Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SAMARQAND CHOY QADOQLASH FABRIKASINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Samarqand choy qadoqlash fabrikasining yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish va qadoqlangan choy ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2005-yildan boshlab respublikaga choy xom ashyosi keltirish faqat qadoqlash avtomatlariga ega boʻlgan yuridik shaxslar va yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ularning ishlab chiqarish quvvatlaridan ortiq boʻlmagan hajmlarda amalga oshiriladigan tartibni belgilasinlar.
7. 2005-yil 1-apreldan boshlab chakana savdo tarmoqlarida choyni qadoqlanmagan holda sotish taqiqlansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 12-yanvar,
15-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 2-son, 9-modda)