Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 2-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2691-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi boʻyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-son “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 789-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2015-yil 10-iyundagi 15-mh va 30-son qarori (roʻyxat raqami 2691, 2015-yil 30-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 346-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-mart,
5-mh-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-mart,
73-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 5 va 11-bandlardagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 10-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 12-banddagi “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 14-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 17-banddagi “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 18-bandning ikkinchi xatboshisi “5 — 9-sinflar uchun 10 soatni” degan soʻzlardan keyin “, 10-11-sinflar uchun 12 soatni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. 28-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2019-yil 18-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)