Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
buyrugʻi
Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomning 42-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2921-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 4-iyuldagi 3-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2921, 2017-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 935-modda) bilan tasdiqlangan Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomning 42-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Sport unvoni va sport razryadlarini berish toʻgʻrisidagi taqdimnomalar har oyda malaka komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Malaka komissiyasi majlislari uning raisi tomonidan chaqiriladi.
Malaka komissiyasining navbatdan tashqari majlislari zarurat boʻlgan taqdirda uning raisi tomonidan chaqirilishi mumkin.”.
2. Mazkur buyruq Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. NABIYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-mart,
4-son
Kelishilgan:
Mudofaa vaziri B. QURBONOV
2019-yil 28-mart
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2019-yil 28-mart
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2019-yil 28-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2921-2/2893-son)