Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori O.X. Narzullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-yanvar,
34-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 34-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ekspertlik faoliyatida foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 26-iyundagi 288-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-yil, 6-son, 49-modda):
a) nomi va 1-banddagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar” soʻzlari “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va ularning turlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
nomidagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar” soʻzlari “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va ularning turlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1 — 3, 5 — 21-bandlardagi “giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va ularning turlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
II — IV boblar nomidagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar” soʻzlari “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va ularning turlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandidagi “narkotik vositalar” soʻzlaridan keyin “ularning analoglari” soʻzlari qoʻshilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 18-bandidagi “narkotik vositalar” soʻzlaridan keyin “ularning analoglari” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 1-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi oʻninchi xatboshisidagi “giyohvand vositalar” soʻzlaridan keyin “ularning analoglari” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-martdagi 89-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “giyohvand moddalar” soʻzlaridan keyin “ularning analoglari” soʻzlari qoʻshilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 6-son, 119-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati haqidagi nizomning 16-bandi oltinchi xatboshisidagi “giyohvandlik vositalari” soʻzlaridan keyin “ularning analoglari” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 9-son, 223-modda) 1-bandi oltinchi xatboshisidagi “giyohvandlik vositalari” soʻzlaridan keyin “ularning analoglari” soʻzlari qoʻshilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 37-bandi oltinchi xatboshisidagi “giyohvandlik vositalari” soʻzlaridan keyin “ularning analoglari” soʻzlari qoʻshilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son, 04.07.2019-y., 09/19/555/3374-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2022-y., 09/22/180/0307-son; 22.02.2023-y., 09/23/73/0098-son)