Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymatini indeksatsiya qilish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3131]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 31-maydagi 5, 13, 69-sonli “Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymatini indeksatsiya qilish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3166, 10.06.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulqdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 48-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekistoi Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlari boʻyicha qurilish materiallari narxlari indeksining oʻtgan yilgi oʻzgarishi darajasidan kelib chiqib, yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandi va unga 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymati miqdorlari 2018-yilda 1,467 baravarga indeksatsiya qilinsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika koʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat koʻmitasi raisi A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-yanvar,
3-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-yanvar,
2-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-yanvar,
8-son
Kelishilgan:
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. BEGALOV
2019-yil 4-yanvar
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. XAITOV
2019-yil 4-yanvar
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 4-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3131/2529-son)