Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, yer munosabatlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-fevral,
117-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi 117-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 12-modda):
a) 9-bandda:
beshinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining bosh davlat inspektorlari” soʻzlari “yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining bosh davlat inspektorlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “tegishli tumanlar (shaharlar)ning yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorlari” soʻzlari “yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish boʻyicha tegishli tumanlar (shaharlar)ning bosh davlat inspektorlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 12-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“hududni oqilona tashkil etish”;
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi “g1” kichik band qoʻshilsin:
“g1) yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va yer uchastkalari mulkdorlari tomonidan:
yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllash, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslik;
boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va yer uchastkalari mulkdorlari huquqlariga rioya qilish;
foydali qazilmalar konlarini kavlash chogʻida, shuningdek, boshqa ishlarni amalga oshirishda oʻzlariga egalik qilish, foydalanish uchun va mulk qilib berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkalaridan tashqarida qishloq xoʻjalik ekinzorlari, oʻrmonlar va boshqa yerlarga salbiy taʼsir koʻrsatishning oldini olish yoki uni mumkin qadar cheklash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
yerdan foydalanish haqida qonun hujjatlarida belgilangan maʼlumotlarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻz vaqtida taqdim etish;
yerni oʻzboshimchalik bilan egallashga va (yoki) oʻzboshimchalik bilan imorat qurishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni toʻxtatib turish choralarini koʻrish;
foydali qazilmalar konlarini kavlash, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlarni ularga ehtiyoj qolmaganidan keyin qishloq xoʻjaligi, oʻrmon yoki baliq xoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holga, ushbu ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan hollarda esa — belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun oʻz hisobidan yaroqli holatga keltirish boʻyicha vazifalar va majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish”;
v) 14-banddagi “Adliya vazirligida 2001-yil 26-aprelda 1029-son raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Nazorat organlari tomonidan oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda” soʻzlari “qonun hujjatlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 40-modda):
a) 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari quyidagi hollarda aniqlanadi va qoplanadi:
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari, shu jumladan, dehqon va xoʻjaligini yuritish uchun jismoniy shaxslarga berilgan yer uchastkalaridagi qishloq xoʻjaligi yerlarini olib qoʻyish, haq toʻlab olish yoki vaqtincha egallab turish hamda ularni qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan yoki qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlgan, lekin sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlarining oborotdan chiqarib yuborilishiga olib keladigan maqsadlar uchun berish;
qurilayotgan suv omborlari, suv taʼminoti manbalari, kurortlar, magistral kanallar va kollektorlar, yoʻllar, quvurlar, elektr energiyasi uzatish va aloqa liniyalari, shuningdek, boshqa obyektlar atrofidagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, qoʻriqlash, sanitariya va himoya zonalari chegaralarini belgilagan, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlarini oborotdan chiqargan yoki ularni kamroq qiymatli yerga oʻtkazgan holda yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini cheklash;
yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining taʼsiri natijasida yer sifatining yomonlashishi.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni yer uchastkalari quyidagilar uchun olib qoʻyilgan holatlarda qoplanmaydi:
yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar qurish va ularga xizmat koʻrsatish;
dafn etish joylarini tashkil qilish, davlat (maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar) taʼlim va davolash muassasalari, bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari qurilishi uchun;
suv xoʻjaligi uchun melioratsiya obyektlari va gidrotexnika inshootlari qurish;
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish;
mudofaa ehtiyojlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari.
Qonun hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini qoplashdan ozod qilinadigan boshqa holatlar ham belgilanishi mumkin”;
b) 23-bandning birinchi xatboshidagi “bir oy” soʻzlari “besh kun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“24. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash uchun hududiy boshqarmalarning maxsus hisob raqamlariga tushgan mablagʻlarning 90 foizidan Davrgeodezkadastr qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlangan ishchi reja asosida quyidagilar uchun foydalaniladi:
yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;
tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi yerlaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish;
kollektor-drenaj tarmogʻini qurish va qayta qurish, sugʻoriladigan yerlarni kapital rejalashtirish, ularning suv taʼminotini oshirish;
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;
oʻrmonlar va mevali oʻrmonzorlar barpo etish, tiklash;
qumliklar, suv havzalari va daryolarning qirgʻoqboʻyi mintaqalarini oʻrmonzorlashtirish;
togʻ yonbagʻirlarida sula olish va eroziyaga qarshi boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
yer tuzish, kadastr va oʻrmon barpo etish ishlari;
yaylovlarda sugʻorish punktlarini (burgʻulangan quduqlar, quduqlar va suv quvurlarini) qurish va jihozlash;
yer tuzish, shu jumladan, fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalarini maqbullashtirish, yer kadastri, yer monitoringi va tuproq jihatidan izlanishlar olib borish boʻyicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki ularga tuzatish kiritish;
buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish;
avtomatlashtirilgan yer-axborot tizimlarini yaratish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qarorlariga binoan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishga, qishloq xoʻjalik yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Ushbu bandda koʻrsatilgan ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan pudrat tashkilotlarini melioratsiya, irrigatsiya va yerlarni tekislash ishlari uchun yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash belgilangan tartibda “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI tomonidan tasdiqlanadigan rejalashtirilgan hajmlar hisobiga amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash uchun tushgan mablagʻlar hisobidan Davergeodezkadastr qoʻmitasi markaziy apparatiga va uning hududiy boshqarmalariga bittadan shtatdagi xodim ajratiladi, uning vazifasiga yuqorida koʻrsatilgan ishlarni bajarish, shu jumladan, tashkiliy texnika vositalari, jihozlar va uskunalar xarid qilish ishlarini tashkil etish kiradi.
Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tomonidan mablagʻlarni sarflash Davergeodezkadastr qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan smeta boʻyicha amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash hisobiga tushgan mablagʻlardan yer munosabatlari bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun foydalanish Vazirlar Mahkamasining qarori boʻyicha amalga oshiriladi”;
g) 241-bandning birinchi xatboshidagi “ijtimoiy himoyalashga” soʻzlari “ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoyalashga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 529-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 154-modda):
a) 18-bandga qoʻyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Davergeodezkadastr qoʻmitasi raisining Yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish boshqarmasiga mutasaddilik qiluvchi oʻrinbosari ayni bir vaqtda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi”;
b) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari ayni bir vaqtda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining bosh davlat inspektorlari hisoblanadilar”;.
v) 27-bandda:
“uzluksiz” soʻzi chiqarib tashlansin;
“(uzoq muddat ishlaganlik)” soʻzlaridan oldin “Davergeodezkadastr qoʻmitasi tizimida” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 28-banddan “uzluksiz” soʻzi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 09/19/117/2603-son; 13.02.2021-y., 09/21/66/0113-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/183/0308-son)