Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 29-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1803-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 21-apreldagi 01-02/19-34-son “Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1803, 2008-yil 5-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 166-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 7-fevraldagi 01-02/19-09-son “Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1803-1, 2015-yil 17-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 7-son, 83-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-yanvar,
01-02/15-3-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2019-y., 10/19/1803-2/2547-son)