O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining
Qarori
“Yangidan tashkil etilgan ish o‘rinlari bo‘yicha tezkor ma’lumotlar va davlat statistika hisobotlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida o‘rganish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2474-1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining 2013-yil 1-maydagi 26, 3q-2013-son “Yangidan tashkil etilgan ish o‘rinlari bo‘yicha tezkor ma’lumotlar va davlat statistika hisobotlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida o‘rganish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2474, 2013-yil 27-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 26-son, 345-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
13-2019-q/q-son
Davlat statistika qo‘mitasi raisi B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
2-mb-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2474-1/2902-son)