Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2658-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2022-yil 28-yanvardagi 47-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2658-4, 03.02.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2015-yil 2-fevraldagi 72-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2658, 2015-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 106-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-mart,
212-son
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2019-yil 13-martdagi 212-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 20-banddagi “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tinch va harbiy davrda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 11-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻqish, ish yoki xizmatni oʻtash joyidan (agar oʻqiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni oʻtayotgan boʻlsa) tavsifnoma hamda maʼlumotnoma;”.
3. 39-banddagi “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tinch va harbiy davrda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2658-2/2904-son)