22.02.2019 yildagi PF-5667-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatda davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarini demokratlashtirishga, innovatsion texnologiyalarni joriy etishga, inson salohiyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratishga, aholining farovonlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday bir sharoitda muayyan sohadagi vaziyatni sifat jihatidan oʻzgartirish hamda ilgʻor xorijiy va mahalliy nazariy-metodologik vositalardan foydalanish asosida uni rivojlantirish vazifalarini davom ettirish xususida sotsiologik soʻrovlar oʻtkazishning sifat jihatidan yangi va zamonaviy tadqiqot amaliyotini shakllantirish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro amaliyot va mamlakatimiz tajribasi sotsiologik tadqiqotlarni ijtimoiy sheriklik prinsiplari asosida oʻtkazish jarayonida nohukumat tashkilotlarning salohiyatidan yanada kengroq foydalanish va shu maqsadlarda davlat buyurtmasini sifatli bajarish, aholini mazkur jarayonga faolroq jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish zarurligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik fikrining tizimli monitoringini taʼminlash hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida uning natijalaridan foydalanish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi muassislari yigʻilishining uni “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (keyingi oʻrinlarda “Ijtimoiy fikr” markazi deb yuritiladi) etib qayta nomlash taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar “Ijtimoiy fikr” markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida, davlat va jamiyat qurilishida — demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlament, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolini yanada kuchaytirishga, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-huquq sohasida — qonun ustuvorligini taʼminlashga va inson huquqlarini ishonchli himoya qilishga yoʻnaltirilgan islohotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotda — uning raqobatbardoshligini oshirishga, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, liberallashtirish va diversifikatsiya qilishga, davlatning iqtisodiy jarayonlarda ishtirokini kamaytirish boʻyicha institutsional va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish sifatini aniqlash va oʻrganishga, xususiy mulkchilik huquqlarini ishonchli himoya qilishga yoʻnaltirilgan islohotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sohada — aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga, uning bandligini taʼminlashga, real daromadlarini oshirishga va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirishga, taʼlim, sogʻliqni saqlash, turizm, madaniyat, sanʼat, sport, ilm-fan va boshqa yoʻnalishlarning sifatini oshirishga, davlatning yoshlarga oid siyosatini va arzon uy-joylar qurish dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini bajarishga yoʻnaltirilgan islohotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik, shuningdek, tashqi siyosat sohalarida — mamlakat mudofaa qobiliyatini, fuqarolar oʻrtasida va dinlararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlashga, tashqi siyosat sohasidagi faoliyat samaradorligini yanada oshirishga yoʻnaltirilgan islohotlar toʻgʻrisidagi jamoatchilik fikrini oʻrganish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqarolar dunyoqarashini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlarini, ularning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy, huquqiy ongi holati va mazmunini belgilash, aholining siyosiy, huquqiy madaniyati darajasini oʻrganish va ularni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning holati va dinamikasi toʻgʻrisida, aholining ijtimoiy fikri haqida ishonchli axborotni tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xorijiy tadqiqotchilik amaliyotida faol foydalaniladigan va zamonaviy axborot yondashuvlariga tayanadigan sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etish texnikasi va texnologiyalarini ishlab chiqish, moslashtirish, tatbiq etish va ularning keng usullarini qoʻllash, jamoatchilik fikrini oʻrganish metodologik asoslarini tahlil qilish va takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Ijtimoiy fikr” markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan Taʼsischilar kengashi tomonidan har yili maʼqullanadigan sotsiologik tadqiqotlar rejasiga muvofiq sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish tartibini saqlab qolgan holda “Ijtimoiy fikr” markazining rahbar va ilmiy xodimlariga budjet mablagʻlari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlar ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlari va shartlarini, Markazning boshqa xodimlariga esa Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga idoraviy mansub muassasalar uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlarini tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy fikr” markazini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan taʼminlash tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga har yili “Ijtimoiy fikr” markazining buyurtmanomalariga koʻra markazning asosiy vazifalarini amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni koʻzda tutish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan oʻtkazilgan sotsiologik soʻrov natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida muntazam muhokama qilish va ular boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish amaliyotga joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan oʻtkazilgan sotsiologik soʻrov natijalari ommaviy axborot vositalari, markaziy davlat telekanallari, bosma nashrlar va Markazning veb-saytida doimiy yoritib borilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ijtimoiy fikr” markazi bilan birgalikda ikki hafta muddatda sotsiologik soʻrovlar yakunlarini yoritish maqsadida “Oʻzbekiston 24” telekanalida doimiy faoliyat yuritadigan “Ijtimoiy fikr” (“Obshestvennoye mneniye”) maxsus rukni tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2019-2020-yillarda “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazini uskunalar, texnika va boshqa vositalar bilan jihozlash dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Ijtimoiy fikr” markazining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra uning moddiy-texnik bazasini yaxshilash uchun zarur boʻlgan uskunalar, texnika va boshqa vositalarni, shuningdek, ushbu Dasturda keltirilgan xorijiy ilmiy va maxsus adabiyotlarni xarid qilishga mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy fikr” markazini zarur aloqa vositalari, jumladan hukumat aloqasi bilan, Internetga keng polosali ulanishini taʼminlasin hamda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda video anjumanlar, internet-forumlar va telekoʻpriklarni oʻtkazishda zarur texnik yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy fikr” markaziga telefon va Internet tarmogʻi orqali ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va mamlakatimiz hayotining boshqa yoʻnalishlariga doir dolzarb joriy masalalar yuzasidan aholi oʻrtasida blits-soʻrov oʻtkazish uchun call-markazini tashkil etishda amaliy va texnik yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy fikr” markazining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni monitoring va tahlil qilish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi”, “Qoʻngʻiroqlarni qayta ishlash markazi” (telefon raqamlari 10-00, (0800) 210-00-00) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining axborot tizimlari faoliyatiga doir statistik va boshqa axborotlardan foydalanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy tadqiqot markazlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishda, zamonaviy usul va yondashuvlar asosida sotsiologik soʻrovlar oʻtkazishni tashkillashtirish koʻnikmalarini oshirish maqsadida ularning malakali mutaxassislarini jalb etishda “Ijtimoiy fikr” markaziga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab “Ijtimoiy fikr” markazining buyurtmanomalariga koʻra respublikadagi oliy taʼlim muassasalari talabalari tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqarish amaliyotidan oʻtishi uchun mazkur Markazga muntazam yuborilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi tegishli oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab sotsiologiya va sotsiologik tadqiqotlar kafedralarini ochish choralari koʻrilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Ijtimoiy fikr” markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazining Oʻzbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasini tashkil etish hamda quyidagilarni uning asosiy vazifalari etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlar, ijtimoiy mezonlar metodologiyasini takomillashtirish boʻyicha ishlarda, mamlakatimiz sotsiologiya hamjamiyatining intellektual va ilmiy-texnik salohiyatini yuksaltirishda ishtirok etish, shu jumladan ijtimoiy tajribalar oʻtkazish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda va xorijda demografik jarayonlarni oʻrganish va tahlil qilishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotsiologlar va boshqa xodimlarning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlariga sotsiologiya fanidagi eng yangi yutuqlarni va sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazishning innovatsion yondashuvlarini joriy etish boʻyicha ular bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy sotsiologlar assotsiatsiyalari bilan hamkorlik qilish, sifatli sotsiologik ishlarni, shu jumladan xorijda oʻtkazish maqsadida konsorsium tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sotsiologlar assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlish, butunjahon sotsiologik kongresslar va forumlarda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Ijtimoiy fikr” markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, moliya, iqtisodiyot va sanoat, bandlik va mehnat munosabatlari, ichki ishlar vazirliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, boshqa vazirlik va idoralarning statistik axboroti;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi byulletenlari va kundalik maʼlumotlari toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy matbuot sharhlari va ilmiy-tadqiqot institutlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutining ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid tahliliy maʼruzalari majburiy joʻnatiladigan reyestrga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 2020 va undan keyingi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda “Ijtimoiy fikr” markazining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Markaz va tashkil etiladigan Oʻzbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi binolarida taʼmirlash-tiklash ishlari va ularni texnik oʻqitish vositalari bilan jihozlash boʻyicha loyihalar kiritilishini belgilangan tartibda nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.J. Xadjayev va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimovga — sotsiologik soʻrovlar natijalarining ommaviy axborot vositalari, markaziy davlat telekanallari va bosma nashrlarda muntazam yoritib borilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, boshqa davlat organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlariga — “Ijtimoiy fikr” markaziga uning vazifalarini samarali amalga oshirishda har tomonlama va toʻliq koʻmaklashish uchun shaxsan javobgar ekani koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25-iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini oʻrganish ishini yaxshilash haqida”gi PF-1791-son Farmonining 2.1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Ijtimoiy fikr” markazini mazkur Farmonga muvofiq uning nomi oʻzgartirilganini va ustuvor vazifalari belgilab olinganini hisobga olgan holda qayta roʻyxatdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan Oʻzbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin, ustav organlarini shakllantirishda unga har tomonlama koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5667-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2019-y., 06/19/5667/2648-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)