09.04.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3149
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (11-sonli BHS) “Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 9-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3149]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (11-sonli BHS) “Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 25-fevraldagi 18-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (11-sonli BHS) “Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (11-sonli BHS) “Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq budjet tashkilotlari, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning (bundan buyon tashkilotlar deb yuritiladi) qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar — tashkilotlar tomonidan olingan qarz mablagʻlari bilan bogʻliq foiz koʻrinishidagi va boshqa xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvalifikatsiyalangan aktiv — belgilangan maqsadlarda foydalanish yoki sotish uchun muayyan davr ichida tayyorlanadigan aktiv.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar hisobini yuritish hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish Standart asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Standart xususiy kapitalga qilingan haqiqiy yoki vaqtinchalik xarajatlarga qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jalb qilingan qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlar boʻyicha foizlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) budjet ssudalari va boshqa qarzlar bilan bogʻliq foiz va penya hamda boshqa qoʻshimcha xarajatlarni hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (6-sonli BHS) “Ijara”ga (roʻyxat raqami 3142, 2019-yil 4-mart) muvofiq moliyaviy ijara bilan bogʻliq toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xorijiy valyutada jalb qilingan qarzlar boʻyicha yuzaga keladigan xorijiy valyuta kurslari oʻrtasidagi tafovut bilan bogʻliq toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aniq bir vaziyatlarga bogʻliq ravishda, belgilangan maqsadi boʻyicha foydalanish holatigacha keltirilishi muayyan vaqtni talab etadigan quyidagi aktivlar kvalifikatsiyalanadigan aktivlar boʻlib hisoblanishi mumkin (masalan, binolar, inshootlar, ishlab chiqarish asbob-uskunalari, nomoddiy aktivlar va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotish yoki sotib olish vaqtida belgilangan maqsadda foydalanish uchun tayyor boʻlgan aktivlar kvalifikatsiyalangan aktivlar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yer uchastkasi kvalifikatsiyalangan aktivga kirmaydi. Yer uchastkasida yerga ishlov berish kabi ishlar amalga oshirilsa, qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlarni yer maydoni qiymatiga qoʻshiladi. Bu xarajatlar yer maydonidan foydalanish yoki sotishdan olinadigan daromadlar bilan bogʻliq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sotib olingan yer maydonining bino va inshootlari quriladigan qismida yerga ishlov berish kabi ishlar amalga oshirilsa, qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar yer maydoni qiymatiga emas, balki quriladigan bino va inshootlarning qiymatiga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar mazkur bobning 2-paragrafiga muvofiq kapitalizatsiyalangan qismidan tashqari, ular amalga oshirilgan davrda (moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar sifatida) hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar ushbu aktivning tannarxiga olib borish yoʻli orqali kapitalizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar kvalifikatsiyalangan aktivning qiymatiga qoʻshish yoʻli bilan kapitalizatsiya qilinadi, agarda undan tashkilot kelgusida iqtisodiy manfaatlar olishi mumkin boʻlsa va agar bunda xarajatlarni ishonchli oʻlchash imkoniyati mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Kapitalizatsiyalashtirishga yoʻnaltirilgan qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan qarzlar boʻyicha xarajatlarga agar tegishli aktiv uchun xarajatlar amalga oshirilmagan taqdirda, vujudga kelmasligi mumkin boʻlgan qarzlar boʻyicha xarajatlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniq bir kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun tashkilot mablagʻlarni aynan shu maqsadda chetdan jalb qilgan hollarda, ushbu aktiv bilan bevosita bogʻliq boʻlgan qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar aniq ravishda belgilanishi (oʻrnatilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Muayyan davrda kapitalizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar amalga oshirilgan qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlardan ushbu mablagʻlar boʻyicha olingan barcha investitsiyaviy daromadlarni (ushbu mablagʻlarning vaqtinchalik investitsiya qilinishidan) chegirish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Umumiy maqsadlarda jalb qilingan va kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun foydalanilgan qarz mablagʻlari doirasida kapitalizatsiya qilish uchun ruxsat etilgan qarzlar boʻyicha xarajatlar summasi ushbu aktiv uchun amalga oshirilgan xarajatlarga nisbatan kapitalizatsiya stavkasini qoʻllash orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun maxsus olingan qarzlardan tashqari, davr mobaynida tashkilotning qoplanmay qolgan qarzlariga nisbatan hisoblangan qarzlar boʻyicha xarajatlarning oʻrtacha tortilgan miqdori kapitalizatsiya stavkasi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Muayyan davr mobaynida kapitalizatsiya qilingan qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar summasi ushbu davr mobaynida amalga oshirilgan qarzlar boʻyicha xarajatlar summasidan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kvalifikatsiyalangan aktivning balans qiymati yoki yakuniy tannarxi uning joriy qiymatidan yoki sotish qiymatidan oshib ketsa, uning balans qiymati buxgalteriya hisobi boʻyicha qonun hujjatlari talablariga muvofiq qisman yoki toʻliq hisobdan chiqariladi. Bunda, ayrim holatlarda kvalifikatsiyalangan aktiv qiymatining ilgari amalga oshirilgan qisman hisobdan chiqarilgan miqdori buxgalteriya hisobi boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq qayta tiklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlarni kapitalizatsiyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tashkilotlar kvalifikatsiyalangan aktiv tannarxining bir qismi sifatida qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlarni quyidagi shartlar bajarilgan sanadan eʼtiboran kapitalizatsiyalashtirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktiv boʻyicha xarajatlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktivni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yoki sotishga tayyorlash boʻyicha faoliyatning boshlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kvalifikatsiyalangan aktivlarga qilinadigan xarajatlar pullik toʻlovlarda, boshqa aktivlarni oʻtkazishda yoki foiz majburiyatlarini qabul qilishda yuzaga keladigan xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ilgari kapitalizatsiya qilingan qarzlar boʻyicha xarajatlarni oʻz ichiga olgan davr davomidagi aktivning oʻrtacha balans qiymati ushbu davrda kapitalizatsiya stavkasi qoʻllaniladigan xarajatlarning asoslangan qiymatiga teng boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Aktivni belgilangan maqsadlarda ishlatishga yoki sotishga tayyorlash uchun zarur boʻlgan faoliyat aktivning yaratishini oʻz ichiga oladi. Aktivni yaratishni boshlashdan oldin amalga oshiriladigan texnik va maʼmuriy ishlar ham kiradi (masalan, qurilishni boshlash uchun zarur boʻlgan ruxsatni olish bilan bogʻliq faoliyat). Bunday faoliyatga aktivga egalik qilish taalluqli emas, agarda bunda uning holatini oʻzgartiruvchi ishlab chiqarish yoki modifikatsiya boʻlmasa (masalan, qurilish uchun yerni tayyorlash ishlari amalga oshirilgan davrda qarzlar boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlar ushbu ishlarni amalga oshirish davri davomida kapitalizatsiya qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusida qurilish uchun sotib olingan yer, unda hech qanday tayyorlash ishlari olib borilmasdan egalik qilib turilgan davrdagi qarzlar boʻyicha xarajatlar kapitalizatsiya qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlarni kapitalizatsiyalashtirishni toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlarni kapitalizatsiyalashtirish aktivni ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddatga uzilish boʻlgan davrda toʻxtatiladi va u xarajatlar sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tashkilotlar tomonidan belgilangan maqsadda ishlatish yoki sotishga moʻljallangan aktivni ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddatga uzilish boʻlgan davrda ham xarajatlar amalga oshirilishi mumkin (masalan, qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish, tugallanmagan qurilishlarni saqlash xarajatlari). Tashkilotlar tomonidan sezilarli texnik va maʼmuriy xarajatlar amalga oshirilganda qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlarni kapitalizatsiyalash toʻxtatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vaqtinchalik toʻxtatib turish aktivni belgilangan maqsadda ishlatishga yoki sotishga tayyorlash jarayonining bir qismi boʻlib hisoblanganda ham qarzlar boʻyicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilish toʻxtatilmaydi (masalan, zaxiralarni yetarli darajada yigʻish davrida yoki suvning yuqori darajada boʻlishi koʻprik qurilishini kechiktirganda, agar ushbu geografik hudud uchun qurishni belgilangan davri davomida suvning bunday yuqori darajada boʻlishi odatiy hol boʻlsa, qarzlar boʻyicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilish davom ettiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tashkilotlar kvalifikatsiyalangan aktivni belgilangan maqsadlarda foydalanish yoki sotishga tayyorlash uchun muhim ishlarning barchasi yakunlangandan soʻng qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlarni kapitalizatsiyalashni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kunlik maʼmuriy ishlar davom etayotgan boʻlib, aktivni yaratish tugatilgan boʻlsa, obyekt belgilangan maqsadda ishlatishga yoki sotishga tayyor deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agarda kvalifikatsiyalangan aktivni qurish qismlar boʻyicha tugatilganda va har bir qismni qurilish davomida ishlatish mumkin boʻlsa, tashkilotlar aktivning ushbu qismini belgilangan maqsadda ishlatishga yoki sotishga tayyorlash uchun zarur boʻlgan barcha ishlarni tugatganda, qarzlar boʻyicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni tugatishi shart (masalan, har biri alohida ishlatishga yaroqli boʻlgan bir necha binolardan iborat boʻlgan biznes-markaz kvalifikatsiyalangan aktiv hisoblanadi va undagi har bir qism boshqa qismlarni qurish hali davom etayotgan paytda ishlatilishi mumkin boʻladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qismlaridan har biri alohida ishlatilishi mumkin boʻlishidan oldin toʻliq tugatilishi lozim boʻlgan kvalifikatsiyalangan aktivga shifoxona binosi misol boʻladi, yaʼni shifoxona binosining operatsion boʻlimi qurilish toʻliq tugatilgunga qadar ishlatib boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Axborotni ochib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tashkilotlar moliyaviy hisobotlarida quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) muayyan davrda moliyalashtirilgan qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) moliyalashtiriladigan qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlarning hajmini aniqlash uchun foydalanilgan kapitalizatsiya stavkasi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2019-y., 10/19/3149/2907-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)