Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.01.2023 16.01.2019 yildagi 39-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.01.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasining faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli “Ijtimoiy-iqtisodiy muammolari koʻp boʻlgan hududlarning qiyofasi va infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha ishlarning samaradorligi oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasining faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, shaxsiy tarkibini ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Maxsus boshqarma deb ataladi) muddatli harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini autsorsing shartlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va boʻlinmalari uchun belgilangan tartibda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus boshqarmaga yuridik va jismoniy shaxslarga Maxsus boshqarmaning mavjud kuch va vositalari (shu jumladan, muddatli harbiy xizmatchilarning mehnati) bilan xizmat koʻrsatish, shuningdek, pudrat ishlarini (muhandislik-qurilish, transport va faoliyat yoʻnalishi boʻyicha boshqa ishlarni) toʻlov asosida amalga oshirish huquqini berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus boshqarma boʻlinmalarini ogʻir iqlim sharoitlarida vaqtincha joylashtirishda barcha toifadagi haqiqiy harbiy xizmatchilarga (muddatli harbiy xizmatchilardan tashqari) pul taʼminotini, ishchi va xizmatchilarga ish haqini hisoblash tegishli hududiy koeffitsentlarni qoʻllagan holda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Maxsus boshqarmaning avtomobil, maxsus va muhandislik texnikalari, shuningdek, agregatlari uchun texnik-ekspluatatsion normalar hamda faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda yoʻl bosish (motoresurs, motosoat) limitlarini belgilash huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus boshqarma boshligʻi yuqori koʻrsatkichlarga erishgan, topshirilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajargan Maxsus boshqarma harbiy xizmatchilarini (muddatli harbiy xizmatchilardan tashqari), shuningdek, ishchi va xizmatchilarini budjetdan ajratilgan mablagʻlar hamda jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida har oyda lavozim maoshining uch barobarigacha miqdorda ragʻbatlantirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2019-y., 09/19/39/2493-son)