Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standarti (90-son AFMS) “Auditorlik tashkilotlarining kasbga doir xizmatlari”ning 15-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1017-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 43-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3316, 30.07.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2001-yil 14-fevraldagi 19-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1017, 2001-yil 10-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 5-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standarti (90-son AFMS) “Auditorlik tashkilotlarining kasbga doir xizmatlari”ning 15-bandidan “va muhr bilan tasdiqlanadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-fevral,
27-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1017-1/2818-son)