12.03.2019 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatida tog‘, tog‘ yonbag‘irlari va cho‘l hududlaridagi samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan unumli foydalanish, yaylovzorlar, pista, bodom plantatsiyalarini barpo etish va o‘rmonzorlarni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligining Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmonzorlar barpo etish, o‘rmon fondini har tomonlama kengaytirish va muhofaza qilish, o‘rmon boyliklaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan yer maydonlarida pista, bodom va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish hamda ko‘chatxonalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmonlarni tiklash, ihota o‘rmonzorlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari hamda cho‘l hududlarida eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmonlarni yong‘indan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesishdan va o‘rmon to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining boshqacha tarzda buzilishidan muhofaza va nazorat qilish.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qashqadaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo davlat o‘rmon xo‘jaligining Chiroqchi tumani, Yettitom qo‘rg‘oni, 1-uy manzilida joylashgan binosi operativ boshqarish huquqi bilan Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligiga ajratib berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy o‘rmonzorlar maydonlari, dorivor o‘simliklar zaxirasi mavjud maydonlar va tuman hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlari pista va bodom plantatsiyalarini barpo qilish hamda dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan o‘rmon xo‘jaliklariga ajratib berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiroqchi tumani hududidagi yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilib, tabiiy o‘rmonzorlar va samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan 28525 gektar maydon doimiy foydalanish huquqi bilan yangi tashkil etilayotgan Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligiga belgilangan tartibda ajratib berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda yangi tashkil etilayotgan Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligining ustavi va shtat jadvali tasdiqlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda pistachilik sohasini yanada rivojlantirish, pistaning mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitlariga mos serhosil va yuqori sifatli navlarini ko‘paytirish hamda kelajakda yangi istiqbolli navlarini yaratish maqsadida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Pistachilikni rivojlantirish ilmiy-tajriba xo‘jaligi faoliyatini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatini moliyalashtirish 2019-yilda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga, keyingi yildan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qashqadaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaliklari yer maydonlarida 2019-2020-yillarda pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda plantatsiyalarini barpo etish hajmlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, Toshkent davlat agrar universiteti, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda yetishtirishga ixtisoslashgan plantatsiyalarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-aprelga qadar Qashqadaryo viloyatidagi o‘rmon xo‘jaliklari mutaxassislari ishtirokida pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda yetishtirish yuzasidan o‘quv seminarlari o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi viloyatda mavjud tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxirasini o‘rganishga va yo‘qolib ketish arafasida turgan o‘simliklar zaxirasini muhofaza qilishga, monitoringini olib borishga hamda ularning tabiiy ko‘payish shart-sharoitlarining ilmiy asoslarini tadqiq etishga yo‘naltirilgan davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida bajariladigan ilmiy loyihalarni ikki oy muddatda Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov va Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Ro‘ziyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/213/2760-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)