Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standarti (80-son AFMS) “Maxsus savolni tekshirish natijalari boʻyicha auditor hisoboti”ning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1220-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 43-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3316, 30.07.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 27-yanvardagi 13-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1220, 2003-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 4-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standarti (80-son AFMS) “Maxsus savolni tekshirish natijalari boʻyicha auditor hisoboti”ning 6-bandi “j” kichik bandidan “, shuningdek auditorlik tashkilotining muhri (muhr boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-fevral,
26-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1220-2/2813-son)