O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA qo‘mitasining
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA qo‘mitasining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDIGA OLIB KIRILAYoTGAN TRANSPORT VOSITALARINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 24-dekabrda 1430-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8, 20-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi hududiy davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2156, 19.11.2010-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunini 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. 1997-yil 27-martda 317-raqam bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik yo‘riqnoma, unga 1998-yil 23-iyunda 317-1 raqam va 2000-yil 25-avgustda 317-2 raqam bilan kiritilgan o‘zgartirishlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 1993-yil 14-oktabrdagi 3-raqam bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan buyrug‘ini III-bo‘limi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kun o‘tgandan so‘ng kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 24-noyabr,
9-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2004-yil 24-noyabr,
01-02/12-39-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 50-son, 504-modda)