Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qayta nashr qilish boʻyicha komissiya toʻgʻrisida”gi 1069-III/KQ-231-III-sonli Qoʻshma qaroriga oʻzgartish kiritish haqida
Aholining huquqiy bilimi va madaniyatini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining norma va qoidalarini mamlakatimiz fuqarolari tomonidan chuqur oʻrganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qayta nashr qilish boʻyicha komissiya toʻgʻrisida”gi 1069-III/KQ-231-III-sonli Qoʻshma qarorining 4-bandidagi “faqat Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ushbu Qoʻshma qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. Otamuratov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S. Artikova zimmalariga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-avgust,
1895-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-avgust,
KQ-391-III-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 04/19/1895-III/KQ-391-III/2827-son)