiga ________________ raqami bilan qayd etildi.

‎‎______________________________________
‎(tasdiqlovchi shaxs lavozimi)

‎‎__________________
‎(imzo va muhr)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Ishonchnomani tasdiqlashni rad etishning namunaviy matni

20__ yilning “___” _________ kuni.

‎‎Men, ____________________________________________________________________________________________

(fuqarolar yigʻinining nomi, ishonchnomani tasdiqlovchi

‎‎________________________________________________________________________________________________.

shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎Fuqaro ______________________________________________________________________________________ning

‎‎(murojaat qiluvchining manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎ishonchnomani tasdiqlash haqidagi murojaatini koʻrib chiqib, ______________________________________________
‎_________________________________________________________tufayli ishonchnomani tasdiqlashni rad etaman.

‎‎________‎‎(rad etish asoslari)

‎‎Ushbu rad etish yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

______________________________________
‎(tasdiqlovchi shaxs lavozimi)

‎__________________
‎(imzo va muhr)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/328/2967-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)