Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablagʻlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan, shuningdek biometrik hujjatlarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablagʻlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qaroriga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-yanvar,
53-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-yanvardagi 53-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablagʻlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qaroriga kiritilayotgan
qoʻshimchalar
1. Qarorning nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar” soʻzlaridan keyin “, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari” soʻzlari qoʻshilsin.
2. 1-bandda:
a) “a” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar” soʻzlaridan keyin “, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari” soʻzlari qoʻshilsin;
b) “b” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “biometrik pasportlar” soʻzlaridan keyin “, xorijga chiqish biometrik pasportlari” soʻzlari qoʻshilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 09/19/53/2523-son)