Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 30.08.2003 yildagi 530-II-son
Кучга кириш санаси
23.09.2003
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 19.02.2025 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
BANK SIRI TOʻGʻRISIDA | BANK SIRI TOʻGʻRISIDA |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonunning maqsadi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, eʼlon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, eʼlon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. |
2-modda. Bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilik | 2-modda. Bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. | Bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, eʼlon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi. | |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining bank siri toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining bank siri toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
3-modda. Bank siri | 3-modda. Bank siri |
Bank siri bank tomonidan muhofaza qilinadigan quyidagi maʼlumotlardan iboratdir: | Bank siri bank tomonidan muhofaza qilinadigan quyidagi maʼlumotlardan iboratdir: |
oʻz mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir maʼlumotlar; | oʻz mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir maʼlumotlar; |
bank oʻz mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari koʻrsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) toʻgʻrisida olgan maʼlumotlar; | bank oʻz mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari koʻrsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) toʻgʻrisida olgan maʼlumotlar; |
mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi maʼlumotlar; | mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi maʼlumotlar; |
mijoz (vakil) topshirigʻiga binoan yoki uning foydasini koʻzlab amalga oshirilgan banklararo operatsiyalar va bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | mijoz (vakil) topshirigʻiga binoan yoki uning foydasini koʻzlab amalga oshirilgan banklararo operatsiyalar va bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning banklar oʻrtasida muomalada boʻlishi natijasida maʼlum boʻlib qolgan, boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir maʼlumotlar; | bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning banklar oʻrtasida muomalada boʻlishi natijasida maʼlum boʻlib qolgan, boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir maʼlumotlar; |
jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining ishtirokchilari, pensiya badallarining miqdori va summalarining harakati, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi pensiya jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining ishtirokchilari, pensiya badallarining miqdori va summalarining harakati, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi pensiya jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
4-modda. Uchinchi shaxslar | 4-modda. Uchinchi shaxslar |
Bank, uning mijozi (vakili) va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari boshqa barcha shaxslar uchinchi shaxslar hisoblanadi. | Bank, uning mijozi (vakili) va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari boshqa barcha shaxslar uchinchi shaxslar hisoblanadi. |
5-modda. Bank sirining oshkor qilinishi | 5-modda. Bank sirining oshkor qilinishi |
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilish, ogʻzaki yoki yozma shaklda yoxud boshqa yoʻsinda tarqatish yoki maʼlum qilish, uchinchi shaxslar eʼtiboriga yetkazish, bunday maʼlumotlarni qoʻlga kiritishi uchun uchinchi shaxslarga bevosita yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday maʼlumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoxud maʼlum boʻlib qolgan yoki ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar tomonidan bunday maʼlumotlarni saqlash tartibining buzilishi oqibatida imkoniyat yaratib berish bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanadi. | Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilish, ogʻzaki yoki yozma shaklda yoxud boshqa yoʻsinda tarqatish yoki maʼlum qilish, uchinchi shaxslar eʼtiboriga yetkazish, bunday maʼlumotlarni qoʻlga kiritishi uchun uchinchi shaxslarga bevosita yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday maʼlumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoxud maʼlum boʻlib qolgan yoki ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar tomonidan bunday maʼlumotlarni saqlash tartibining buzilishi oqibatida imkoniyat yaratib berish bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanadi. |
Quyidagilar bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanmaydi: | Quyidagilar bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanmaydi: |
bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning bank tomonidan uchinchi shaxslarga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bankka yuridik, buxgalteriya, auditorlik, axborot va maslahat yoʻsinidagi xizmat koʻrsatuvchi shaxslarga maʼlum qilinishi yoki taqdim etilishi, basharti bu shunday xizmatni koʻrsatish uchun zarur boʻlsa hamda mazkur shaxslar ushbu Qonunning 6-moddasida belgilangan harakatlarni sodir etishdan oʻzini tiyishi shart boʻlsa; | bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning bank tomonidan uchinchi shaxslarga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bankka yuridik, buxgalteriya, auditorlik, axborot va maslahat yoʻsinidagi xizmat koʻrsatuvchi shaxslarga maʼlum qilinishi yoki taqdim etilishi, basharti bu shunday xizmatni koʻrsatish uchun zarur boʻlsa hamda mazkur shaxslar ushbu Qonunning 6-moddasida belgilangan harakatlarni sodir etishdan oʻzini tiyishi shart boʻlsa; |
prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasida bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda almashish; | prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasida bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda almashish; |
bankni sanatsiya qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning uchinchi shaxslarga maʼlum qilinishi yoki taqdim etilishi. | |
6-modda. Bank sirining oshkor qilinishini taqiqlash | 6-modda. Bank sirining oshkor qilinishini taqiqlash |
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoki maʼlum boʻlib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar tomonidan bu maʼlumotlarning oshkor qilinishi yoki ulardan shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanilishi taqiqlanadi. | Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoki maʼlum boʻlib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar tomonidan bu maʼlumotlarning oshkor qilinishi yoki ulardan shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanilishi taqiqlanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga qonun bilan yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etishga yoki taqdim etishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga qonun bilan yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etishga yoki taqdim etishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. |
7-modda. Bank sirining muhofaza qilinishi | 7-modda. Bank sirining muhofaza qilinishi |
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning muhofaza qilinishi bank tomonidan kafolatlanadi. | Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning muhofaza qilinishi bank tomonidan kafolatlanadi. |
Bankning rahbarlari va boshqa xodimlari xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoki maʼlum boʻlib qolgan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor qilishi, shuningdek mazkur maʼlumotlardan shaxsiy maqsadda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanishi, uchinchi shaxslarga bunday foydalanish imkoniyatini bevosita yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday maʼlumotlarni saqlash tartibini buzish oqibatida yaratib berishi taqiqlanadi. | Bankning rahbarlari va boshqa xodimlari xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoki maʼlum boʻlib qolgan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor qilishi, shuningdek mazkur maʼlumotlardan shaxsiy maqsadda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanishi, uchinchi shaxslarga bunday foydalanish imkoniyatini bevosita yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday maʼlumotlarni saqlash tartibini buzish oqibatida yaratib berishi taqiqlanadi. |
Bankning rahbari yoki boshqa xodimi bankda ishlash davrida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni uning bank bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham oshkor qilishga haqli emas. | Bankning rahbari yoki boshqa xodimi bankda ishlash davrida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni uning bank bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham oshkor qilishga haqli emas. |
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning tegishli ravishda saqlanishi uchun bank zarur tashkiliy va texnikaviy, shu jumladan axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi shart. | Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning tegishli ravishda saqlanishi uchun bank zarur tashkiliy va texnikaviy, shu jumladan axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi shart. |
Agar bank bilan mijoz (vakil) oʻrtasida nizo kelib chiqqan boʻlsa, bank oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga mijozning (vakilning) bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni zarur hollarda va doirada maʼlum qilishi mumkin. | Agar bank bilan mijoz (vakil) oʻrtasida nizo kelib chiqqan boʻlsa, bank oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga mijozning (vakilning) bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni zarur hollarda va doirada maʼlum qilishi mumkin. |
8-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish | 8-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish |
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar mijozning (vakilning) oʻziga, u vakolat bergan vakillarga, shuningdek ushbu Qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxslarga taqdim etiladi. | Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar mijozning (vakilning) oʻziga, u vakolat bergan vakillarga, shuningdek ushbu Qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxslarga taqdim etiladi. |
Bank sirini tashkil etuvchi, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi. | Bank sirini tashkil etuvchi, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlsa, olishga haqlidir. | Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlsa, olishga haqlidir. |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar mazkur tashkilotlar faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan nazorat qilish sohasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlsa, olishga haqlidir. | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar mazkur tashkilotlar faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan nazorat qilish sohasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlsa, olishga haqlidir. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ariza beruvchiga va u bilan birga yashovchi oila aʼzolariga (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasiga, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda eriga, xotiniga hamda oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlariga) doir bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlsa, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizaga asosan olishga hamda ularga ishlov berishga haqlidir. | |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz mijozlari haqidagi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz mijozlari haqidagi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etadi. |
Kredit axborotini belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etish bank sirining buzilishi deb hisoblanmaydi; | Kredit axborotini belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etish bank sirining buzilishi deb hisoblanmaydi; |
9-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga taqdim etish | 9-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga taqdim etish |
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim etiladi: | Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim etiladi: |
prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari boʻyicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni taʼminlash maqsadida — tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga koʻra; | prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari boʻyicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni taʼminlash maqsadida — tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga koʻra; |
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari boʻyicha oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida — tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida. | tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari boʻyicha oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida — tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida. |
Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oʻz ish yurituvidagi jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv ishlari boʻyicha banklarda hisobvaraqlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maʼlumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan rejimda olishi mumkin. | Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oʻz ish yurituvidagi jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv ishlari boʻyicha banklarda hisobvaraqlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maʼlumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan rejimda olishi mumkin. |
10-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni sudga va davlat ijrosiga taqdim etish | 10-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni sudga va davlat ijrosiga taqdim etish |
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar sudga uning yozma soʻrovi asosida, mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan sudning ish yurituvidagi ishlar boʻyicha taqdim etiladi. | Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar sudga uning yozma soʻrovi asosida, mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan sudning ish yurituvidagi ishlar boʻyicha taqdim etiladi. |
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar davlat ijrochisiga uning yozma soʻrovi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi soʻrovi asosida, mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlgan ijro ishi boʻyicha taqdim etiladi. | Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar davlat ijrochisiga uning yozma soʻrovi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi soʻrovi asosida, mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlgan ijro ishi boʻyicha taqdim etiladi. |
11-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish | 11-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish |
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar davlat soliq xizmati organlariga bank mijoziga (vakiliga) soliq solish masalalariga taalluqli hollarda qonunchilikka muvofiq taqdim etiladi. | Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar davlat soliq xizmati organlariga bank mijoziga (vakiliga) soliq solish masalalariga taalluqli hollarda qonunchilikka muvofiq taqdim etiladi. |
12-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi | 12-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi |
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni sudga, prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga, shuningdek davlat ijrochisiga taqdim etish, buning uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda, ularni soʻrayotgan organga yopiq va muhrlangan konvertda yoki axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida himoyalangan aloqa kanallari vositasida yuborish orqali amalga oshiriladi. | Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni sudga, prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga, shuningdek davlat ijrochisiga taqdim etish, buning uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda, ularni soʻrayotgan organga yopiq va muhrlangan konvertda yoki axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida himoyalangan aloqa kanallari vositasida yuborish orqali amalga oshiriladi. |
Kredit axborotini kredit byurolariga taqdim etish kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. | Kredit axborotini kredit byurolariga taqdim etish kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. |
13-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni mijozning (vakilning) merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislariga taqdim etish Mijoz (vakil) toʻgʻrisidagi, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar uning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislariga, agar ularning oʻzi yoki ular vakolat bergan vakillar qonunchilikka muvofiq meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etsalar, bank tomonidan taqdim etiladi. Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlamaydigan hujjatlar olingan taqdirda, bank murojaat qilgan shaxsni u soʻragan maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyati yoʻqligi xususida uch ish kuni ichida yozma ravishda xabardor qilishi shart, shuningdek qoʻshimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga yoki murojaat etgan shaxsning meros huquqini yoxud huquqiy vorisligini tasdiqlab berish toʻgʻrisidagi yozma soʻrovni tegishli notariusga yoki yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga yuborishga haqli. Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, bank murojaat etgan shaxsga besh ish kuni ichida tegishli mijoz (vakil) toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni berishi va barcha hujjatlarni taqdim etishi shart. | 13-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni vasiyatnomada koʻrsatilgan shaxslarga, merosxoʻrlarga, vasiyatnomani ijro etuvchiga, huquqiy vorislarga, notarial va konsullik muassasalariga taqdim etish Jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar vasiyatnomada koʻrsatilgan shaxslarga, merosxoʻrlarga va vasiyatnomani ijro etuvchiga ushbu Qonunda belgilangan tartibda, xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan taqdim etiladi. Notarial va konsullik muassasalari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollarda, agar bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berish chogʻida meros mol-mulkning tarkibi va joylashgan yerini tekshirish uchun zarur boʻlsa, ushbu maʼlumotlarni olish huquqiga ega. Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlari uning huquqiy vorislariga huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjatlarga asosan taqdim etiladi. Agar ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan subyektlarning bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi murojaatlari qonunchilikka muvofiq taqdim etilmasa, bank kamchiliklarni va murojaatni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxatini koʻrsatgan holda ariza beruvchini bu haqda besh ish kuni ichida xabardor qiladi. Yuqorida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan hujjatlar qonunchilikka muvofiq taqdim etilganda bank murojaat etuvchiga tegishli mijoz toʻgʻrisidagi toʻliq axborotni va barcha hujjatlarni yopiq va muhrlangan konvertda yoki axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida himoyalangan aloqa kanallari vositasida besh ish kuni ichida taqdim etishi shart. 131-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish Mijozning bank oldidagi majburiyatlari qonunchilikda belgilangan tartibda uchinchi shaxslar tomonidan bajarilganda yoki bankka tegishli boʻlgan huquq (talab) boshqa shaxsga oʻtganda (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganda) yoki qonunga asosan boshqa shaxsga oʻtganda bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar uchinchi shaxslarga bajarilgan majburiyat doirasida yoxud oʻtgan huquq (talab) doirasida taqdim etiladi. |
14-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning banklar oʻrtasida muomalada boʻlishi | 14-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning banklar oʻrtasida muomalada boʻlishi |
Banklar oʻz faoliyatining xavfsizligini taʼminlash, omonatlarni, kreditlar va boshqa investitsiyalarning qaytarilishini kafolatlash maqsadida oʻz mijozlari (vakillari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonunda belgilangan tartibda va doirada oʻzaro almashib turishlari va bir-birlariga taqdim etishlari mumkin. | Banklar oʻz faoliyatining xavfsizligini taʼminlash, omonatlarni, kreditlar va boshqa investitsiyalarning qaytarilishini kafolatlash maqsadida oʻz mijozlari (vakillari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonunda belgilangan tartibda va doirada oʻzaro almashib turishlari va bir-birlariga taqdim etishlari mumkin. |
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar Omonatlarni kafolatlash agentligiga, shuningdek kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya toʻlash uchun agent-banklarga taqdim etiladi. | Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar Omonatlarni kafolatlash agentligiga, shuningdek kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya toʻlash uchun agent-banklarga taqdim etiladi. |
Boshqa bankning mijozi (vakili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olgan bank bunday maʼlumotlarni oshkor qilishga va uchinchi shaxslarga taqdim etishga haqli emas. | Boshqa bankning mijozi (vakili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olgan bank bunday maʼlumotlarni oshkor qilishga va uchinchi shaxslarga taqdim etishga haqli emas. |
15-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish chegarasi | 15-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish chegarasi |
Bank ushbu Qonunga muvofiq faqat oʻz mijoziga (vakiliga) doir, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etadi, bunda mijozning (vakilning) bankda saqlanayotgan hujjatlarida boshqa shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, bunday maʼlumotlar ham mijozga (vakilga) doir maʼlumotlar deb hisoblanadi. | Bank ushbu Qonunga muvofiq faqat oʻz mijoziga (vakiliga) doir, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etadi, bunda mijozning (vakilning) bankda saqlanayotgan hujjatlarida boshqa shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, bunday maʼlumotlar ham mijozga (vakilga) doir maʼlumotlar deb hisoblanadi. |
16-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar taqdim etishni rad qilish | 16-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar taqdim etishni rad qilish |
Agar bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi talab ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq boʻlmasa, bank bunday maʼlumotlar taqdim etishni rad qilishi shart. | Agar bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi talab ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq boʻlmasa, bank bunday maʼlumotlar taqdim etishni rad qilishi shart. |
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etishni rad qilganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. | Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etishni rad qilganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. |
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni soʻrash va olishga haqli emas, ushbu Qonunda koʻrsatilgan hollar bundan mustasno. | Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni soʻrash va olishga haqli emas, ushbu Qonunda koʻrsatilgan hollar bundan mustasno. |
17-modda. Nizolarni hal qilish | 17-modda. Nizolarni hal qilish |
Bank siri bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi. | Bank siri bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi. |
18-modda. Bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 18-modda. Bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoki maʼlum boʻlib qolgan shaxsning bu maʼlumotlarni noqonuniy ravishda oshkor qilganligi yoxud ulardan noqonuniy foydalanganligi hamda bank mijoziga (vakiliga) zarar yetkazganligi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. | Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoki maʼlum boʻlib qolgan shaxsning bu maʼlumotlarni noqonuniy ravishda oshkor qilganligi yoxud ulardan noqonuniy foydalanganligi hamda bank mijoziga (vakiliga) zarar yetkazganligi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2003-yil 30-avgust, | 2003-yil 30-avgust, |
530-II-son | 530-II-son |