Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2023 16.01.2019 yildagi PQ-4119-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2023
Hujjat 28.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5538-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat inspeksiyasi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 1-martdan boshlab xorijiy davlatlarda berilgan taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) tartibini joriy etish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida alohida boʻlinmalari (filiallari) va qoʻshma taʼlim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — fuqarolar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan roʻyxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik va idoralarining yoʻllanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 1-yanvargacha xorijiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Nigher Education) toʻlaqonli aʼzolari — vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yoʻnalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amerika Qoʻshma Shtatlari, Avstraliya Ittifoqi, Isroil Davlati, Kanada, Singapur Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yoʻnalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy oliy taʼlim muassasalarida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarini toʻgʻridan toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻrisidagi arizalarni faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat inspeksiyasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalari reytingini tuzish va rasman eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy taʼlim muassasalarining ushbu reytinglarga kirishiga har tomonlama koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy oliy taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganish hamda ushbu muassasalarda kadrlar tayyorlash sifatini, jumladan xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish orqali oshirish yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritib borish uchun masʼul boʻlgan Davlat inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Davlat inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda maqomi, tibbiy va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat inspeksiyasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 108 nafardan iborat yangilangan tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasining boshligʻiga, zarur hollarda, xodimlarning oʻrnatilgan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Davlat inspeksiyasi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarining reytingini belgilovchi dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-aprelga qadar ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish natijalariga koʻra, taʼlim muassasalarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyunga qadar taʼlim muassasalari, pedagog xodimlar, taʼlim oluvchilar, taʼlim-tarbiya jarayoni va boshqa zarur axborotlar toʻgʻrisida yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirishni oʻz ichiga olgan taʼlim sifatini taʼminlovchi axborot tizimini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, 2019-yil 1-fevraldan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog kadrlarga birinchi va oliy malaka toifasi, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimi berish, shuningdek umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida mazkur malaka toifasiga va lavozimiga talabgorlarga malaka toifasini berishda toʻlanadigan yigʻimlardan tushadigan mablagʻning 50 foizi Davlat inspeksiyasining budjetdan tashqari Rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlarning 80 foizgacha boʻlgan miqdori Davlat inspeksiyasi boshligʻining qaroriga koʻra, lavozim maoshining 200 foizigacha miqdorda oylik ustamalar toʻlash, moddiy yordam koʻrsatish, xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi uchun mukofot puli, shuningdek, mamlakat ichida va tashqarisidagi xizmat safarlari xarajatlarini toʻlash tarzida xodimlarning moddiy ragʻbatlantirilishiga yoʻnaltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat inspeksiyasiga Jamgʻarmaning mablagʻlari hisobidan quyidagi xarajatlarni toʻlashga ruxsat etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish doirasida davlat organlari va tashkilotlari, ilmiy va oliy taʼlim muassasalari, yetakchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning malakali mutaxassislari, shu jumladan taʼlim sohasidagi xorijiy ekspertlar va xorijda yashayotgan vatandoshlarni maslahatchilar sifatida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasi xodimlarini ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalarda, shu jumladan xorijda oʻqitish, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasi, unga idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boʻlimlarining faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat inspeksiyasi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Davlat inspeksiyasining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilishni Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning kelgusi yillardagi davlat dasturlariga kiritilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimovga — yuklatilgan vazifalarning lozim darajada bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralarni muvofiqlashtirish, shuningdek ushbu qarorning bajarilishini muntazam koʻrib chiqish yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasining boshligʻi U.N. Tashkenbayevga — mazkur qarorga muvofiq joriy etiladigan xorijiy mamlakatlarda berilgan taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) tartibining amalda roʻyobga chiqarilishini taʼminlash, mazkur sohadagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha sifatli va puxta ishlab chiqilgan takliflarni kiritish yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi boʻyicha yangi yigʻimlar miqdorlarini tasdiqlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarda berilgan taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4119-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4119-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy tuzilmasi

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 108 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni davlat boshqaruvi organlari uchun oʻrnatilgan normativlar boʻyicha belgilanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2019-y., 07/19/4119/2492-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)