O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligining
buyrug‘i
Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3127-1]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022-yil 14-iyuldagi 32-sonli “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3380, 15.08.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 21-yanvardagi 16-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3127, 2019-yil 22-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 10/19/3127/2525-son) bilan tasdiqlangan Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 10-bandining yettinchi xatboshisidan “va yuridik shaxsning muhri bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor D. LI
Toshkent sh.,
2019-yil 18-fevral,
41-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2019-y., 10/19/3127-1/2657-son)