Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
QOʻShILGAN QIYMATGA SOLINADIGAN SOLIQ STAVKASINI KAMAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Xalq xoʻjaligi tarmoqlari normal ishlashi uchun zarur sharoit yaratish hamda narx-navo oshishini cheklash maqsadida, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartishlar kiritilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-iyuldan eʼtiboran qoʻshilgan qiymatga solinadigan soliq stavkasini 25 foizdan 20 foizga kamaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 26-may,
1090-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 6-son, 201-modda)