17.04.2019 yildagi 326-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.10.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish va koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish va koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 326-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik vizalarni berish hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatandoshlar — xorijga chiqqan va chet el fuqaroligini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs maqomini olgan, Vataniga maʼnaviy va madaniy nuqtai nazardan mansublikni his qilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan madaniy-gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa aloqalarni rivojlantirishga harakat qilayotgan Oʻzbekistondan chiqib ketgan shaxslar va ularning avlodlari yoki etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtai nazardan oʻzini oʻzbeklar yoki qoraqalpoqlar sifatida identifikatsiya qilgan hamda Oʻzbekiston bilan har tomonlama aloqada boʻlish xohishida boʻlgan xorijda istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatandoshning oila aʼzolari — vatandoshning turmush oʻrtogʻi, uning ota-onasi va farzandlari (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif qiluvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, unga nisbatan turmush oʻrtogʻi, toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali va yon shajara boʻyicha qarindoshlar-vatandoshlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VTD turdagi kirish vizasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan qarindoshlari tomonidan berilgan taklifnoma asosida keladigan, amal qilishi mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga cheklanmagan marta tashrif buyuradigan vatandoshlar va ularning oila aʼzolari uchun 2 yil muddatga beriladigan viza toifasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Vatandoshlarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vatandoshlarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun taklif qiluvchi oʻz xohishiga koʻra yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzilidan qatʼi nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — MvaP boʻlinmasi) yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklif qiluvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, MvaP boʻlinmasi xodimi taklif qiluvchi nomidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi elektron soʻrovnomani toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif qilinayotgan vatandoshning 1 dona 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi rasmi, xorijga chiqish milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif qiluvchining vatandosh bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar vatandosh Oʻzbekiston Respublikasiga oila aʼzolari bilan birgalikda kelish niyatida boʻlsa, ularning har birining shaxsini va qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlarining nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Taklif qiluvchi davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat bojini toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Taklif qiluvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Taklif qiluvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan davlat boji summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. MvaP boʻlinmasi tomonidan soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi elektron axborot tizimi yordamida ikki ish kuni ichida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. MvaP boʻlinmasi tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi tekshirilgandan soʻng soʻrovnoma elektron axborot tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga hamda Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar yetti ish kuni ichida vatandoshni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida elektron tizim orqali xulosa taqdim etadi hamda tasdiq kodini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganish natijalari ijobiy deb topilganda, MvaP boʻlinmasi tomonidan bir ish kuni davomida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan himoyalangan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda taklif qiluvchiga (yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida uning qonuniy vakiliga) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Taklifnoma berilgan kundan boshlab uch oy davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vatandoshlarga Oʻzbekiston Respublikasiga koʻp martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vatandoshlarning Oʻzbekiston Respublikasiga koʻp martalik kirish vizalari Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud boʻlmagan taqdirda esa -xalqaro maqomga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boʻlinmalari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vatandoshlarga koʻp martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun taklif qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga murojaat qilib quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda vizani rasmiylashtirish uchun ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e-visa.mfa.uz sayti orqali olingan elektron anketa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MvaP boʻlinmasi tomonidan berilgan taklifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif qilinayotgan vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harakatlanish hujjati va boshqalar) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish vizalari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida olinishi moʻljallangan holatlarda — aviachipta yoki bron nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Taqdim etilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari tomonidan koʻrib chiqish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Murojaat ijobiy hal etilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari tomonidan amal qilish muddati ikki yil boʻlgan koʻp martalik “VTD” turdagi kirish vizasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vizaning amal qilish muddati taklif qilinayotgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning amal qilish muddatidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Vatandoshlarni ichki ishlar organlarida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan vatandoshlar oʻz xohishlariga koʻra joylashtirish vositalarida, davolash muassasalarida yoki taklif qiluvchiga tegishli boʻlgan uy-joy maydonida MvaP boʻlinmasi tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan holda yashashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Taklif qiluvchi vatandoshni oʻziga tegishli boʻlgan uy-joy maydonida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun vatandosh Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganidan soʻng uch ish kuni davomida hududiy MvaP boʻlinmasiga murojaat qilib, quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjati, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi bilan vizasiz rejimi oʻrnatilgan MDHga aʼzo davlatlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vizasiz rejimi oʻrnatilgan MDHga aʼzo davlatlardan kelgan vatandoshlarning taklif qiluvchi bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar nusxasi olinib asli qaytarib beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) pasportini (yashash guvohnomasini) yoki ID-kartasini, shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmaganda esa notarial tartibda tasdiqlangan ariza (roziligini) taqdim etayotgan shaxsning pasportini (yashash guvohnomasini) yoki ID-kartasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, uning harakatlanish hujjatini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hujjatlarni qabul qilgan MvaP boʻlinmasi masʼul xodimi hujjatlarning haqiqiyligini tekshiradi hamda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq vatandoshni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda elektron soʻrovnomada (arizada) turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydonini berish toʻgʻrisidagi roziligi foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlanadi, zarur boʻlgan taqdirda esa mulkdor (mulkdorlar) tomonidan elektron soʻrovnomaning (arizaning) qogʻozdagi koʻchirma nusxasi imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MvaP boʻlinmasi masʼul xodimi hujjatlarni rasmiylashtirganidan keyin bir ish kuni mobaynida vatandoshni “E-mehmon” tizimida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazadi hamda taklif qiluvchiga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq QR-kod bilan himoyalangan qayd varagʻini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish muddati vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjati va viza muddatidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha yashovchi vatandoshlarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga rioya etishlari hamda oʻzi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzilda yashashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan vatandoshlar vaqtincha yashash manzillarini respublikaning boshqa hududiga oʻzgartirsa, avvalgi manzillaridan chiqib ketganlaridan soʻng uch ish kunidan, bir hudud (viloyat, shahar, tuman) ichida oʻzgartirsa keyingi ish kunidan kechikmay, hududiy MvaP boʻlinmasiga, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalariga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun bevosita yoxud taklif qiluvchi qarindoshlari orqali murojaat etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manzilida uch kundan ortiq boʻlish istagini bildirsalar, amaldagi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinmasdan, boʻlish muddatiga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun yangi manzildagi hududiy MvaP boʻlinmasiga mazkur Nizomning tegishliligi boʻyicha 17-bandida belgilangan hujjatlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun davlat boji takroran undirilmaydi hamda yangi manzildagi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish muddati avvalgi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish muddatidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasida bundan buyon qolishga qonuniy asoslari boʻlmasa, viza va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi muddatlari tugaguncha mamlakat hududidan chiqib ketishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vatandoshlar qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari, taʼlim olishlari, yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi va yashash guvohnomasini olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomani (keyingi oʻrinlarda — tasdiqnoma) olish masalasida oʻz xohishiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yoki Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentiga murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vatandoshlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish va yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi masalalari Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-sentabrdagi 593-son qarori bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vatandoshlarning “VTD” turdagi vizalari mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun berilgan tasdiqnoma yoki taʼlim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma muddatiga uzaytirilganda viza turi oʻzgarmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agar vatandosh shaxsini tasdiqlovchi hujjatni turli sabablarga koʻra almashtirsa, amal qilish muddati tugamagan eski hujjatdagi viza hamda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlik qayd varagʻi MvaP boʻlinmasi tomonidan belgilangan tartibda yangisiga oʻtkazib berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vatandoshlarning kirish vizasi va turgan joyi boʻyicha roʻyxati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etgan maʼmuriy huquqbuzarligi yoki jinoyati uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklifnoma, vizani rasmiylashtirish hamda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi vaqtida yolgʻon maʼlumot yoki qalbaki hujjat taqdim etilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash guvohnomasi rasmiylashtirilganda va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan hamda boshqa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan vatandoshlar haqida joylashtirish vositalari va davolash muassasalari maʼmuriyatlari, turar joy mulkdorlari zudlik bilan hududiy ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Taklif qiluvchi

Vatandoshni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmasiga (keyingi oʻrinlarda — MvaP boʻlinmasi) murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Taklif qiluvchi

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan davlat bojini toʻlaydi.

Murojaat qilinganda

3-bosqich

MvaP boʻlinmasi

Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi tekshirilganidan soʻng soʻrovnomani elektron axborot tizimi orqali Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga hamda Tashqi ishlar vazirligiga (vakolatli organ) yuboradi.

Ikki ish kunida

4-bosqich

Davlat xavfsizlik xizmati va Tashqi ishlar vazirligi (vakolatli organ)

Vatandoshni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi hamda tasdiq kodini yuboradi. (elektron axborot tizimi orqali)

Yetti ish kunida

5-bosqich

MvaP boʻlinmasi

QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan taklifnomani rasmiylashtiriladi hamda taklif qiluvchiga taqdim qiladi.

Bir ish kunida

6-bosqich

Taklif qiluvchi

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga kirish vizasini rasmiylashtirish uchun murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Taklifnomada koʻrsatilgan muddatlarda

7-bosqich

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari

Oʻzbekiston Respublikasiga  vatandoshni taklif qiluvchidan belgilangan namunadagi viza uchun arizasini va boshqa hujjatlarni qabul qiladi.

Murojaat qilinganda

8-bosqich

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti

Viza uchun arizasi oʻrganib chiqilganidan soʻng, agar vatandoshning Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelishiga toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar  aniqlanmasa, “VTD” kirish viza turini rasmiylashtirish va berish uchun chet eldagi konsullik muassasasiga tasdiq kodini yuboradi.

Besh ish kuni davomida

9-bosqich

Taklif qiluvchi

Vatandosh Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganidan soʻng hududiy MvaP boʻlinmasiga murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Uch ish kuni davomida

10-bosqich

MvaP boʻlinmasi

Hujjatlarni qabul qilib, ularning haqiqiyligini tekshiradi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantirib, “E-mehmon” tizimiga yuklaydi.

Hujjatlar rasmiylashtirganidan keyin “E-mehmon” tizimida vatandosh turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgilangan shakldagi QR-kod bilan himoyalangan qayd varagʻini taklif qiluvchiga beradi.

Bir ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh va uning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Taklif qiluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. JSHSHIR

2. F.I.O.

3. Tugʻilgan sanasi

4. Jinsi

5. Tugʻilgan joyi

6. Yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan manzili

7. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi

8. Seriyasi va raqami

9. Berilgan sanasi

10. Kim tomonidan berilgan

11. Telefon raqami

II. Oʻzbekiston Respublikasiga taklif etilayotgan vatandosh haqidagi maʼlumotlar:

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan sanasi

3. Fuqaroligi

4. Jinsi

5. Tugʻilgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot

6. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi

7. Seriyasi va raqami

8. Amal qilish muddati

9. Fotosurati

Yuklanganda jpeg formatida, 297x382 piksel 300 kb oshmagan hajmda

10. Vatandoshning milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati nusxasi

Yuklanganda jpeg formatida, 600 kb oshmagan hajmda

11. Qarindoshlik darajasi

12. Qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar)

Yuklanganda jpeg formatida, 600 kb oshmagan hajmda

13. Mehnat faoliyati hamda lavozimi haqidagi maʼlumotlar

14. Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganidan soʻng yashash joyi (manzili)

III. Oʻzbekiston Respublikasiga taklif etilayotgan vatandosh bilan birga kelayotgan voyaga yetmagan shaxs(lar) haqidagi maʼlumotlar:

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan sanasi

3. Jinsi

Taklif qilinayotgan vatandoshning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalariga rioya etishini (turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish, boʻlish muddatini uzaytirish, respublika hududida harakatlanish hamda belgilab berilgan boʻlish muddati tugagach, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishini) taʼminlash, shuningdek, qabul qilish qoidalari buzilganligi uchun javobgarlik toʻgʻrisida xabardorman.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisida taklifnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TAKLIFNOMA
 

QR-kod

(matrik shtrixli kod)
 

ID raqami: VTD 00000

1. Taklif qilayotgan shaxs haqidagi maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi

1.1 Manzili

2. Vatandosh haqidagi maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi

2.1. Fuqaroligi

2.2. Qaysi davlatdan taklif etilmoqda

2.3. Voyaga yetmagan farzandlari

3. Taklifnoma berilgan sana

4. Taklifnomaning amal qilish muddati

5. Tasdiq kodi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kirish vizasini rasmiylashtirish uchun vatandosh mazkur taklifnoma hamda “visa.mfa.uz” sayti orqali toʻldirilgan soʻrovnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

 

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

________________________________________________________________________________________

(ariza Konsullik-huquqiy departament yoki uning hududiy boʻlinmalari rahbari nomiga yoziladi)

(taklif qiluvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, doimiy yashash manzili va telefon raqami)

VIZANI RASMIYLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA

ARIZA

Quyidagi vatandoshga viza rasmiylashtirishda yordam berishingizni soʻrayman:

1.

Vatandoshning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning avvalgi familiyasi, ismi, otasining ismi (pasporti asosida va lotin bosma harflari bilan)

2.

Fuqaroligi (avvalgi fuqaroligi)

3.

Tugʻilgan vaqti (yil, kun, oy) va joyi (shahar va mamlakat)

4.

Jinsi

5.

Pasport turi, raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati

6.

Ish (oʻqish) joyi (tashkilotning toʻliq nomi va lavozimi)

7.

Oʻzbekistonga safar maqsadi hamda ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari tomonidan berilgan taklifnoma raqami

8.

Qarindoshlik darajasi

9.

Oʻzbekiston Respublikasida turgan vaqtda yashaydigan manzili

10.

Oʻzbekistonda yashash muddati

11.

Viza olish joyi (davlat/shahar)

Oʻzbekiston Respublikasining________dagi elchixonasi/ konsulxonasi

12.

Vatandoshni turar joy bilan taʼminlash va oʻz vaqtida ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazish majburiyati

Izoh. Taklif qiluvchi shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yoki hududiy boʻlinmalariga va taklif qilinayotgan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatdagi konsullik muassasasiga yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning taqdim etilishi vatandoshga viza rasmiylashtirishni toʻxtatishga yoki uni bekor qilishga olib keladi.

Sana

Imzo

F.I.O.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

 

Vatandosh va uning oila aʼzolarini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida

SOʻROVNOMA (ARIZA)

 

I. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinayotgan vatandosh haqida maʼlumotlar:

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan sanasi va joyi

3. Jinsi

4. Fuqaroligi

5. Harakatlanish hujjati (seriyasi va raqami)

6. Harakatlanish hujjati berilgan sana va amal qilish muddati

7. Ish / oʻqish joyi, lavozimi / oʻquv kursi

8. Oʻzbekistonga kirib kelgan sanasi

9. Qaysi davlatdan kelgan

10. Kelishdan maqsadi

11. Viza turi va raqami,

12. Viza berilgan sana va amal qilish muddati

13. Viza kim tomonidan berilgan

14. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilayotgan manzil

15. Kadastr raqami

16. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladigan muddat

II. Vatandoshni taklif qiluvchi shaxs haqida maʼlumotlar:

1. F.I.O.

2. JSHSHIR

3. Tugʻilgan sanasi

4. Telefon raqami

5. Yashash manzili

III. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinayotgan vatandoshning voyaga yetmagan farzandlari haqida maʼlumotlar:

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tugʻilgan yili va joyi

Oʻgʻli

Qizi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida qayd varagʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Manzil:

Respublika:

Viloyat:

Shahar:

Tuman:

Koʻcha:

Uy:

Xonadon:

Kadastr raqami:

1. Familiya:

2. Ismi:

3. Otasini ismi:

4. Tugʻilgan sanasi:

5. Fuqaroligi:

6. Pasport yoki harakatlanish hujjat seriyasi/raqami/berilgan sanasi/amal qilish muddati

7. Viza turi/raqami/berilgan sanasi/amal qilish muddati

8. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan muddati

9. Kelishdan maqsadi

10. Bergan organ

11. Chop etilgan sana

Qayd varagʻi unda koʻrsatilgan muddatgacha milliy pasport yoki harakatlanish hujjati bilan haqiqiydir

Qayd varagʻi oʻlchami 11 x 8,5 sm

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-oktabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2026-y., 09/26/579/1058-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 09/19/326/2965-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son; 21.10.2026-y., 09/26/579/1058-son)