Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2019 04.01.2005 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2019
Hujjat 04.01.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KIMYoLAShTIRISh VA OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISh VOSITALARI DAVLAT KOMISSIYASI (DAVLAT KIMYo KOMISSIYASI) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 735-sonli “Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda kimyoviy va biologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllash sohasida yagona siyosatni amalga oshirish, kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash, ularni sinash va roʻyxatdan oʻtkazish tartiblariga rioya etish yuzasidan masʼuliyatni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi)ga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat kimyo komissiyasi oʻsimliklarni himoya qilish sohasida maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Davlat kimyo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirishga hamda yuqori samarali, ekologiya jihatidan xavfsiz va kam zaharli kimyoviy va biologik preparatlarni qoʻllash hisobiga hosilni saqlab qolishga yoʻnaltirilgan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika vazirliklari va idoralarining kimyoviy va biologik preparatlarni ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish, preparatlarning atrof-muhitga taʼsirini aniqlash bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash, roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish hamda respublika qishloq xoʻjaligida qoʻllash uchun ruxsat etilgan preparatlar roʻyxatiga kiritish va ularni roʻyxatdan chiqarish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan, qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun tavsiya qilingan kimyoviy va biologik preparatlarga doir ilmiy-texnikaviy hujjatlar ekspertizasini amalga oshirish, ularning biologik samaradorligini, toksik-gigiyenik va ekologik xossalarini aniqlash yuzasidan sinovlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika korxonalarida ishlab chiqariladigan va import boʻyicha chetdan keltiriladigan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, biopreparatlar sifatini nazorat qilish, ularni qoʻllash yuzasidan xulosalar berish hamda inson salomatligiga va atrof-muhitga salbiy taʼsiri aniqlanganda ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti Davlat kimyo komissiyasining ishchi organi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat kimyo komissiyasining ekspert guruhi belgilangan tartibda tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tugatish komissiyasini tuzsin hamda mazkur ekspert guruhni tugatish bilan bogʻliq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki hafta muddatda Davlat kimyo komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 4-yanvardagi
1-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi
huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish
vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi)
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ismoilov S.U.‎ —‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, rais ‎
Xonazarov A.A.‎ —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori, rais oʻrinbosari‎
Ochilov R.‎ —‎‎ Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy- tadqiqot instituti direktori, rais oʻrinbosari‎
Komissiya aʼzolari:‎
Alixonov B.B.‎ —‎‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi ‎
Niyozmatov B.I.‎ —‎‎ Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, bosh davlat sanitariya vrachi‎
Uzoqov U.Y.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi‎
Yaqubov R.‎ —‎‎ “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining oʻrinbosari‎
Bobobekov K.‎ —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo respublika markazi bosh direktori oʻrinbosari‎
Umarov S.J.‎ —‎‎ Milliy xavfsizlik xizmati boʻlinmasi boshligʻi‎
Rahimjonov M.A.‎ —‎‎ Davlat bojxona qoʻmitasining ekspertiza qilish markaziy laboratoriyasi boshligʻi‎
Umarov S.E.‎ —‎‎ “Oʻzdonmahsulot” kompaniyasining Don tayyorlashni tashkil etish va elevator-ombor xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi‎
Umarxoʻjayev X.X.‎ —‎‎ “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining Paxta tayyorlash boshqarmasi boshligʻi‎
Abdusamatov B.X.‎ —‎‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining “Oʻztenderkonsalting” agentligi direktori‎
Husanov B.‎ —‎‎ “Elektrkimyozavod” AJ qoʻshma korxonasi boshqaruvi raisi, Navoiy shahri‎
Abdullayev N.J.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktorining oʻrinbosari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Davlat kimyo komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 1-son, 5-modda; 2005-y., 45-son, 341-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)