1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini oshirish, fuqarolarimizni oʻz hayotidan rozi boʻlib, ertangi kunga qatʼiy ishonch bilan munosib hayot kechirishini taʼminlash boʻyicha oldimizga qoʻygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng muhim boʻgʻini hisoblangan mahalla institutining oʻrni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla jamiyatda tinchlik-totuvlik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsliligini taʼminlash, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, fuqarolar yigʻinlarining uyma-uy yurib aholi muammolarini aniqlab, ogʻirini yengil qilish borasida davlat idoralari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (keyingi oʻrinlarda Xalq qabulxonalari deb yuritiladi) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda — sektorlar) bilan hamkorligini kuchaytirish, moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash hamda soha xodimlari mehnatini munosib baholash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallaning jamiyat boshqaruvidagi oʻrni va faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar yigʻinlari ishini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish, sohaga malakali, boy hayotiy tajribaga ega va fidoyi kadrlarni jalb etish maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Murojaatlar bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” prinsipi asosida hamkorlik tizimi joriy qilinib, quyidagilar mazkur tizimning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni oʻrganish orqali muammolarni aniqlash va hamkorlikda bartaraf etish choralarini koʻrish, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda jamoatchilik nazoratining natijalari, aniqlangan muammolar toʻgʻrisida umumlashgan maʼlumotlar, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning hisobotini eshitish boʻyicha takliflarni xalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan muammolarni umumlashtirish hamda hal etish maqsadida elektron axborot almashish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish va ularning ijrosini taʼminlashda tizimli hamkorlikni oʻrnatish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi), Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻini huzuridagi jamoatchilik komissiyalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida jamoatchilik asosida fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari — ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha maslahatchi hamda fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari — tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga koʻmaklashish va obodonlashtirish ishlari boʻyicha maslahatchi lavozimlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini saqlashda keksa avlod vakillari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning nafaqadagi xodimlarining boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida “Keksalar maslahati” guruhlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinlari raislari har chorakda oʻz mahallasi hududidagi dolzarb muammolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga taqdim etib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng dolzarb muammolar sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalari tomonidan tegishli dasturlarda inobatga olish uchun tavsiya etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinlari raislari muntazam ravishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududga biriktirilgan masʼul xodimlari, sektor shtabi aʼzolari, yoʻl qurilish, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya, kommunal va ijtimoiy soha vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari natijasi yuzasidan yozma ravishda sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga maʼlumot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq qabulxonalari tomonidan fuqarolar yigʻinlari raislarining maʼlumotlarida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar, shuningdek ularning yuqori turuvchi tashkilotlariga mansabdor shaxslari va xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritish masalasi koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, 2019-yil 1-iyundan boshlab fuqarolar yigʻinlari xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashlari raislarining birinchi oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika kengashi hamda Moliya vazirligining fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblari oylik ish haqi fondini joriy yilda bosqichma-bosqich 1,5 baravarga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda ushbu xodimlarning oylik ish haqi joriy yil 1-maydan 1,25 baravarga va 1-oktabrdan 1,2 baravarga oshirilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblari lavozimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan mehnatga haq toʻlash fondi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika kengashi quyidagilarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oliy sud bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik, fuqarolar yigʻini qarorini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik hamda fuqarolar yigʻini raisi faoliyatining kafolatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinlari organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish hamda eskirgan mexanizmlarni bartaraf etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinlari organlarida “zamonaviy menejment” tizimini joriy etish hamda ularning faoliyat yoʻnalishlari, vazifalari va javobgarlik doirasini aniq belgilashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinlarining mutasaddi davlat organlariga murojaatlarini koʻrib chiqish tartib-taomillarini mustahkamlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻini raisining ijtimoiy himoyasi, ular faoliyatining kafolatlari va farqlash belgisini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish hamda kadrlarni mahalla boshqaruvi jarayoniga maqsadli qayta tayyorlash boʻyicha amaldagi oʻqitish tizimiga oid muammolarni oʻrganish asosida uni yanada takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolar yigʻinlari, ularning xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaxslar faoliyatini reyting asosida baholash mezonlari hamda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ragʻbatlantirish tartibini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Respublika kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda fuqarolar yigʻinlari tomonidan foydalanib kelinayotgan davlat mulki boʻlgan binolarni biriktirilgan yer maydonlari bilan birgalikda xatlovdan oʻtkazib, ularning belgilangan tartibda fuqarolar yigʻinlariga mulk huquqi bilan berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda tasdiqlangan grafik asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari va fuqarolar yigʻinlari binolarini namunaviy loyihalar asosida qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash holati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublika kengashi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) kengashlari hamda fuqarolar yigʻinlari xodimlarini ularning vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklash, shuningdek fuqarolar yigʻinlari balansida boʻlgan binolarni boshqa shaxslarga biriktirish yoki asossiz ravishda olib qoʻyish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablarni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla” teleradiokanalini fuqarolar yigʻinlari faoliyatini yoritish masalalari boʻyicha Respublika kengashining bosh axborot hamkori etib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Xalqaro press-klub, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat va hamjihatlik, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrash, oilalarni mustahkamlash hamda ijtimoiy-maʼnaviy jarayonlarda mahallaning ishtiroki, mahallalardagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tok-shoular, ijtimoiy roliklar, maxsus koʻrsatuvlar, maqolalar, chiqishlar va eshittirishlar tashkil qilish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Respublika kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan fuqarolar yigʻinlarining yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻi milliy segment maʼlumotlarini uzatish tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinlarini Internet tarmogʻining milliy segment maʼlumotlarini uzatish tarmogʻidan foydalanish uchun imtiyozli tarifni tasdiqlash boʻyicha taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda “Elektron hukumat” tizimi doirasida “Mahalla” elektron maʼlumotlar bazasini ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Respublika kengashi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 2-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5700-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi PF-5700-son Farmoniga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblari lavozimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan mehnatga haq toʻlash fondi tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Nomlanishi
Izoh
1.
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra lavozim maoshlariga koeffitsiyent qoʻllanilishi
Xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi
Mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdorida tashkil qilinadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2019-yil 1-maydan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** 2019-yil 1-oktabrdan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Fuqarolar yigʻinlari xodimlari faoliyatini reyting baholash mezonlari asosida ragʻbatlantirish tartibi joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi 147-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisi 2019-yil 1-maydan boshlab fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblari lavozimlariga tatbiq etilmaydi.