11.02.2019 yildagi PQ-4172-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida “Har bir oila — tadbirkor” Dasturini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi ““Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida” PQ-3777-sonli Qaroriga muvofiq aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi sifati va darajasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlarni taʼminlashga qaratilgan “Har bir oila — tadbirkor” dasturini Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida amalga oshirishni yanada kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sirdaryo viloyatida “Har bir oila — tadbirkor” dasturining amalga oshirilishini moliyalashtirish maqsadlariga qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi AT Oʻzsanoatqurilishbankka 50 mln. AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablagʻlarni milliy valyutada yillik 5 foiz stavkada, 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dastur amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, tizimli monitoring qilish va roʻyobga chiqarilishiga koʻmaklashish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari A.R. Karimov, Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari B.Sh. Usmonov, Markaziy bank raisining oʻrinbosari A.R. Islamovlar — Dastur koordinatorlariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. AT Oʻzsanoatqurilishbank (A. Voitov) ushbu kredit mablagʻlarini Dastur koordinatorlari taqsimotiga asosan Sirdaryo viloyatida faoliyat yurituvchi tijorat banklariga milliy valyutada yillik 5 foiz stavkada, 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatda qaytarish sharti bilan qayta moliyalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur koordinatorlari zimmasiga Sirdaryo viloyatining tumanlari (shaharlari) salohiyati, shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltirilganligi hamda haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda Sirdaryo viloyatidagi tijorat banklari va tumanlar (shaharlar) kesimida taqsimlasin hamda ularga zarur hollarda qayta taqsimlash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur mablagʻlar hisobidan kreditlar tadbirkorlik bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yillik 8 foiz stavkada 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu Dastur doirasida tijorat banklari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam ish haqining yuz ellik baravarigacha miqdoridagi mikrokreditlar — daromad olishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) shartnoma asosida kelishilgan narxda yetkazib berilgandan (xizmatlar koʻrsatilgandan) va jismoniy shaxs — loyiha egasi undan qoniqish hosil qilganidan soʻng ajratiladi va mablagʻlar mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat koʻrsatuvchi)ning hisobraqamiga oʻtkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam ish haqining ming baravarigacha miqdordagi kreditlar — ustuvor ravishda imtiyozli kreditlarga muhtoj kichik tadbirkorlik subyektlarining yangi ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan va zamonaviy mini texnologiyalar asosida ishlab chiqarish hamda xizmatlar koʻrsatishga doir loyihalariga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam ish haqining ming baravaridan ortiq miqdorda kreditlar — viloyatning tuman va shaharlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega, samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan kichik tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga Dastur koordinatorlarining xulosalari asosida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli kreditlar tuman va shaharlarda tashkil etilgan Hududiy ishchi guruhlarning oilalarni xohish va istaklarini, ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlari mavjudligini chuqur oʻrganib, har bir oilaning taklif etayotgan loyihalariga kredit ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalari asosida ajratilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlarning samaradorligini va oʻz muddatlarida qaytarilishini taʼminlashga viloyat Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi va Hududiy ishchi guruhlar masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ.Gʻ. Mirzayev) tuman va shahar hokimliklari, viloyat Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi va Hududiy ishchi guruhlar bilan birgalikda viloyatning tuman va shaharlarida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga maqbul narxlarda mini texnologiyalar, asbob-uskunalar, chorva mollari (nasldor qoramol, qoʻy, echki), parranda, baliq, asalari uyasi, chorva ozuqasi hamda boshqa zarur xom ashyo va materiallar yetkazilishini, ixcham issiqxonalar qurib berilishini va boshqa xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan sektor rahbarlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari oʻzlari rahbarlik qilayotgan hududlarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi taʼminlanishida va kreditlarning belgilangan muddatda qaytarilishida masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin va bu borada tijorat banklariga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori Sh.A. Vafoyev va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 11-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4172-son