Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarpi bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-mart,
210-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 210-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvidagi rezervidagi xizmatni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 17-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli” soʻzlari “harbiy xizmatga, shu jumladan cheklanishlar bilan yaroqli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
2-bandning birinchi xatboshidagi “muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli boʻlgan” soʻzlari “harbiy xizmatga, shu jumladan cheklanishlar bilan yaroqli boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “urush davrida” soʻzlaridan keyin “harbiy xizmatga” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-oktabrdagi 265-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish boʻyicha chaqiruv komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomning 23-bandi toʻrtinchi xatboshida “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-martdagi 95-son” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ–4076-son” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida harbiy-tibbiyot fakultetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 10-iyuldagi 203-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 28-son, 318-modda):
a) 2-banddagi oʻzgartirish faqat rus tilidagi matnga tegishli;
b) 2-ilovada:
2-banddagi oʻzgartirish faqat rus tilidagi matnga tegishli;
19-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishga yaroqlilik (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarda tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari, oliy harbiy taʼlim muassasasi huzuridagi harbiy-tibbiy komissiyaning yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish asosida aniqlanadi)”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomning 31-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nomzodlar tibbiy koʻrikdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga (keyingi oʻrinlarda Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom deb ataladi) muvofiq vazirliklar va idoralarning maxsus tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 210-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-fevraldagi 95-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 4-son, 35-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 359-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 74-modda) ilovaning 10-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2009-yil 9-apreldagi 103-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 15-son, 187-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda) 1-ilovaning 27-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 23-avgustdagi 233-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 61-modda) ilovaning 14-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 27-iyundagi 171-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 51-modda) ilovaning 16-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-458-son va “Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi OʻRQ-471-son qonunlari)” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 9-son, 230-modda) ilovaning 11-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son; 07.03.2020-y., 07/20/4630/0266-son; 23.01.2021-y., 09/21/36/0063-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son)