1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-sentabrdagi 505-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-apreldagi 302-son qarorining ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalarining shaxsiy tarkibini ovqatlantirishni tashkil etish tizimini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-apreldagi 302-son qarorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisiga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlarining zarur boʻlgan zaxiralarini saqlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini taʼminlash uchun autsorserlarga haqiqiy xarid narxlarida transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda, yangilash tartibida realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkibning uzluksiz ovqatlanishini (jumladan, doimiy joylashuv punktida, dala sharoitida, tabiiy va boshqa xarakterdagi favqulodda holatlar yuzaga kelganda, shuningdek, boshqa holatlarda) tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shtatida tegishli lavozimlarni saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda va boshqa vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibini ovqatlanishini tashkil etish uchun muqobil shtat lavozimlarini nazarda tutish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati boʻlinmalari va organlari shtatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkibni issiq ovqat taʼminotiga kiritgan holda, uning ovqatlanishini tashkil etadigan autsorserlar tomonidan savdo ustamasining yuqori — 20 foiz darajasiga rioya qilish sharti bilan ular uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining toifalangan harbiy obyektlari hududida shaxsiy tarkibni issiq ovqat taʼminotiga kiritmagan holda, shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil qiladigan tadbirkorlik subyektlariga oshxona uchun bino va uskunalarni taqdim etish, shuningdek, ularning kommunal toʻlovlar boʻyicha xarajatlarini toʻlab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xavfsizlik xizmatining shaxsiy tarkib ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish tizimiga oʻtadigan organlari va boʻlinmalarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorserlar tanlovini oʻtkazishni, bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta tajribaga, yetarli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega, oʻz tashabbusi bilan oshxonalar sharoitini yaxshilashga tayyor boʻlgan talabgorlarga ustunlik berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining organlari va boʻlinmalariga belgilangan tartibda shartnomalar tuzish uchun autsorserlarni tanlash boʻyicha bayonnoma qarorlarini oʻz vaqtida taqdim etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorserlarga oziq-ovqat mahsulotlarini fermer xoʻjaliklaridan va boshqa ulgurji savdo vakillaridan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotib olishda har tomonlama koʻmaklashishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Autsorserlar tanlovini sifatli oʻtkazish boʻyicha javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasiga har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati buyurtmanomalariga muvofiq asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavotlar va boshqa oziq ovqat mahsulotlari turlarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari ehtiyojini hisobga olsin va ularni autsorserlarga issiq ovqat taʼminotida boʻlgan shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun realizatsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri D.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-apreldagi 282-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda Xizmat organlari va boʻlinmalari deb ataladi) shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing — Xizmat organlari va boʻlinmalari tomonidan shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish xizmatlarini koʻrsatish funksiyalarini shartnoma asosida autsorserga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorser — Xizmat organlari va boʻlinmalariga shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha shartnoma asosida autsorsing xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkib — oʻrnatilgan tartibda issiq ovqat taʼminotiga kiritilgan harbiy xizmatchilar va pensionerlar hamda ularning oila aʼzolari (bolalaridan tashqari), shu jumladan statsionar harbiy-shifoxona muassasalarida davolanayotganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xizmat organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibini oziq-ovqat taʼminoti oziq-ovqat yoʻnalishi tomonidan autsorsing shartlarida tashqi umumiy ovqatlanish korxonalarini jalb etish orqali taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Autsorserlarni jalb etish orqali Xizmat organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun pul mablagʻlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va talab qilish rejalashtirilgan yilda ovqatlanuvchilar soni, meʼyorlar va oziq-ovqat mahsulotlari narxidan kelib chiqqan holda tuziladigan hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Talabgorlarni tanlash, narxlarni shakllantirish va shartnomalarni tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Autsorserlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan talabgorlarni oʻrganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tanlab olinadi. Bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega, oshxonalarning holatini yaxshilashga tayyor boʻlgan talabgorlarga ustunlik beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Autsorserlarni tanlab olish natijalari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan Xizmat organlari va boʻlinmalari bilan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan namunaviy shakl boʻyicha belgilangan tartibda shartnoma tuzish uchun bir kun muddatda Xizmat organlari va boʻlinmalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Autsorserlarni jalb etgan holda, shaxsiy tarkibning statsionar va dala sharoitlarida ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha shartnomalar bir kalendar yil uchun tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha hisob-kitoblar shartnoma shartlariga muvofiq amalda koʻrsatilgan xizmatlar va taomnoma boʻyicha tayyorlangan taomlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli oy uchun umumiy summaning 15 foizi miqdoridagi oldindan toʻlov boshlangan oyning dastlabki 10 bank kuni davomida xizmatlar koʻrsatish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Summaning qolgan qismi amalda koʻrsatilgan xizmatlar asosida shartnoma shartlariga koʻra toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shartnoma summasi tuziladigan shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan umumqoʻshin payogining hisob-kitobiga asosan aniqlanadi va unda umumiy ovqatlanuvchilar soni, oziq-ovqat payoklarining normasi, bir ovqatlanuvchi uchun oziq-ovqat narxi va umumiy qiymat oylarga boʻlingan holda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi oʻrtacha koʻrsatkichlari tegishli hududda yuzaga kelgan narxlar darajasini har oy oʻrganish orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsulotlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bayonnomalarida belgilangan narxlari ular tasdiqlangandan keyingi kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agar oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi bozor narxlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bayonnoma qarorida belgilangan narxlardan baland boʻlsa, Xizmatning organi yoki boʻlinmasi rahbari autsorser bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun tegishli hududdagi amaldagi narxlarni oʻrganib chiqish dalolatnomasi ilova qilingan takliflarni belgilangan tartibda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bayonnoma qarorlarning toʻgʻri tuzilishi uchun javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xizmat shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etishda autsorserlarga davlat strategik zaxirasidan olingan oziq-ovqat mahsulotlarini hamda Xizmat organlari va boʻlinmalarining yordamchi xoʻjaliklarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash asosida berishga yoki realizatsiya qilishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Autsorserlarga beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda amalda sotib olingan narx asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Autsorser har oyning 5-sanasiga qadar Xizmat organiga (boʻlimiga) oʻtgan oyda amalda koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisob-fakturani oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun taqdim etadi. Koʻrsatilgan xizmatlar narxi oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi xarid narxidan kelib chiqqan holda (boʻlinmalar joylashgan joydagi oʻrtacha bozor narxidan yuqori boʻlmagan darajada) va autsorserning barcha xarajatlarini, shu jumladan xodimlar ish haqi, soliqlar, transport xarajatlari va boshqalarni oʻz ichiga olgan 20 foizgacha ustama haqi hisobga olingan ravishda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xizmat organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun autsorserlarni tanlash va autsorser hamda Xizmat organi (boʻlinmasi) oʻrtasidagi hisob-kitoblar mazkur Nizomga 2- va 3-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ovqatlanish rejimi va uni rejalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shaxsiy tarkibning ovqatlanish rejimini ishlab chiqish autsorserlar bilan kelishilgan holda Xizmat organi va boʻlinmasi boshligʻiga, uning tegishli oʻrinbosariga, Xizmat organi va boʻlinmasi tibbiyot va oziq-ovqat yoʻnalishlari boshliqlariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Taomlar tarqatilishidan oldin Xizmat organi va boʻlinmasi vrachi (feldsher) organ va boʻlinma navbatchisi bilan birgalikda taomlar sifatini tatib koʻrish orqali tekshiradilar, shuningdek, oshxona xonalari, oshxona idish-tovoqlari, inventarlarning sanitar holatini nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ovqatlanishni tashkil etishni nazorat qilish va oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xizmat organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini, belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarining har bir harbiy xizmatchiga toʻliq berilishini nazorat qilish, tayyorlangan taomlar sifatini baholash uchun boʻlinma va organ rahbari yoki uning koʻrsatmasiga binoan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan har kuni tayyor taomlar (ertalabki nonushta, tushlik, kechki nonushtadan oldin) tatib koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat organlari va boʻlinmalari masʼul mansabdor shaxslar orqali tayyorlangan taomlar sifati, porsiyalar miqdorini tekshirishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xizmat organlari va boʻlinmalariga keltiriladigan barcha oziq-ovqat mahsulotlari sifatli boʻlishi shart. Mahsulotlar sifati muvofiqlik sertifikatiga va davlat standartlari tomonidan oʻrnatilgan koʻrsatkich va texnik shartlarga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz (sertifikatlar va maʼlumotlar), shuningdek, davlat standartlari talablariga va texnik shartlarga javob bermagan oziq-ovqat mahsulotlarni qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Keltirilgan har bir partiya oziq-ovqat mahsulotlariga ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xizmat organ va boʻlinmalariga keltiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari Xizmat organ va boʻlinmalarining mansabdor shaxslari, tibbiyot va oziq-ovqat yoʻnalishlari komissiyalari tomonidan autsorser vakili ishtirokida nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Organoleptik koʻrsatkichlariga koʻra sifatsizligi aniqlangan mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli laboratoriyalariga, shuningdek, ichki idoraviy laboratoriyalarga tahlil uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat omboriga keltirilgan mahsulotlarning sifati haqiqatdan ham hujjatlarda koʻrsatilgan standart talablariga, texnik shartlarga, markirovkaga mos kelmasa, Xizmat organi va boʻlinma rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan bu haqida dalolatnoma tuziladi. Autsorser zudlik bilan sifatsiz mahsulotni almashtirish boʻyicha choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda Xizmat organi va boʻlinma rahbari sifatsiz mahsulot keltirilganligi va shartnoma shartlari buzilganligi haqida yozma ravishda autsorserni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oshxona ishini (faoliyatini) tashkil etish va sanitariya normalariga rioya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oshpazlar va oshxonaning boshqa ishchilariga ular sanitariya-gigiyena minimumidan sinov topshirib tibbiy koʻrikdan oʻtganlaridan soʻng oshxonada ishlashga ruxsat beriladi. Keyinchalik ular maʼlum oʻrnatilgan muddatlarda tibbiy koʻrikdan oʻtadilar va koʻrik natijalari shaxsiy sanitariya kitobchasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xizmatning tegishli organlari va boʻlinmalari tomonidan maxsus tekshiruv tadbirlaridan oʻtkazilgan autsorserlarga Xizmatning yopiq obyektlarida faoliyat koʻrsatishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xizmatning yopiq obyektlarida faoliyat koʻrsatuvchi autsorserlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ravishda Xizmat organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish faoliyati davrida maʼlum boʻlgan oshkor qilib boʻlmaydigan va maxfiy maʼlumotlarni tarqatmasligi uchun toʻliq javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Oziq-ovqat yoʻnalishidagi obyekt va moddiy-texnika vositalardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oziq-ovqat yoʻnalishidagi obyektlar va oshxonaga foydalanishga berilgan moddiy-texnik vositalar Xizmat organlari va boʻlinmalari komissiyasi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, autsorserga (nol stavka bilan) vaqtincha foydalanishga beriladi. Ushbu dalolatnoma organ va boʻlinma komissiyasi va autsorser tomonidan imzolanib, Xizmat organi va boʻlinmasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xizmat organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun foydalanishga vaqtincha topshirilgan moddiy-texnik vositalarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini autsorser amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Autsorsyerga vaqtincha foydalanishga topshirilgan moddiy-texnik vositalar ekspluatatsiya qilishning oʻrnatilgan muddatidan oldin yaroqsiz holga kelsa, autsorser hisobidan tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan autsorserlarga yopiq obyektlarda joylashgan umumiy ovqatlanish muassasalarida Xizmatning shaxsiy tarkibi uchun xalq isteʼmol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish boʻyicha savdo shaxobchalari yuritishga ruxsat beriladi. Bu faoliyat uchun qoʻshimcha ruxsat beruvchi hujjatlar talab etilmaydi. Mahsulot narxiga 20 foizgacha ustama haqi oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Nizomda belgilangan talablarning buzilishi tuzilgan shartnomani belgilangan tartibda Xizmat organi va boʻlinmasi yoki autsorser tashabbusi bilan bekor qilish uchun asos boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizomda belgilangan talablarni buzgan shaxslar qonun hujjatlariga asosan javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
________-harbiy qism harbiy xizmatchilarining autsorsing shartlari asosida ovqatlanishini tashkil etish uchun NAMUNAVIY ShARTNOMA
__________ shahri
20___ yil “____” ________
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi _______-harbiy qism komandiri ___________________ (keyingi oʻrinlarda Buyurtmachi deb ataladi)
(F.I.O.)
bir tomondan va ____________________nomidan Ustav (ishonchnoma) asosida faoliyat yurituvchi
(tashkilot nomi)
direktor _______________________________ (keyingi oʻrinlarda Autsorser deb ataladi), ikkinchi
(F.I.O.)
tomondan, keyinchalik Tomonlar deb ataladi, ushbu Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar.
I. Shartnoma predmeti
1.1. Pulli xizmat koʻrsatish Shartnomasiga koʻra, Autsorser Buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan xizmatlarni koʻrsatish, Buyurtmachi esa ushbu xizmatlar uchun pul toʻlash majburiyatini oladi. 1.2. Autsorser mazkur shartnomaning 1.3-bandida koʻrsatilgan muddatdan boshlab, u tugaguniga qadar har kuni _______-harbiy qism shaxsiy tarkibini oziq-ovqat payoklarining belgilangan normalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga rioya etgan holda, Buyurtmachi bilan kelishilgan taomnomaga muvofiq uch mahal issiq ovqat bilan taʼminlash majburiyatini, keyingi oʻrinlarda Xizmatlar deb ataladi, oʻz zimmasiga oladi. 1.3. Xizmat koʻrsatish muddati: 20 ___ yil “____” _____________dan. 20 ___ yil “____” _____________gacha. 1.3.1. Tomonlar bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va Autsorser tomonidan amalda koʻrsatilgan Xizmatlar uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisob-faktura imzolanib Buyurtmachi Autsorserning mazkur Shartnomada koʻrsatilgan bank hisob-raqamiga pul mablagʻlari oʻtkazgandan soʻng Xizmatlar koʻrsatilgan deb hisoblanadi.
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. Autsorser quyidagilarga majbur: 2.1.1. Taomni va tayyor mahsulotni sifatli tayyorlash boʻyicha sanitariya qoidalari, gigiyena normalari, harbiy xizmatchilarning tegishli toifalari uchun taʼminot normalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarning taom tayyorlash va ovqatlanishni tashkil etishga taalluqli qismlaridagi talablarga toʻliq mos keladigan Xizmatlarni koʻrsatishi. 2.1.2. Shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etishda tegishli sifat sertifikatlari bilan tasdiqlangan sifatli oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishi. 2.1.3. Davlat strategik zaxirasini yangilashi, shu�ingdek, Buyurtmachining boʻlinmalarida yetishtirilgan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda xarid qilishi. 2.1.4. Xizmatlarni sifatli, mazkur Shartnomaning 1.3-bandida koʻrsatilgan muddatda va toʻliq hajmda koʻrsatishi. 2.1.5. Xizmatlar koʻrsatish jarayonida Autsorser mazkur shartnoma shartlariga amal qilmasdan, ovqat sifatining yomonlashuviga olib kelgan barcha kamchiliklarni Buyurtmachining talabi boʻyicha bir kun davomida bepul toʻgʻrilashi. Taomning (oziq-ovqat mahsulotlarining) sifatsizligi, taom tayyorlash va isteʼmol qilish joylarining holati, shuningdek, oshxona idishlarining sanitariya qoidalariga javob bermasligi aniqlanganda, Autsorser zudlik bilan Buyurtmachining aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qonuniy talabini bajarishi. 2.1.6. Malakali, tajribali, quyilgan vazifani (xizmatni, ishni) amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli hujjatlari mavjud boʻlgan, shuningdek, belgilangan tartibda va muddatda tibbiy tekshiruvdan (koʻrikdan) oʻtgan xodimlarga Buyurtmachi bilan kelishgan holda taom tayyorlash jarayoniga ruxsat etishi. 2.1.7. Xodimlar zimmasiga Buyurtmachining hududida odob-axloq qoidalariga, shuningdek, ichki tartibga rioya qilish majburiyatini yuklashi. 2.1.8. Xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni shaxsan bajarishi, mazkur Shartnoma shartlarini bajarishni uchinchi shaxsga topshirmasligi. 2.1.9. Mazkur Shartnoma shartlarini bajarish doirasida Buyurtmachi tomonidan vaqtincha foydalanishga topshirilgan uskunalar, jihozlar, idishlar, asboblar, mebellar, inventarlar va boshqalar moddiy vositalarni soz holda saqlashi, taʼmirlashi, shuningdek, binolarni taʼmirlashi. 2.1.10. Tomonlar imzolaydigan tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda, Buyurtmachidan binolarni (oshxona, omborxona va boshqalar), uskunalarni, jihozlarni, idishlarni, asboblarni, mebellarni, inventarlar va boshqalar moddiy vositalarni qabul qilib olishi. 2.1.11. Mazkur Shartnomani bekor qilish haqida Buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi, ushbu muddat tugaguniga qadar esa Buyurtmachi shaxsiy tarkibining ovqatlanishini uzluksiz tashkil etishni taʼminlashi. 2.1.12. Mazkur shartnomaga asosan Xizmat koʻrsatish ishlariga jalb etilgan oshpazlarni va boshqa xodimlarni oʻqitishni (malakasini oshirishni) amalga oshirishi. 2.2. Buyurtmachi quyidagilarga majbur: 2.2.1. Bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida koʻrsatilgan xizmatlar uchun amaldagi narxlar boʻyicha bir oyda kamida bir marta Xizmatlar haqini toʻlashi. 2.2.2. Autsorserga mazkur Shartnoma shartlarini bajarish doirasida binolarni (oshxona, omborxona va boshqalar), uskunalarni, jihozlarni, idishlarni, asboblarni, mebellarni, inventarlar va boshqalar moddiy vositalarni vaqtincha foydalanishga berishi. 2.3. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega: 2.3.1. Autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda, bajarilayotgan Xizmatlarning yuritilishi va sifatini istalgan vaqtda tekshirish. 2.3.2. Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida 10 kun oldin Autsorserni yozma ravishda ogohlantirish, bunda koʻrsatilgan xizmatlarning qiymatini belgilangan tartibda toʻlash.
III. Xizmatlar narxi va oʻzaro hisob-kitoblar tartibi
3.1. Mazkur shartnomaga 1-ilovaga muvofiq xizmatlar_______________________________ narxi
(summa son va soʻz bilan)
soʻmni tashkil etadi. 3.2. Autsorser tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻzaro hisob-kitoblar bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida koʻrsatilgan xizmatlarning amaldagi qiymati boʻyicha bir oyda kamida bir marta amalga oshiriladi. 3.2.1. Ovqatlanadigan bir kishi uchun koʻrsatiladigan xizmatlarning amaldagi narxi oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxi va tasdiqlangan tegishli normalar boʻyicha Buyurtmachi tomonidan belgilanadi va shaxsiy tarkib soniga koʻpaytiriladi. Hosil boʻlgan yakuniy summa 20 foiz ustama haqi miqdoriga koʻpaytiriladi. 3.2.2. Ovqatlanuvchilarning amaldagi soni haqidagi maʼlumotlar va ovqatlanadigan bir kishiga koʻrsatiladigan xizmatlarning amaldagi narxi asosida Buyurtmachi kundalik taomnomaga (oziq-ovqat mahsulotlarining taqsimotiga) muvofiq Autsorser bilan birgalikda har oʻn kunda, toʻlanishi lozim boʻlgan summasi koʻrsatilgan, Autsorser va Buyurtmachi tomonidan imzolanadigan bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi tuziladi va hisob-faktura rasmiylashtiradi. 3.2.3. Buyurtmachi tomonidan amalda koʻrsatilgan xizmatlar narxi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi va hisob-faktura olingan vaqtdan boshlab, 10 bank kuni davomida Shartnomada belgilangan summadan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlanadi. 3.2.4. Mazkur Shartnomaga 2-ilovada koʻrsatilgan, Shartnomaning prognoz summasini hisoblash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari Tomonlardan birining tashabbusi bilan odatda bir oyda kamida bir marta qayta koʻrib chiqiladi.
IV. Tomonlarning majburiyatlari
4.1. Autsorser shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmagan hollarda, Buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5 foiz miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi koʻrsatilmagan xizmatlar oylik narxning 50 foizidan oshmasligi kerak. 4.2. Penya (jarima) toʻlash Tomonlarning zimmasidagi majburiyatlarini bajarishdan yoki buzilishlarni bartaraf qilishdan ozod etmaydi. 4.3. Mazkur Shartnoma shartlarining bajarilmasligi yoki tegishli darajada bajarilmasligi uchun Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi talablarida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan javobgar boʻladilar. 4.4. Tomonlarning Mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qoʻllaniladi.
V. Munozarali vaziyatlarni hal etish tartibi
5.1. Mazkur Shartnomani bajarishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar va kelishmovchiliklar imkon qadar Tomonlar oʻrtasida muzokara oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi. 5.2. Nizolar va kelishmovchiliklarni Tomonlar oʻrtasida muzokara oʻtkazish yoʻli bilan hal etib boʻlmaydigan holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan kelishmovchiliklarni suddan oldin bartaraf qilish tartib-taomili amalga oshirilgandan soʻng ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun beriladi.
VI. Fors-major holatlar
6.1. Tomonlar majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun, agar bunday holatlar yengib boʻlmas kuch, yaʼni tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar va alohida davr oqibati hisoblansa va davlatning tegishli organlari tomonidan tasdiqlansa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati mutanosib ravishda ushbu hodisalar roʻy bergan muddatga suriladi.
VII. Yakunlovchi qoidalar
7.1. Ushbu Shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar faqat ular yozma shaklda rasmiylashtirilib, Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Mazkur Shartnomaning barcha ilovalari uning ajralmas qismini tashkil etadi. 7.2. Tomonlarning hech biri mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa Tomonning yozma shakldagi roziligisiz biror bir uchinchi tomonga berib yuborishi mumkin emas. 7.3. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan. Ikkala nusxa aynan bir xil boʻlib, bir xil yuridik kuchga ega. Tomonlarning har birida mazkur Shartnomaning bir nusxasi boʻladi.
VIII. Shartnomaning amal qilish muddati
8.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan kuchga kiradi va bir kalendar yili davomida yoki muddatidan oldin bekor qilinguniga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20__ yil “____” _________ dagi ______ -son Shartnomaga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShARTNOMANING PROGNOZ SUMMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(soʻm)
Oylar
Oydagi kunlar soni
1-norma
“Umumqoʻshin payogi”
Bayram kunlarida umumqoʻshin payogiga qoʻshimcha beriladigan payok
Boshqa turdagi qoʻshimcha beriladigan payok
Jami
umumiy summa
odam soni (sutodach)
payok
qiymati
umumiy summa
odam soni (sutodach)
payok
qiymati
umumiy summa
odam soni (sutodach)
payok
qiymati
umumiy summa
yanvar
31
fevral
28/29
mart
31
aprel
30
may
31
iyun
30
iyul
31
avgust
31
sentyabr
30
oktyabr
31
noyabr
30
dekabr
31
Shartnomaning jami summasi
365/366
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20__ yil “____”_______ dagi ______-son Shartnomaga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozordagi oʻrtacha amaldagi narxlar boʻyicha 1-umumqoʻshin payogi qiymatining hisob-kitobi (hokimlik bayonnomasiga muvofiq)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(soʻm)
t/r
Oziq-ovqat mahsulotlarining nomi
Oʻlchov birligi
Norma boʻyicha bir sutkada 1 kishiga
1 kg narxi
Umumiy summa
1.
1-nav bugʻdoy unidan tayyorlangan non
gr.
2.
2-nav bugʻdoy uni
gr.
2.
Turli yorma (krupa)
gr.
3.
Dukkakli oʻsimlik mahsulotlari
gr.
4.
Guruch
gr.
5.
Makaron mahsulotlari
gr.
6.
Goʻsht
gr.
7.
Baliq
gr.
8.
Oʻsimlik yogʻi
gr.
9.
Sigir yogʻi
gr.
10.
Hayvon yogʻi
gr.
11.
Tovuq tuxumi (1 haftalik soni)
dona
12.
Sut
gr.
13.
Shakar
gr.
14.
Osh tuzi
gr.
15.
Choy
gr.
16.
Dafna bargi
gr.
17.
Qalampir
gr.
18.
Xantal kukuni
gr.
19.
Sirka (uksus)
gr.
20.
Tomat pastasi
gr.
21.
Sabzavotlar, shu jumladan:
gr.
- kartoshka
gr.
- karam
gr.
- lavlagi
gr.
- sabzi
gr.
- piyoz
gr.
- bodring, pomidor, koʻkat va sarimsoq piyoz
gr.
- qovoq, turp, sholgʻom
gr.
22.
Mevalar
gr.
23.
Meva-sabzavotlardan tayyorlangan sharbat
gr.
24.
Tarkibida vitamin boʻlgan dorilar, draje
dona
25.
Dorivor oʻsimliklardan tayyorlangan aralashma (konsentrat)
gr.
Payokning yakuniy summasi:
20% ustama:
20% ustama bilan payokning yakuniy summasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozordagi oʻrtacha amaldagi narxlar boʻyicha bayram kunlarida umumqoʻshin payogiga (1-norma) qoʻshimcha payok qiymatining hisob-kitobi (hokimlik bayonnomasiga muvofiq)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(soʻmda)
t/r
Oziq-ovqat mahsulotlarining nomi
Oʻlchov birligi
Norma boʻyicha
bir sutkada 1 kishiga
1 kg narxi
Umumiy summa
1.
1-toifa mol goʻshti
gr.
2.
Pechenye
gr.
3.
Asal
gr.
Payokning yakuniy summasi:
20% ustama:
20% ustama bilan payokning yakuniy summasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozordagi oʻrtacha amaldagi narxlar boʻyicha umumqoʻshin payogiga qoʻshimcha payok qiymatining hisob-kitobi (hokimlik bayonnomasiga muvofiq)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat organlari va boʻlinmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun autsorserlarni tanlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Autsorser va Xizmat organi (boʻlinmasi) oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2019-y., 09/19/282/2894-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)