15.02.2019 yildagi 138-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishni taʼminlash, sohaning tadbirkorlik subyektlari uchun jozibadorligini oshirish, shuningdek, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasining (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) asosiy vazifalari hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlashni kompleks rivojlantirish dasturlarini shakllantirish hamda ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirishda ishtirok etish, ushbu sohada yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini yuritishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar oʻsishi uchun qulay hududlarda maxsus plantatsiyalar tashkil etish, shu jumladan yetishtirishning intensiv texnologiyalarini joriy etish orqali va tabiiy oʻsish maydonlaridan oqilona foydalangan holda ularni yetishtirish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plantatsiyalarni tashkil etish, shuningdek, qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni sanoat asosida chuqur qayta ishlash hamda ulardan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish doirasida tadbirkorlik subyektlarining davlat boshqaruvi organlari, barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligini samarali tashkil etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda qayta ishlash sohasini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda qayta ishlash sohasidagi investitsiya dasturlari va loyihalarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda qayta ishlash boʻyicha yangi quvvatlarni tashkil etish va mavjudlarini rivojlantirish jarayonlariga xorijiy sarmoyalarni, chet ellik mutaxassislar hamda maslahatchilarni faol jalb etish, ushbu sohada ilgʻor texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur soha uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida, shuningdek, xorijda ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Uyushmaga uning soʻrovlari boʻyicha unga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq zarur axborot, statistika hamda boshqa maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 12 nafardan iborat boʻlgan Uyushmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2019 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida qizilmiya oʻsimligi yangi plantatsiyalarini tashkil etishning prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tumanlari hokimlarining 2019 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida qizilmiya oʻsimligi yangi plantatsiyalarini tashkil etish prognoz parametrlarining oʻz vaqtida, toʻliq hamda samarali bajarilishini taʼminlash uchun shaxsiy masʼuliyati belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uyushma va uning aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar qonun hujjatlariga muvofiq tegishli taʼsis shartnomasi asosida tartibga solinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uyushmaning 2019-yil 1-maydan boshlab, qizilmiya ekstrakti ishlab chiqaruvchilari boʻlgan Uyushma aʼzolari uchun 2024-yil 1 yanavargacha 100 gektardan kam boʻlmagan maydonda qizilmiya plantatsiyalarini majburiy tashkil etish boʻyicha talablar belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uyushma aʼzolariga 2024-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar yetishtirish, qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish jarayonini samarali boshqarish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda Uyushma aʼzolariga uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat etish toʻgʻrisida xulosa berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Uyushmaning qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etadigan, shuningdek, qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni qayta ishlaydigan aʼzolariga 2024-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻi, daromad soligʻi, yuridik shaxslar mulk soligʻi, yagona soliq toʻlovi, yagona yer soligʻi toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan va olib kelinadigan texnologik uskunalar, maxsus qishloq xoʻjaligi texnikalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, xomashyolar, materiallar, shu jumladan qurilish materiallari, qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar urugʻlari va koʻchatlari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) plantatsiyalar tashkil etish uchun ekish materiallarini (urugʻ, qalamchalar) tayyorlash (yigʻish) maqsadida ruxsatnoma olish uchun yigʻimlar toʻlovini kechiktirish tarzida imtiyozlar berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xomashyo koʻrinishidagi qizilmiyani Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish maqsadida olib chiqish uchun toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berish amaliyoti bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-maydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumining (IAF) toʻlaqonli aʼzolari hisoblangan mamlakatlarning sertifikatlash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinovlar protokollari taqdim etilganda, Uyushma aʼzolari faqat oʻzlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari, plantatsiyalar tashkil qilish, qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklardan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan tovarlarni sertifikatlash talab etilmaydigan tartib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiyadan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan qoʻshimcha kvotalar Uyushmaning buyurtmanomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijobiy xulosasi hisobga olingan holda joriy yilning 1-aprelidan 30-dekabrigacha boʻlgan davrga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorining 9-bandi ijrosini taʼminlash doirasida import qilinadigan qizilmiya xomashyosi uchun karantin ruxsatnomasi berilishini bekor qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ikki hafta muddatda koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi va Uyushma bilan birgalikda qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan Hukumat qarorining loyihasini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi va Uyushma bilan birgalikda tayyorlovchilar bilan tuzilgan yetkazib berish shartnomalarini amalga oshirish doirasida tayyorlangan qizilmiyani qayta ishlovchi tashkilotlargacha tashib berishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish sohasida idoralararo yaqin oʻzaro hamkorlikni tashkil etish boʻyicha qoʻshma dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 2019 — 2021-yillar uchun amaliy va innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirishda qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish boʻyicha loyihalar tanlovlari oʻtkazilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ilovaning “Oʻsimlik dunyosi obyektlarining turlari” ustunining uchinchi xatboshidagi “TIF TN kodi 1211 90 850 0” soʻzlari “TIF TN kodi 1211 90 860 8” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-yanvardagi 63-son qarorining 2, 3, 7 va 14-bandlari, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi ijro etuvchi apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 12 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida qizilmiya oʻsimligi yangi plantatsiyalarini tashkil etishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tumanlar nomi

Ekin maydoni, ga

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

1.

Toʻrtkoʻl

100

100

100

100

100

2.

Beruniy

100

100

100

100

100

3.

Ellikqalʼa

100

100

100

100

100

4.

Amudaryo

100

100

100

100

100

5.

Xoʻjayli

310

310

310

310

310

6.

Taxiatosh

100

100

100

100

100

7.

Shumanoy

500

500

500

500

500

8.

Qonlikoʻl

540

540

540

540

540

9.

Qoʻngʻirot

480

480

480

480

480

10.

Nukus

340

340

340

340

340

11.

Kegeyli

560

560

560

560

560

12.

Chimboy

580

580

580

580

580

13.

Qoraoʻzak

520

520

520

520

520

14.

Taxtakoʻpir

520

520

520

520

520

15.

Moʻynoq

150

150

150

150

150

Hammasi:

5000

5000

5000

5000

5000

Jami:

25000

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)