Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2456-4]
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 175-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456, 2013-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-mart,
50-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 4-martdagi 50-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 89-band “giyohvandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “, ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 1-ilovaning 5-bandi “giyohvandlik vositalari,” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Bosh prokuror O. MURODOV
2019-yil 3-mart,
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2019-yil 3-mart,
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
2019-yil 3-mart,
Oliy sud raisi K. KAMILOV
2019-yil 3-mart,
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2456-4/2743-son)