Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2546-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/9-son (roʻyxat raqami 2546, 2013-yil 27-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 711-modda) bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-dekabr,
39/8-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 10/19/2546-2/2478-son)