20.03.2019 yildagi PQ-4246-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻdorchilik tarmogʻi va issiqxona xoʻjaliklarida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intensiv meva-sabzavotchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaliklarini barqaror rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarini qoʻllagan holda intensiv meva-sabzavotchilik, xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklari maydonlarini kengaytirish, shuningdek, bozor konyunkturasi tahlilini hisobga olgan holda, intensiv usulda yetishtiriladigan meva-sabzavot, uzum mahsulotlari turlarini koʻpaytirish choralarini koʻrish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaligida ilmiy yutuqlar, ilgʻor ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalardan keng foydalanishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzumning xoʻraki va kishmishbop navlari plantatsiyalarini kengaytirish, uzumchilik korxonalarini kompleks modernizatsiyalashga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda bogʻdorchilik xoʻjaliklari, xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklariga xalqaro sertifikatlash standartlarini joriy etishda koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotchilik, uzumchilik mahsulotlarini saqlash, saralash, qayta ishlash va eksportini tashkil etish, shuningdek, ushbu sohalarda “daladan rastagacha” tamoyili asosida qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratuvchi meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) faoliyatini rivojlantirish;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar konyunkturasi boʻyicha chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish yoʻli bilan raqobatbardosh mahsulot yetishtirish, uni sotishni tashkil qilish, eksport salohiyatini oshirish maqsadida sohaga mahalliy va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan meva va uzum navlarini joylashtirish va yetishtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intensiv meva-sabzavotchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaliklari sohasida mutaxassislarni oʻqitish, ularning malakasini oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va joriy etish masalalari boʻyicha mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, xorijiy tashkilotlar va tarmoqning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklari maydonlarining hamda uzum plantatsiyalarining elektron reyestrini yuritish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agentlik direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Agentlik direktorining oʻrinbosari Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Agentlik qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin va uni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi” davlat unitar korxonasining ochiq savdolarida sotilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning boshlangʻich bahosidan oshgan summaning 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablagʻlari) va grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intensiv meva-sabzavotchilik xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklarini barqaror rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirish;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻlarda xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalarida va issiqxonalarda irrigatsiya tadbirlarini oʻtkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlari, quduqlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sigʻimlar xarid qilish;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi PQ-4549-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 07/19/4549/4143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar (loyiha ofislari)ning hamda “Agroservis operator” DUKning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jamoa shartnomasiga muvofiq xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish, ustamalar toʻlash;
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intensiv meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohalariga xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, shuningdek, Agentlik xodimlari, bogʻbonlar va issiqxona xoʻjaliklari egalarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
(6-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻoriladigan yerlar hisobidan bogʻdorchilik, uzumchilik va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi xulosasiga asosan amalga oshiriladi;
(7-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish asosidagi suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy qilgan yangi tashkil etiladigan bogʻlar xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarma va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga quyidagilar uchun subsidiya ajratish orqali amalga oshiriladi:
(7-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida koʻrsatilgan suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda.
(7-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maydoni 35 gektardan ziyod bogʻlarda suv chiqarish uchun burgʻulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 35 gektar uchun 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda;
(7-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2020-y., 07/20/4709/0577-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻraki va kishmishbop uzum tokzorlarida irrigatsiya tadbirlarini oʻtkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos stansiyalarini qurish, suv saqlash uchun sigʻimlar sotib olishga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda;
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalarining oʻzaro kelishuvi asosida suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqni, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan har 35 gektar maydonga 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratilishi belgilansin.
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2020-y., 07/20/4709/0577-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan sarf-xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019-yil 1-avgustga qadar mavjud mevali bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini har bir fermer xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi korxonasi kesimida yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini aniqlash nuqtai nazaridan xatlovdan oʻtkazsin va iqtisodiy samarador yangi bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini barpo etish boʻyicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2019-yil 1-sentabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga tavsiyalar berib borish maqsadida mevali koʻchatlarning yuqori hosilli navlarini tanlab olish va ularni yetishtirishning hududiy chegaralarini aniqlash nuqtai nazaridan tabiiy-qishloq xoʻjaligi boʻyicha rayonlashtirishni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi, yer uchastkasi, bogʻlarning holati, navlar, barpo qilingan vaqti va boshqa koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan bogʻ plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklarining yagona elektron reyestrini shakllantirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 2020-yil 1-yanvarga qadar muddatda oʻzlashtirilmagan yerlarda yer osti suv resurslarining mavjudligi va ularning qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqliligiga alohida eʼtibor qaratib, mavjud yer osti suv resurslarining miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda yer osti suvlari xaritalarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mavjud mevali bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini xatlovdan oʻtkazish yakunlaridan soʻng ikki oy muddatda eksportbop sifatli meva mahsulotlari hajmini kengaytirish maqsadida hududlar kesimida yangi intensiv bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklari barpo etish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda mevali daraxt va butalarning urugʻlik materiallari va koʻchatlarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar faoliyatini tartibga solish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-oktabrga qadar oʻz veb-saytida hududlar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar kesimida yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining navlari, turlari va prognoz koʻrsatkichlari, pishish vaqti toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni olish imkonini beruvchi axborot platformasini ishga tushirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda respublikadagi bogʻdorchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarda “ishlab chiqarish — tayyorlash — saqlash — qayta ishlash — qadoqlash (tara) — tashish — ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish” tamoyili asosida zanjir shakllantirishni nazarda tutuvchi meva savdo-logistika markazlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda strategik importyor davlatlar hududida ulgurji taqsimlash markazlari qoshida savdo korxonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi nizomlarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agentlikni uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning 2019-yilda ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi xarajatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻ ajratsin hamda 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka 4 ta avtotransport vositasi, shu jumladan 2 ta shaxsiy biriktirilgan avtotransport vositasini saqlash uchun limit belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan uning maʼmuriy binosini taʼmirlash hamda moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun zarur uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olishga mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 6-uy manzili boʻyicha joylashgan binoning bir qismini Agentlikning operativ boshqaruviga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan va keng polosali Internet tarmogʻiga ulanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.J. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayevga — Agentlik faoliyatini tashkil etish boʻyicha masalalarni, tashkiliy-texnik, moliyaviy, huquqiy va boshqa tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, mavjud mevali bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini xatlovdan oʻtkazishni samarali muvofiqlashtirish yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariga — bogʻlar, uzumzorlar va issiqxona xoʻjaliklari tashkil etish uchun yer uchastkalari oʻz vaqtida ajratilishi, shuningdek, mavjud mevali bogʻlar, xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklarini xatlovdan oʻtkazishni sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4246-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 07/19/4246/2800-son; 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son; 12.12.2019-y., 07/19/4549/4143-son; 12.05.2020-y., 07/20/4709/0577-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 02.10.2024-y., 07/24/344/0765-son)