Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.08.1994 29.04.1992 yildagi 211-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.08.1994
Hujjat 29.04.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA STANDARTLAR VA OʻLChOV VOSITALARI USTIDAN DAVLAT NAZORATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 29-apreldagi 211-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, davlat korxonalari, kooperativlar, aksionerlik korxonalari, qoʻshma, ijarachi, kichik korxonalar va boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan keyin matnda korxonalar), ularning idoraviy mansubliklaridan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, shuningdek, respublika hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar tomonidan standartlar* va metrologik qoidalarning, oʻlchovlar birligining oʻz vaqtida joriy qilinishini va ularga rioya qilinishini taʼminlash, shuningdek, standartlar va oʻlchov vositalarining ilmiy-texnika darajalarini tahlil qilish hamda ularni ishlab chiqishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, mehnat unumdorligini oʻstirish, mahsulotning texnika darajasini va sifatini oshirish maqsadida Fan va texnika yutuqlaridan samaraliroq foydalanishga koʻmaklashish Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazoratining bosh vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bunda va boshqa bandlarda standartlar deganda belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik shartlar va namunalar (etalonlar) ham tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalashning mintaqaviy markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dorivor vositalarning Davlat farmakopeyasi yoki texnik shartlar talablariga muvofiqligini davlat tomonidan nazorat qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavstandart”ning bosh direktori lavozimi boʻyicha bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasining standartlar va oʻlchov vositalari ustidan nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektori, uning oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasining standartlar va oʻlchov vositalari ustidan nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavstandart”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash mintaqaviy markazlarining direktorlari lavozimlari boʻyicha bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlarning standartlar va oʻlchov vositalari boʻyicha nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlarning standartlar va oʻlchov vositalari boʻyicha nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifasi topshirilgan “Oʻzdavstandart” boʻlimlarining boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, bosh mutaxassislari, mansabdor shaxslari lavozimlari boʻyicha bir vaqtning oʻzida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan nazoratning davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar davlat nazoratchisi yoki davlat tekshiruvchisi sifatida “Oʻzdavstandart” tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati organlari oʻzlariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) standartlar va metrologik qoidalarni, shuningdek, odamlarning xavfsizligi, hayoti va salomatligini muhofaza qilish, bir-biriga monandlik va bir-birini almashtira olishga nisbatan majburiy talablarni belgilovchi standartlar va metrologik qoidalarni oʻz vaqtida joriy qilishni va ularga rioya qilinishini nazorat etadilar. Tayyorlovchilarning talabnomalari boʻyicha yoki isteʼmolchilarning xabarlari boʻyicha mahsulotga nisbatan tavsiya qilingan talablarga rioya qilinishi ham nazorat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fizik kattaliklarning belgilangan birliklarining toʻgʻri qoʻllanilishini, oʻlchov vositalarining ahvolini, ularni tayyorlash, saqlash, tuzatish, tekshirish va qoʻllash sharoitlarini, eskirib qolgan oʻlchov vositalarining ishlab chiqarishdan oʻz vaqtida olib tashlanishini va ularning yangisiga almashtirilishini tekshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) standartlar va metrologik xizmatlarning idoraviy xizmatlari ishini nazorat qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mahsulotlar sifati boʻyicha inspeksiya va boshqa tashkilotlarning standartlar va metrologik qoidalarning joriy qilinishi va ularga rioya etish yuzasidan nazorat oʻrnatish boʻyicha faoliyatlariga metodik rahbarlik qilishni amalga oshiradilar hamda ushbu faoliyatni muvofiqlashtirib boradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sertifikatsiya sinovlarining toʻgʻri olib borilayotganligini nazorat qilishni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ishlab chiqarishlarni, sertifikatsiya qilingan mahsulotlarni, sifat tizimini attestatsiyadan oʻtkazish shartlariga qanday rioya qilinayotganligining inspeksiya nazoratini oʻtkazadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) oʻz bazalarida yaratilgan mahsulotlarning ayrim turlarini laboratoriyalarda sinab koʻradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati natijalarini umumlashtiradilar, ularni ishlab chiqishda fan va texnika yutuqlaridan samaraliroq foydalanishga koʻmaklashadilar, ularning oʻz vaqtida joriy qilinmaganligi, standartlar va metrologik qoidalarning buzilishi sabablarini tahlil qiladilar, standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati organlari ishining taʼsirini oshirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni oʻtkazadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) oʻlchov vositalarini davlat sinovidan, metrologik attestatsiyadan va davlat tekshiruvidan oʻtkazadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) agar standartlar, metrologiya qoidalari va texnik shartlar mahsulotlarning texnik darajasini va sifatini oshirishni taʼminlamasa yoki amaldagi qonunlarga zid boʻlsa, ularni bekor qiladilar yoki bekor qilish, amalda boʻlish muddatlarini chegaralash toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) standartlarni va texnik shartlarni tasdiqlashda va davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ularni ekspertiza qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning oʻlchov vositalarini tayyorlash, tuzatish va tekshirish boʻyicha ishlarni bajarish uchun tayyorgarliklarini tekshiradilar, agar ular tayyor boʻlsalar, ularga koʻrsatilgan ishlarni bajarish huquqni beruvchi roʻyxatga olish guvohnomalarini beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) vazirliklar, idoralar, uyushmalar va konsernlarning bosh tashkilotlarini ishlab chiqarish-texnika va madaniy-maishiy maqsadlardagi mahsulotlarning muhim turlarini davlat sinovlaridan oʻtkazish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazadilar va ushbu sinovlarni ularga biriktirib qoʻyilgan mahsulotlar boʻyicha oʻtkazish huquqini beruvchi roʻyxatga olish guvohnomalarini beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) standartlar va oʻlchov vositalarini joriy etish va ularga rioya qilishni nazorat etish jarayonida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Standartlar va oʻlchov vositalari ustidan nazoratning bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari, davlat inspektorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan standartlarni va metrologiya qoidalarini joriy etish va ularga rioya qilish masalalari yuzasidan zarur maʼlumotlar va materiallarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq tekshirishlar va ekspertizalar oʻtkazish uchun, shuningdek, aniqlangan standartlar va metrologiya qoidalarini buzishlarni bartaraf etishni nazorat qilish uchun zarur hollarda texnik vositalarni va mutaxassislarni, ularning rahbarlarining roziligi bilan jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda hech bir toʻsiqsiz korxonalarga borish, bunda ularning zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun belgilangan ish tartibi hisobga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “Oʻzdavstandart” tomonidan belgilangan tartibda mahsulotlarning standartlarga muvofiqligini tekshirish uchun ularning namunalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat sinovidan, metrologiya attestatsiyasidan oʻtmagan, tekshirilmagan yoki buzuq oʻlchov vositalarini muomalaga chiqarishni ushlab qolish va qoʻllanishni toʻxtatish, bunday vositalarni muomaladan olib qoʻyish toʻgʻrisida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ular uchun bajarish majburiy boʻlgan yozma koʻrsatma berish, zarur boʻlgan hollarda esa ularni toʻgʻridan toʻgʻrimuomaladan olib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) standartlar va metrologiya qoidalari talablariga mos kelmaydigan konstruktorlik, texnologik va loyiha hujjatlarini agar ular mahsulotlarning texnik darajasi va sifatini pasaytirishga olib keladigan boʻlsa, buyurtmachi (ishlab chiqarish)ga berishni va qoʻllanishni taqiqlab qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) standartlarga metrologiya qoidalarini buzgan holda mahsulotlar chiqarish (shu jumladan, tuzatishdan chiqarish)ni, sotishni, ortishni, saqlashni va foydalanishni, shuningdek, maishiy xizmat koʻrsatish sohasida xizmat koʻrsatishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) standartlar va metrologiya qoidalarini buzishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda hatto egallab turgan lavozimidan boʻshatishgacha javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli vazirliklar va idoralarga, hokimliklarning maʼmuriy komissiyalariga, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ular uchun bajarish majburiy boʻlgan standartlar va metrologiya qoidalarini buzishlarni va ushbu buzilishlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan standartlar buzilgan hollarda belgilangan tartibda ularga iqtisodiy sanksiyalar qoʻllanishi toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan mahsulotlarni chiqarishda standartlar muntazam buzilgan hollarda “Oʻzdavstandart” tomonidan belgilangan tartibda tayyor mahsulotni qabul qilishning alohida rejimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) ishlab chiqarish-texnika va madaniy-maishiy maqsadlardagi mahsulotlarning muhim turlarini davlat sinovidan oʻtkazuvchi bosh tashkilotlarga, agar bunda standartlar va metrologiya qoidalari bilan belgilangan sinovlar tartibiga rioya qilish taʼminlanmasa, mahsulotlarni sinovdan oʻtkazishni taqiqlash, shuningdek, ushbu sinovlar boʻyicha qabul qilingan qarorlarni bekor etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) oʻlchov vositalarini tayyorlash, tuzatish va tekshirish boʻyicha ishlarni “Oʻzdavstandart” organlarida koʻrsatilgan ishlarni bajarish huquqini beruvchi roʻyxatga olish guvohnomasini olmagan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) oʻlchov vositalarini tayyorlash va tekshirish huquqini beruvchi roʻyxatga olish guvohnomalarini bu ishlarni bajaruvchi muassasalar va tashkilotlar tomonidan standartlar va metrologiya qoidalarining buzilishiga yoʻl qoʻyilgan hollarda bekor qilish yoki roʻyxatga olish guvohnomalaridan ayrim ish turlarini chiqarib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) tekshirish qoidalarini buzgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda foydalanishda boʻlgan oʻlchov vositalari uchun yoppasiga bir yoʻla tekshirishni tayinlash va tekshirishlar oʻrtasidagi qisqartirilgan oraliqni belgilash, kamchiligi zarur darajadagi aniqlik bilan baholanmagan oʻlchov natijalaridan foydalanishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) standartlar va metrologiya qoidalari buzilganda, ushbu buzilishlar bartaraf etilgunga qadar mahsulot ishlab chiqarishni toʻxtatish toʻgʻrisida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga bajarish majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish huquqlariga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan huquqlar standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati organlarining mansabdor shaxslariga, “Oʻzdavstandart”ning bosh direktori belgilaydigan hajmlarda, beriladi. Bu bilan “r” kichik bandda nazarda tutilgan huquq faqat Oʻzbekiston Respublikasi standartlar va oʻlchov vositalari ustidan nazorat qiluvchi bosh davlat inspektoriga va uning oʻrinbosarlariga, “e” va “k” kichik bandlarda nazarda tutilgan huquqlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar standartlar va oʻlchov vositalari ustidan nazoratning bosh davlat inspektorlariga va ularning oʻrinbosarlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Standartlar va oʻlchovlar vositalari ustidan davlat nazorati organlari oʻzlariga berilgan huquqlardan foydalanishda va yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda amaldagi qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilishga va umumdavlat manfaatlariga rioya qilishga, standartlar va metrologiya qoidalariga rioya qilish va oʻlchov birliklarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalarda har qanday mahkamachilik va mahalliychilik kabi munosabatlarning payini qirqishga daʼvat etilganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganliklari uchun va oʻzlariga berilgan huquqlardan notoʻgʻri foydalanganliklari uchun qonunlar bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning harakatlari ustidan yuqori mansabdor shaxsga, agar qonun bilan shikoyat qilishning boshqa tartibi belgilanmagan boʻlsa, 10 kun muddat ichida shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat qilish shikoyat qilingan qarorning bajarilishini toʻxtata olmaydi, mazkur Nizomdagi 4-bandning “r” kichik bandida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash xollari bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning harakatidan norozi boʻlganlarning shikoyatlari zudlik bilan, lekin shikoyat tushgan kundan boshlab kechi bilan 15 kunlik muddatda koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha ravishda oʻrganishni va tekshirishni talab qiluvchi shikoyatlar esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslariga oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan sharoitlarni (belgilangan tartibda xizmat xonalari, aloqa, transport vositalari va boshqalar bilan taʼminlash) yaratib berishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati organlari oʻz ishlarini boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari, isteʼmolchilar jamiyati va boshqalar) bilan yaqindan oʻzaro hamkorlikda olib boradilar.