Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 91-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 2-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1291-9]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3389, 28.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 22-sentabrdagi 23/3-son qarori (roʻyxat raqami 1291, 2003-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son) bilan tasdiqlangan Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 91-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bank yoki moliya sohasida ikki yildan kam boʻlmagan ish tajribasi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-mart,
5/19-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1291-9/2869-son)