11.02.2019 yildagi PQ-4171-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon siyosati va iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlar va diplomatiya, xalqaro huquq va tashqi savdo sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V. Putinning 2018-yil oktabr oyida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining (keyingi oʻrinlarda — bosh muassasa) “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro maydonda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etadigan va faol ilgari suradigan, muhim siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa vazifalarni hal qila oladigan, talab kuchli boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarni oliy taʼlim dasturlari boʻyicha tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislar hamda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini taʼlim va ilm-fanning uzviyligi va uzluksizligi tamoyili, shuningdek uning jahon taʼlim va ilmiy hamjamiyatiga uygʻun integratsiyasini taʼminlash asosida rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro siyosiy, diplomatik, huquqiy, iqtisodiy va savdo munosabatlari sohalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi taʼlim dasturlari va shakllarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy yuqori samarali pedagogik uslub va taʼlim texnologiyalarini faol joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (keyingi oʻrinlarda — JIDU) bilan har tomonlama hamkorlik munosabatlarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimining xalqaro nufuzini mustahkamlash va uni mintaqaviy taʼlim xabi sifatida tanitish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq bosh muassasaning alohida tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda oʻquv jarayoni bakalavriat dasturlari boʻyicha toʻrt yillik va magistratura dasturlari boʻyicha ikki yillik taʼlimni koʻzda tutgan boʻlib, asosan kunduzgi shaklda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda taʼlim Rossiya Federatsiyasi federal taʼlim standartlariga muvofiq bosh muassasa tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va taʼlim dasturlari asosida rus va ingliz tillarida olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha darajadagi taʼlim dasturlari rus va ingliz tillaridan tashqari qoʻshimcha chet tilini oʻqitishni koʻzda tutadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarining attestatsiyasi bosh muassasa tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan bosh muassasaning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bosh muassasa va JIDUning 1-ilovaga muvofiq tarkibda Filial Akademik maslahat kengashini tuzish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin hamda uning zimmasiga oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot sohalari, shuningdek Filial rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bosh muassasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari malakasini, shu jumladan masofaviy oʻqitishni tashkil etish orqali muntazam oshirish va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek kutubxona fondini shakllantirish va oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar, shu jumladan multimedia koʻrinishidagi zamonaviy adabiyotlar bilan boyitishda koʻmaklashishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda bosh muassasaning 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Filialda 2-ilovaga muvofiq bakalavriat va magistraturaning istiqbolli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab quyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul kvotasi manfaatdor vazirlik va idoralarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda Filial tomonidan mustaqil belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda taʼlim toʻlov-kontrakt, shu jumladan vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlarning maqsadli buyurtmalari asosida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni maqsadli buyurtmalar asosida tayyorlash, shu jumladan bitiruvchilarni kelgusida ish bilan taʼminlash shartlari abituriyent hamda vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishuvlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mirzo Ulugʻbek shoh koʻchasi, 47-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni tutash hududi bilan birga JIDU balansiga oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial va uning boʻlinmalari Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mirzo Ulugʻbek shoh koʻchasi, 47-uy manziliga begʻaraz foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning Vasiylik kengashi tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialni tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiyaning tarkibi 4-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashkiliy komissiya (I.T. Neʼmatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Filial faoliyatini tashkil etish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar ishini muvofiqlashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2019-yil 1-avgustga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga ajratilayotgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga ajratilayotgan bino va inshootlarni zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va orgtexnika, taʼlimning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventar, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalari bilan jihozlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialni tanlov asosida ishga qabul qilinadigan yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablagʻlari, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati hamda shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, manfaatdor milliy va xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan texnik koʻmak mablagʻlari (grantlar), shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga ajratilayotgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va orgtexnika, taʼlimning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventar, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanishini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturida koʻzda tutilgan markazlashtirilgan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv va tadqiqot boʻlinmalarini joylashtirish, shuningdek Filial talabalari va oʻqituvchilari yashashi uchun ajratiladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish boʻyicha bosh buyurtmachi “Toshkentqurilishinvest” injiniring kompaniyasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bosh muassasa hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va Filialni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali professor-oʻqituvchilar, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni taʼlim berish va oʻquv jarayonini tashkil qilishga doimiy asosda jalb etishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Filial buyurtmanomalariga asosan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar va Filialning maʼmuriyat xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) har yili Filial bitiruvchi kurslarining iqtidorli talabalariga Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari, shuningdek xalqaro tashkilotlarda oʻquv amaliyotini oʻtashlariga har tomonlama koʻmaklashishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 2022-yil 1-yanvarga qadar Filialni jihozlash va uning faoliyatini taʼminlash uchun olib kelinadigan uskunalar, kompyuter texnikasi va orgtexnika, taʼlimning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning ijobiy xulosasi olingan taqdirda bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Filial buyurtmanomalariga koʻra, Filialning xorijiy professor-oʻqituvchilari va maʼmuriyat xodimlari hamda ularning oila aʼzolariga davlat bojini undirmasdan koʻp martalik vizalarni berish va uning muddatini uzaytirish, shuningdek ularni vaqtinchalik turar joyi boʻyicha vaqtinchalik propiska qilish va muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Filial buyurtmanomalariga koʻra, Filial faoliyatini tashkil qilishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berishni (uzaytirishni) taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 11-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4171-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4171-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali Akademik maslahat kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Rossiya tomonidan:

1.‎ A.V. Malgin ‎ —‎ siyosiy fanlar nomzodi, dotsent, “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining umumiy masalalar boʻyicha prorektori‎
2.‎ G.P. Tolstopyatenko ‎ —‎ yuridik fanlari doktori, “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Xalqaro huquq fakulteti dekani ‎
3.‎ E.A. Kozlovskaya ‎ —‎ iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent, “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Odinsovo filiali direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari ‎
4.‎ D.A. Kryachkov ‎ —‎ filologiya fanlari nomzodi, dotsent, “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi 1-sonli ingliz tili kafedrasi mudiri ‎
5.‎ Lavozimiga koʻra‎ —‎ “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali direktorining oʻrinbosari ‎

‎‎Oʻzbekiston tomonidan:

1.‎ M.T. Bakoyev ‎ —‎ fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori ‎
2.‎ M.X. Raxmankulov ‎ —‎‎ yuridik fanlari doktori, professor, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori‎
3.‎ S.S. Saidkasimov ‎ —‎‎ falsafa fanlari doktori, professor, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori‎
4.‎ Sh.M. Abdullayev ‎ —‎‎‎ tarix fanlari doktori, professor, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi rahbari‎
5.‎ Lavozimiga koʻra‎ —‎ “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali direktori‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Akademik maslahat kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4171-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi Toshkent shahridagi filialida kadrlar tayyorlashning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Biznes-informatika.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tizimli tahlil qilish va prognozlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro xususiy, fuqarolik huquqi va arbitraj.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro savdo va moliya huquqi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalqaro tashkilotlar uchun sinxron tarjimonlar tayyorlash va madaniyatlararo kommunikatsiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi Toshkent shahridagi filialining Akademik maslahat kengashi tavsiyasiga koʻra ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4171-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ A.X. Komilov —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri, Vasiylik kengashi raisi‎
2.‎ A.A. Abduvaxitov ‎ —‎‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari‎
3.‎ A.V. Torkunov ‎ —‎‎‎‎ “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi rektori, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari (kelishuv asosida)‎
4.‎ J.A. Qoʻchqorov ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri‎
5.‎ E.M. Ganiyev ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari‎
6.‎ V.L. Tyurdenev ‎ —‎ Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi (kelishuv asosida)‎
7.‎ B.Z. Asadov ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi‎
8.‎ I.U. Madjidov ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri‎
9.‎ Sh.M. Sadikov ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri‎
10.‎ J.A. Artikxodjayev ‎ —‎ Toshkent shahar hokimi‎
11.‎ A.Sh. Bekmurodov ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori v.b.‎
12.‎ Lavozimiga koʻra ‎ —‎ “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali direktori, Vasiylik kengashi kotibi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4171-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ I.T. Neʼmatov ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, Tashkiliy komissiya raisi‎
2.‎ I.U. Madjidov ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri‎
3.‎ A.Ya. Xaydarov ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari ‎
4.‎ O.K. Abduraxmonov ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari‎
5.‎ A.V. Malgin ‎ —‎‎ “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining umumiy masalalar boʻyicha prorektori‎
6.‎ S.N. Krivoshapov ‎ —‎‎ “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Odinsovo filiali kompleksi boshqaruvchisi ‎
7.‎ D.A. Hidoyatov ‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari‎
8.‎ M.T. Baqoyev ‎ —‎‎ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2019-y., 07/19/4171/2599-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)